VARIKOZNI DAVOLASH

    VARIKOZNI DAVOLASH

    VARIKOZNI DAVOLASH OYOQ VENA TOMIRLARINING VARIKOZ Oyoqlarimizdagi varikoz tomirlar kengayishi mohiyatini bayon qilishdan avval ozroq lirik chekinish qilsak…

    Zamonaviy tushunchalarga ko’ra bo’yi 150 sm dan past odamlar pakana, 150-165 sm oralig’idagilar past bo’yli, 165-175 sm lar oralig’idagilar o’rta bo’yli, 175-200 sm oralig’ida bo’lganlar baland bo’yli va 200 sm dan katta bo’lganlar gigantizm deyiladi.

    Bo’y qanchalik baland bo’lsa qon tomirlar shunchalik uzun bo’ladi, demakki oyoq uchlari, bosh miya va yana ayrim a’zolar qon haydab beruvchi nasos-yurakdan shuncha uzoq joylashadi. Bu esa mazkur a’zolarni qon bilan oqilona ta’minlash imkoniyatini pasaytiradi.

    Albatta, yurak chiniqqan va baquvvat bo’lsa bir amallaydi-ku, ammo zamonaviy odamlarimizdagidek yog bosgan, klapanlari arang ishlab turgan bo’lsa-chi?

    Muhtaram payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) o’z zamonlarida «Qulli qaviylun ahmaqun, illo Umarun, qulli qosiyrun fitnatiun illo Aliyun (Hazrati Umardan bo’lak uzun odamlarning hammasi ahmoqdur, hazrati Alidan bo’lak hamma past bo’yli odamlar fitnachidur) deganlar.

    Ma’lumki to’rt ulug’ xalifalarning biri-Hazrati Umar ibn Xattob o’ta baquvvat hamda daroz, payg’ambarimizning kuyovlari hazrati Ali raziyallohu anhu esa aksincha past bo’yli bo’lgan.

    Ushbu hadisning mohiyatiga etish uchun ingliz tadqiqotchisi Klark Uorren deyarli o’n yil bu masalani o’rgangan. U turli bo’y uzunligiga ega bo’lgan 5000dan ortiq odamlarning anatomo-fiziologik xususiyatlari, qon aylanishi va yurak faoliyatining o’ziga xosligi, bosh miyada qon aylanishidagi farqlarni o’rganib, o’zaro qiyoslagan.

    Tadqiqot natijalari hayratangiz tarzda rasulllohning fikrlarini tasdiqlagan; yurak bilan bosh miya oralig’i qanchalar o’zaro yaqin bo’lsa (ya’niki bo’y past va o’rtacha bo’lsa) bosh miya qoy bilan va tabiiyki kislorod hamda oziq moddalar bilan shunchalar yaxshi ta’minlangan, bunday kalla har baloni boshlashga qodir bo’lgan.

    Va aksincha bo’yi daroz, hamda o’ta baland (gigantizm) hollarida bosh miyaga qon kelishi nisbatan yomonlashib, kislorod va oziq mahsulotlari bilan ta’minlanish shunchalik yomon bo’lgan, bunday odamlarning fikrlash darajasi ham o’ziga yarasha bo’lgan.

    Jahon tarixida yaxshimi-yomonmi o’rin ololgan odamlarning aksariyatida bo’y pakana va past bo’lgan. Masalan generalissimus Suvorovning bo’yi 158 sm, Vladimir Leninning bo’yi 153 sm, Napoleon Banopartning bo’yi 156 sm,

    Gitlerniki 160 sm, Mussolining bo’yi 155 sm, Iosif Stalining bo’yi 156 sm, Charli Chaplinning bo’yi 150 sm, mashhur bashoratchi va ko’zboylog’ich Volf Messingning bo’yi 153 sm, 20 asrning eng buyuk oli- mi deb tan olingan Albert

    Eynshteynning bo’yi esa bor- yo’g’i 154 sm atrofida bo’lgan. Zamondoshlari daho Pushkinni ham past bo’yli, ammo elkalari keng, sochsoqoli jingalak odam sifatida ta’riflashgan.

