TIRNOQ

    TIRNOQ

    TIRNOQLARNING O’SIB KIRISHIH ayotida bir marta bo’lsa ham bu dardga mubtalo bo’lmagan odam uning qanchalar yoqimsiz va azobli ekanligini his etolmaydi.

    Chiroyli va sog’lom tirnoqlar inson vujudida hamma narsa yaxshi ekanligidan darak berib turadi. Tirnoqlarini orasta qilib, bo’yab, qo’llariga xino qo’yib yurgan ayollarimiz naqadar jozibali va sirli ko’rinadi.

    Ammo, u ichkariga o’sib kirdimi, barchasi tamom, tirnoq sohibi faqat azob chekish yoki, uni olib tashlashga mahkum bo’lib qoladi.

    Tirnoqlarning ichkariga o’sib kirishi irsiy xarakterga ega bo’lib, nasldan-naslga o’tadi. Ammo, bu degani navbatdagi bo’gin avlod vakillarining barchasida tirnoq ichkariga o’sib kiraveradi, degani emas.

    Uchi tor, poshnasi baland tufli kiyish, oyoq panjalari bo’g’imlari, bog’lamlari va mushaklarining zaifligi, shaxsiy gigienaga rioya qilmaslik, tirnoq olish texnikasini noto’g’ri bajarish, qandli diabet, oyoqlarda qon aylanishining yomonlashishi bilan kechuvchi kasalliklarning,

    anemiya, gijja invaziyalarining uyg’unlashib kelishi ham bu kasallik taraqqiyotiga ma’lum daraja hissa qo’shadi. Kamdankam hollarda qo’l barmoqlarining tirnog’i o’sib kirishi hollari kuzatiladi. Men o’zimning chorak asrlik faoliyatim mobaynida bunday bemorlardan bor-yo’g’i 6 nafarini ko’rdim.

    Og’riqni tez bartaraf qilnsh usuli
    Usib kirgan tirnoqni mustaqil davolayman deb ovvorayi-jahon bo’lmang. Shifokorga murojaat qilguningizga qadar quyidagi usullarni qo’llashingiz mumkin.

    Tirnog’i o’sib kirgan sohaga muz qo’ying, bu shishlartsd kamaytirib lo’qillashlarni ancha susaytiradi.
    Iliq suvli tog’oraga tuz solib oyoqni botirib o’tiring, bu usulda ham tuzlar shishni tortib olib, ogriq hissini kamaytiradi.

    Doktor Garold Fishman quyidagi oddiy va ancha samarali usulni taklif etadi; tirnoqni etga o’sib kirgan chetiga ipdek eshilgan va yodga shimdirilgan paxta qo’yib, bint bilan o’raladi.

    Har kuni bu sohaga bir tomchi 5% yod tomizdiriladi. Iodning 5% nastoykasi tirnoqning qattiq qavatini emirib, yumshatishi natijasida u endi ichkariga emas, balki tepaga qarab o’sa boshlaydi.

    Albatta, tirnoqlarni olishda quyidagi talablarga javob berish kerak; birinchidan, tirnoqni etga naq taqab olmasdan, balki 1 mm atrofida teridan uzoqda qirqib olish lozim, ikkinchidan tirnoq chetlari dumaloqlanmasdan, bur- chak hosil qilib tursin.

    Shundagina tirnoq chetlari ostidagi to’qimalarga bosim hosil qilmasdan, uni turli ta’sirotlardan asraydi. Shu bilan birga yoshi ulug odamlarda tirnoq qalinlashib ketib, tagidagi to’qimalarga bosim ortadi, bu ham uning o’sib kirishiga omil bo’ladi.

    «Agar tirnoqlaringiz o’sib kirgan bo’lsa, uni faqat

    mutaxassis davolash lozim» – deydi doktor Van Pelt. Tirnoqning o’sib kirgan qismi qirqib olib tashlanadi». U tirnoqning bir qismini qirqib olib tashlash ambulatoriya sharoitida bajariladigan eng samarali operatsiya deb hisoblaydi.

