TUSHDA QOR KURSA NIMA BOLISHI HAKIDA MALUMOT

TUSHDA QOR KURSA NIMA BOLISHI HAKIDA MALUMOT

18.05.2018 0 By Davolash.uz

TUSHDA QOR KURSA NIMA BOLISHI HAKIDA MALUMOT

Qorni ko’rish — tush ko’ruvchiga munosabatlarning o’zgarishi, nizo, janjal, ayriliq belgisi (tushni ta’birlash qorning yog’ish kuchini ko’rishga bog’liq).

Engil-elpi qor — munosabatlarning oz fursatga bir oz sovishini bildiradi.
Qattiq qor yog’ishi yoki qor bo’roni — ayriliq yoki munosabatlarni oydinlashtirish alomati.

Agar keksa kishilar o’ziga qor yog’ilayotganligini tushda ko’rsa — qarindoshlari bilan munosabatlarini oydinlashtirib olishlari kerak yoki yirik janjal tufayli ayriliq ro’y beradi. TUSHDA QOR

Agar oila boshlig’i bo’ronda adashib qolsa va oldidagi yo’lni ko’rmayotgan bo’lsa — janjalli xarakter yaxshilikka olib bormasligidan dalolat.

Uy bekasi yalangoyoq qorda ketayotganligini tush ko’rsa — erining uyida o’zini noqulay his qilishi belgisi.

QO’RQUV TUSHDA

Tushning ta’biri tush ko’ruvchining aynan nimadan qo’rqqanligiga bog’liq. Balandlikdan qo’rqish — kishining jamiyatdagi o’z mavqeidan yoki ishdagi o’z mansabidan xavfsirashi alomati.

Hamma tomoni berk bo’shliqdagi qo’rquv — yolg’izlikda qolishdan yoki chetga chiqib qolganlikdan qo’rqish belgisi.
Ilondan qo’rquv — tush ko’ruvchining qandaydir kishining qasos olishidan qo’rqishini bildiradi.

Tushda o’limni his etib qo’rqish — hayotda ham shunday qo’rquvni ifoda etadi.
Utdan yoki suvdan qo’rqish — tush ko’ruvchining o’z ustidan nazoratni yo’qotishni istamasligidan dalolat.
Tush ta’biri oilaning barcha a’zolari uchun bir xil.TUSHDA QOR

QO’RG’OShIN TUSHDA

Har xil ko’rinishdagi og’irliklar timsoli. Qo’rg’oshindan quyilgan jismlarni tush ko’rish — taqdirning g’alatiligini va haqiqatga teskariligini, qochib qutilib bo’lmaydigan tasodifiylikni, g’alati qisqa muddatli tanishuvni bildiradi.
Oilaning keksa vakillari o’z uylarida qo’rg’oshindan qilingan mebelni tushda ko’rsalar — bu, qarindoshlar o’rtasida munosabatlarning og’irlashib borayotganligi alomatidir.

Agar oila boshlig’i suyuq qo’rg’oshin quyilayotganligini tushda ko’rsa — kimningdir xissiyotlarining beqarorligidan ko’ngli qolayotganligini sezayotganligini bildiradi.

Uy bekasi uchun tushda qo’rg’oshin ko’rish — uning o’z maylini esdan chiqarib, begonalarning rag’bagi o’rtasida behuda urinayotganligi belgisidir.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

QO’L TUSHDA

Kishi faoliyatining boshlanishi, uning faolligi, qilmishlari, mehnatga layoqatini anglatuvchi alomat.
Tushda o’zining qo’llarini g’oyat uzun ekanligini ko’rish — gush ko’ruvchining mehnatsevarligini, biroq shu bilan bir vaqtda uddaburon va ixtirochiligidan tortib to ayyorligigacha bo’lgan faol xarakterini ifodalaydi.

Kalta qo’llar esa aksincha, tush ko’ruvchining yalqovligidan va hayotda sustkash ekanligidan darak beradi.
Qo’lda uzuk borligini tushda ko’rish — mehnati bilan gopilgan boylikdan voqif etadi.
O’z qo’llarini junli ekanligini tush ko’rish — kutilmaganda meros egasi bo’lib qolishdan dalolat beradi.

Keksa avlod vakillari tushda qo’lni tanadan alohida ekanligini ko’rsalar — bu, ro’y berayotgan voqealarga ta’sir ko’rsatishga layoqati yo’qligini, oilada a’zolar o’rtasidagi munosabatlarni o’zgartirish kerakligini bildiradi.
Oila boshlig’i uchun o’zida ulkan qo’llar borligini tushda ko’rish — haqiqiy boshchi va hurmatga loyiq ekanligidan dalolat. TUSHDA QOR
Ushbu maqolalarni ham o’qing:

tushda olgan

chayon tushda

toshbaqa tushda

tushda tuxum

No votes yet.
Please wait...