    Ismi-sharifini sanab o’tsam xafa bo’lishadi-yu, lekin tibbiyotimizning ko’zga ko’ringan olimlarining aksariyati bo’y o’rtacha va past. Shu bilan birga ichi hasadga to’la, birovga yaxshilik va odamiylik qilish u yoqda tursin, yaxshi so’zni ham ravo ko’rmaydigan ayrim nusxalarning ham bo’yi nisbatan pastligiga e’tibor berganman.

    (Yunusobodda aynan ana shunday bir oila bilan 10 yillar qo’shnichilik qilganman). Saxti-sumbati so’qimdek keladigan bir professorni bilaman, otasining obro’yi va pulining orqasidan olim darajasiga etgan, ammo dunyoqarashlari, ma’naviyati, insoniylik darajasi, muomala madaniyati, bilimlari ko’lamiga qarab uni psevdoprofessor (soxta professor) deb ataging keladi.

    Xo’sh, bu statistik ma’lumotni nima uchun keltirdim? Bu aynan oyoqlardagi qon aylanishning o’ziga xosligi bilan bog’liq bo’ladi. Oyoq venoz qon tomirlarining varikoz kengayishi ham aosan bo’yi uzun odamlarda ko’proq uchraydi (ayniqsa ayol kishining bo’yi me’yordan uzun bo’lsa).

    Bundan tashqari bo’yi uzun va daroz ayollarning deyarli hammasida umurtqa pog’onasi bilan bog’liq muammolar, bosh og’rishlari, bosh aylanishlari, hayz ko’rishda ko’plab muammolar yuzaga keladi.

    Bu bilan qancha pakana bo’lsang shunchalik yaxshi degan fikr kelib chiqmasligi kerak aslo, chunki o’ta pakanalik ham (155 sm dan past bo’lish) biror-bir surunkali kasallikning bolalik otlig’ ulug’ davrdan hamroh bo’lib kelayotganlini bildirishi mumkin.

    « Qoziqning uchi ham, keti ham bo’lmagin; uchi bo’lsang erga kirib ketasan, keti bo’lsang bolga eisan, o’rtasi bo’lsang jin ham urmaydi» deyishadi mashoyixlar. Urtacha bo’ling, tamom-vassalom!

    Oyoqlarimizda varikoz kengayishga mahtal bo’lib turadigan ikkita yirik tomir bor; bular-oyoqlarning ort qismida katta teri osti va old qismidagi kichik teri osti venalaridir.

    Bu venalar orqali oyoqdagi qon yurakka qarab oqadi. Qonning quyuqlashishida, yurak mushaklarining zaifligida, vena klapanlarining yaxshi ishlamasligida, bo’yning haddan tashqari uzunligida, moddalar almashinuvi buzilishida, vitaminlar tanqisligida, gormonal o’zgarishlarda, har kungi uzoq muddatlik tik turish bilan bog’liq mehnat faoliyati (sartarosh, xirurg, sotuvchi, chayqovchi, qaroqchi)

    oyoq uchidan venoz qon yurakkacha etib kela olmaydi, buyaing oqibatida u oylab-yillab davom etib, teri ostida ko’kimtir, qizg’ish, buralgan, qiyshayg’an, shishgan bo’rtmalar paydo bo’lishiga olib keladi.

    Ba’zan chehrasiga qarasang bir qoshiq suv bilan yutging keladigan sohibjamollarning oyoqlaridagi varikoz shu darajada kata va xunuk bo’ladiki, bemalol har qanday go’zallikni kompensatsiyalab yubora oladi.

    «Agar oyoq tomirlari klapanlari yaxshi ishlamasa oyoqlarda shish paydo bo’ladi. Bunda oyoqlaringiz shishib, tosh boglab qo’ygandek ogir hislar paydo bo’ladi» dedi doktor Ginzburg.

    Tomirlarning varikoz kengayishi nnasldan-naslga beriladi. Albatta. bu-bolalar va nevaralarning hammasini xudo urib qo’yadi, degan gap emas. Varikoz kengayishining irsiy moyilligigina nasldan-naslga o’tadi, xolos.

    Agar bu jihatdan irsiyati nosog’lom avlod sport bilan shug’ullansa. qo’shimcha kasalliklari bo’lmasa varikoz kengayish kuzatilmasligi va aksincha irsiyati yaxshi avlod nosog’lom turmush tarzi kechirib, semirib ketsa varikoz paydo bo’lishi mumkin.