    Ammo, men bu fikrga qo’shilmayman. Uzimning xirurgik amaliyotimda men tirnogi o’sib kirgan minglab odamlarni ko’ruvdan o’tkazdim, davoladim.

    Aynan ana shunday chala operatsiya bajarilgan odamlarning deyarli hammasida tirnoq ma’lum muddatdan keyin etga qaytadan o’sib kirgan.

    Chala ish baribir chala-da, tirnoqni yarmini olib tashlashning hech qanday nafi yo’q, bunday holda dushman tirnoqdan butunlay voz kechilishi kerak. Chunki ichkariga qarab o’sish mobaynida uning ildizi ham deformatsiyalanib, qiyshayib ketgan bo’ladi, shu bois yangidan o’sgan tirnoq boz yana avvalgidek yo’nalishda o’sadi.

    Dono xalqimiz bejizga « Chala mul- la yurt buzar», «chala to’ygandan. chala o’lgan yaxshi» qabilida maqollarni keltirmagan.

    Ammo, bu hali hammasi emas, tirnoq o’sib kirgan sohaning yumshoq to’qimalari uzoq yallig’lanish va bosim ostida gipertrofiyalashib (kattalashib) ketadi, bu holat yangi tirnoqning unga qaytadan o’sib kirishi uchun omil bo’lib turadi.

    Shu sababdan ham tirnoq to’la olib tashlanib, uning tagiga yig’ilgan yiring chiqarib olingach, tirnoq o’sib kirgan to’qimalar baayni handalak tiliklagandek qilib, suyakka qadar olib tashlanib, o’zaro choklanadi. Buning natijasida tirnoq o’sib kiradigan to’qimalarning o’zi qolmaydi.

    Men bemorlarimning deyarli barchasiga aynan shunday operatsiyalarni uyg’unlashtirib qo’llayman, shukurki, ularning birortasida tirnoqning o’sib kirishi qaytalangani yo’q.

    Tibbiyotda bu borada og’riqsizlantirish usulini Oberst Lukashevich, bu samarali operatsiya usulini esa Vreden ope- ratsiyasi deb ataydilar.

    Kezi kelganida shuni aytib o’tayin, ushbu samarali og’riqsizlantirish usulini 1909 yilda olmop olimi Oberst ixtiro qilgan bo’lib, Lukashevichning unga mutlaqo aloqasi yo’q.

    Tirnogi cheti to’laligicha o’sib kirib ulgurmagan ayrim bsmorlarimda esa quyidagi oddiy va samarali usulni qo’llab

    etarlicha naf oldim; buning uchun bemorning barmogi yaxshilab dezinfektsiyalanib, tirnoqning et bilan birikkan joyidan 2-3 mm chetroqda ko’ndalanggiga to sezgi va og’riq paydo bo’lguniga qadar ariqcha hosil qildim.

    Bu maqsadlar uchun sterillangan, ko’ndalang kesimi uchburchakli egov, yoki maxsus manikyur egovchasidan foydalansa bo’ladi.

    Oradan 10 kun o’tib tirnoq yana o’sgandan keyin yana bir karra shunday ariqcha hosil qilinadi. Bu muolajada tirnoqning qattiq ustki qismi bosimi kamayib, endi ancha to’gri o’sa boshlaydi va tavsiyalarga amal qilib yurilsa, etga qaytadan o’sib kirmaydi.

    Xalqimizda «Tor joyda osh egandan ko’ra, keng joyda musht eganing afzal», «Sichqon sigmas iniga, g’alvir bog’lar dumiga» qabilidagi maqollar bejiz paydo bo’lmagan. Shu boisdan ham tor tufli kiyib yurishdan tiyiling, birinchidan o’zingizni ancha erkin va baxtli his qilasiz, ikkinchidan tirnoqlaringiz o’sib kirib azob bermaydi.

    (Visited 76 times, 1 visits today)
    Rating: 5.0/5. From 1 vote.
    Please wait...
    News Reporter

    Fikr bildirish

    E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

    error: Content is protected !!