    Luis Navarro kabi shifokorlar oyoq venalari varikoz kengayishining asosiy sabablaridan biri-qonning ko’payib ketishi», – deb hisoblaydi. «Venalar – devori juda yupqa tomirlardir, – deydi u.

    Ular past bosim ostida iillashga ixtisoslashgan. Agar vujudda qon ko’payib ketsa, ular kengay- ib ketishga majbur bo’ladi, bu esa varikoz kengayib ketishga olib keladi, – deb xulosa qiladi u o’zining «Venalar varikozi bilan qanday kurashish mumkin» deb nomlangan kitobida.

    Men ushbu kitobni o’qib chiqib, bugungi kunda faqat gung, kar, soqov xonandalik qilmayapti, faqat oligofreniyaning idiotizm bosqichidagi odamgina kitob yozmayapti degan qayg’uli xulosaga bordim. Malaxovning «tselitelne sil1»,

    Armstrongning «Urinoterapiya» kitoblari bilan tanishganimda ham aynan shunday fikrlar boshimda gujg’on o’ynagan edi.

    Menimcha Luis Navarro janoblari ham men o’qitgan ayrim talabalarga o’xshab, institutni tadbirkorlik qilib bitirgan bo’lsa kerak.

    Chunki, Allohi karim insonni hamma tomonini muvozanat va o’lcham bilan yaratgan. A’zo va tizimlarimiz bosh miya bilan «teskari aloqalar qonuniyati «asosida ishlaydi.

    Qon tomirlarimizdagi aylanuvchi qon hajmi bir kecha-kunduzda bir necha martalab o’zgarib turadi. Suyuqlik ichganimizda, ovqatlanganimizda uning hajmi oshadi.

    Bu qon tomirlar devoridagi osmoretseptorlar va mexanoretseptorlar orqali darhol bosh miyaga beriladi. Bosh miya esa reflektor ravishda buyraklarga farmon berib, peshob ajralishini kuchaytiradi, kapillyar qon tomirlar devoridagi o’tuvchanlik kuchayib, qonning suyuq qismi hujayralararo bo’shliqqa beriladi.

    Shu bilan birga aylanuvchi qonning hajmi oshib ketganida o’zimiz bilmagan holda buyraklarimiz reflektor ravishda peshob ajratishni, ter bezlarimiz ter suyuqlig’i ishlab chiqarishni kuchaytiradi.

    Bularning barchasi juda tez muddatlarda aylanuvchi qon hajmini me’yoriga keltiradi. Yoki, aksincha, terlaganimizda, ko’p suyuqlik yo’qotganimizda va qon ketganida reflektor ravishda peshob va ter ajralishi kamayib, hujayrararo suyuqlikning kattagina qismi qon tomirlarga tushib, yo’qotilgan qon hajmini tiklashga harakat qiladi. Shu boisdan ham yuqoridagi fikr haqiqatga aslo to’g’ri kelmaydi.

    Oyoq venalarining varikoz kengayishi homilador ayollarda nisbatan ko’p uchraydi. Buning sababi shundaki, katta va kichik teri osti venalari orqali oqib kelayotgan qon kattalashib kelayotgan bachadon tomonidan siqilib qoladi, bu eea pastki qismlarida kengayishni yuzaga keltiradi.

    Ikkinchisababi homiladorlik paytida tana vaznining oshib ketishi va ayol vujudidagi gormonlarning o’zgarib ketishidir.

    Men birvarakayiga oyoq venalari bilan moyak venalari kengayib ketgan bemorlarni ham ko’p ko’rdim. Odatda bunday odamlarning bo’yi nisbatan uzun va o’zlari jismoniy jihatdan chiniqmagan, tayanch-harakat tizimi zaif, yoki semiz odamlardir.

    Ikkala moyak venalarining birvarakayiga varikoz kengayishi jinsiy quvvatning susayib ketishiga, asabiylashishga. bepushtlikka, gormonal buzilishlarga va semirib ketishga olib keladi.

    Og’riqni tez bartaraf etish usuli

    Bunday paytlari oyoqlarni tana sathidan 30-40 sm baland qilib yotishga to’g’ri keladi. Doktor Ginzburg bunday bemorlarga baletchilarga o’xshab oyoqlarning uchida turibtushirishni har kuni 50 martagacha bajarish tavsiyasini beradi.

    Uning fikricha bu usul oyoqlarda qon aylanishini yaxshilanishiga olib keladi. Shu bilan birga oyoqlarni siqib turgan tufli, paypoq, shimlarni echish ham ancha engillik beradi.

    Venalarni issiq qilish ham ogriq hislarni biroz susaytiradi. Agar qarshi ko’rsatmalar bo’lmasa tarkibida aspirin, nikotin kislota saqlovchi dorilardan qabul qilish lozim.

    Uzoq muddatlik profilaktika dasturi
    Oyoq venalarining varikoz kengayishi nasldan-naslga o’tishi bois shifokorlar uning profilaktikasi qay darajada samara berishini avvaldan aytib bera olmaydilar. Ammo, bir qancha tadbirlar borki, ular u, yoki bu darajada ahvolingizni yaxshilashi mumkin.

    Tarkibida rezina bo’lgan cho’ziluvchan bint bilan siqib bog’lab yurish varikozning oldini olmasa-da, og’riq hislarini ancha kamaytiradi.

    Shu bilan birga har kuni tarkibida aspirin saqlovchi kardiomagnil, atsekard, tromboass, trombopol, aspirin kardio kabi dorilar, shu bilan birga qon tomirlar devorlarini mustahkamlovchi askorbin kislota, rutin, qon aylanishini yaxshilovchi nikotin kislota, ksantinol nikotinat, trental, kurantil qabul qilish varikozlarni davolashda etarlicha samara beradi.

    Aksariyat odamlar oyoqlarini chalishtirib o’tirishni ma’qul ko’radilar. Mening fikrimcha, o’tirishning o’zi butunlay gayri-tabiiy va inson fiziologiyasiga zid holatdir, tabiatga e’tibor bering-a, birorta jonivor (masalan eshak, yoki suvarak) dumbasini erga qo’yib o’tirarmikan?

    Men yarim asrdan buyon odamga o’xshab o’tirib umrguzaronlik qilgan birorta mahluqni uchratmadim, qiyomatgacha ham uchratmasam kerak!

    Biz o’tirganda to’g’ri ichakni ezib o’tiramiz, bu ich qotishiga, to’gri ichak ichidagi qon tomirlarni siqib o’tiramiz, bu bavosilga, prostata bezi (yoki bachadon) ustini bosib o’tiramiz, bu esa surunkali prostatitlarga, bachadon qiyshayishlariga, bepushtlikka olib keladi.

    Oyoqlarni chalishtirib o’tirish esa boz yana oyoqlar orqasida kengayishga mahtal bo’lib turgan katta teri osti venasini ezib varikozlarga olib keladi.

    Shu boisdan ham jonivorlar imkon qadar tik turadilar, yoki yotadilar. Itni aldab, yoki majburlab o’tqizib qo’yishingiz mumkin, ammo u ham ayyor ko’zlaringizdan nariroq bo’lgani zahotiyoq yotib oladilar.

    Olimlarning tadqiqotlariga qaraganda o’rtacha zamonaviy odam o’z umrining 30-35% gacha qismini yotgan, 28- 30% qismini tik (turgani, yurgani, yugurgani) va yana 32-34% qismini o’tirgan holda o’tkazar ekan (shundan 1-2% qismini hojatxonada-unitazda o’tirib o’tkazadi).

    Ammo, men umrining naq yarmini o’tirib o’tkazayotgan odamlarni ko’p ko’rdim. Uzoq o’tirishga majbur bo’lgan har qanday holda makon topdi, deguncha turib, yoki yotib, oyoqlarga harakat bering.

    Inson yuragiga har qanday a’zo va tizimlardan qon oqib kelishi uchun bir qancha omillar ishtirok etadilar. Bulardan birinchisi-yurakning qisqarishi va bo’shashishi bilan bog’liq bo’lib, yurak qanchalik chiniqqan va baquvvat bo’lsa, u a’zo va to’qimalardan qonni shunchalik shiddat va shijoat bilan o’ziga tortadi.

    Demak, yurakni chiniqtirish lozim. Ikkinchisi-nafas harakatlarga bogliq ko’krak qafasi ichidagi manfiy bosim bilan musbat bosimning almashinishi bo’lib, o’pkalarning tiriklik sigimi qanchalik katta bo’lsa va nafas harakatlarida ishtirok etuvchi mushaklar qanchalik kuchli bo’lsa bu bosimlar orasidagi nisbat shunchalar katta bo’ladi.

    Demak, yugurish, suv sporti bilan o’pkalarning tiriklik sigimini oshirish lozim. Uchinchisi-a’zolardan yurakka qarab keluvchi venoz tomirlar ichida klapanlar mavjudligi bo’lib, bu holat yurakdan pastdagi a’zolarga taalluqlidir (bosh miya, yuz, bo’yin soha venalarida klapan bo’lmaydi).

    Bu klapanlar yurakning sistolasi va diastolasi. nafs olinishi va chiqarilishi maromlarida qonni orqaga qarab oqib ketishiga mone’lik qiladi. Shu boisdan ham qon tomirlarni chiniqtirish katta ahamiyatga ega.

    To’rtinchidan-oyoq mushaklari qanchalik kuchli va chiniqqan bo’lsa, ular venalarni shunchalik kuch bilan siqib, qonni yuqoriga haydaydi. mushaklari zaif va o’zlari o’lamsaroq odamlarda bu omil faoliyat yurita olmaydi.

    Demak, oyoq mushaklarini chiniqtirish varikozlarning oldini olishda ulkan ahamiyat kasb etadi. Kashandalik, giyohvandlik, ichkilikbozlik kabi nosog’lom turmush tarzi ham varikoz kengayishning kuchayishi va ular ichida qon quyqalari paydo bo’lishiga omil bo’lib xizmat qiladi.

    Tadqiqotlarga ko’ra oyoq venalarining varikoz kengayishi 62% gacha ortiqcha vazn, 26% holda o’ta ozgin va nimjon va faqat 12% holda vazni me’yorida bo’lgan odamlarda uchrar ekan.

    Xulosa chiqarish o’zingizdan!
    Yana bir eng muhim omilni aytib o’tish esdan chiqay debdi; surunkali qabziyatlarda ayniqsa yoshi 40 dan oshganlarda axlat toshlari paydo bo’ladi.

    Qabziyatdan shishib, toshlar ezib qo’ygan venalar ham qon aylanishini buzib, bavosilga, moyak va oyoq venalari tomirlarini varikoz kengayishiga olib keladi.

    Hurmatli kitobxon, ko’rib turibsizki, oyoq venalarining varikoz kengayishi bir sababli kasallik bo’lmasdan, o’nlab, hatto yuzlab xatarli omillarning uygunlashmasi sifatida yuzaga kelar ekan. Mabodo, mazkur omillardan birortasi bartaraf etilmasdan qolar ekan, siz bu mash’um darddan xait bo’lishingiz qiyin.

    O’tgan asrning oxirlariga qadar darmon ta’sir qilmaydigan og’ir shakllarida xirurgik yo’l bilan tomirlar qirqib olib tashlanar edi.

    Hozirgi paytda skleroterapiya-ya’ni vena ichiga kuydiruvchi dori jo’natilib, uni bitishib, devorlari yopishib ketishiga olib keladigan usullar keng yo’lga qo’yilgan.

    Bunda kengayib ketgan vena tomirlari ichiga kontsentratsiyasi katta bo’lgan tuzli eritmalar, yoki tetradetsilsulfat natriy kiritib, elastik bint bilan boglab qo’yiladi.

    Bunday uso’l bir necha kun takrorlanadi. Toshkent Tibbiyot akademiyasi klinikasining tomir jarrohlari ayniqsa bu borada katta tajribaga egadirlar.

    Men varikozning ogir darajalariga uchragan bir necha bemorlarni tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Umarov Dilshodga yuborib, hammasi samarali davolanib ketganining guvohi bo’ldim.

    Xalqimiz orasida shunday hoziq hakimlarning borligiga shukronalar qildim.
    Ammo, xirurgik usullarning barchasi ushbu kasallikda oxirgi choradir. Imkon qadar turmush tarzini o’zgartirib, dori-darmonlar, xalq tabobati bilan ushbu darddan xalos bo’lishga harakat qiling.

    (Visited 95 times, 1 visits today)
    No votes yet.
    Please wait...
    News Reporter

    Fikr bildirish

    E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

    error: Content is protected !!