Tanosil kasalliklari

    Tanosil kasalliklari

    TANOSIL KASALLIGIDA OG’RIQLAR Balog’at yoshidagi har qanday ayol kishidan belning pastidagi og’riqlar haqida so’rasangiz, ularning qanchalik ko’p uchrashiga amin bo’lasiz. Erkaklarda ular nisbatan kamroq uchrasa-da, og’riqlari aslo ayollarnikidan kam emas.

    Ayollarning 90% dan ortiq qismida hayz mahali ogriq hissi paydo bo’ladi, ularning teng yarmida ogriq shu qadar kuchli bo’ladiki, dori ichishga majbur bo’ladilar, 10% qismida esa ish qobiliyati butunlay buzilib, dixlofos sepilgan pashshadek cho’zilib ham qoladilar.

    Zaxm, so’zak, trixomonada, xlamidioz, ureaplazma, zamburug’lar kabi venerik kasalliklar ayollar va erkaklarda bir xil jadallikda uchraydi.

    Ayollarda endometrioz, miomatoz, tuxumdonlar kistasi, bachadon qiyshayishi, fibroz o’smalar, bachadon bo’yinchasi eroziyasi ko’p uchraydigan va og’riq bilan kechadigan kasalliklar sirasiga kiradi.

    Erkaklar bu borada ancha baxtli ekan, degan fikr kelib chiqmasligi kerak aslo, boyaqishlarda tanosil a’zolari tanadan tashqarida joylashganligi uchun ko’proq va og’irroq shikastlanadi.

    Bugun qushlar va ularning tuxumlari haqida dars o’tamiz, – debdi zoologiya o’qituvchisi sinfga kirib. Xo’sh, kim qaysi qushda qanday tuxum bo’lishini aytib bera oladi?

    – Tovuqda tuxum oq, sargish va qizgish bo’lishi mumkin, -javob beribdi Katya.

    – Barakalla, -maqtabdi uni o’qituvchi. Yana kim qo’l ko’taradi?

    – Bedananing tuxumi olachipor bo’ladi, — debdi Seryoja.

    – Men ko’m-ko’k bo’lib ketgan tuxum ko’rganman, -qo’l ko’taribdi Vovochka hashmanlab.

    – Qaerda ko’rgansan, -hayratlanibdi Mariya Ivanovna.

    – Dadamning moyagini eshik siqib qolganida ko’karib ketganini ko’rganman.

    Moyaklar va olat tanadan tashqaridagiligi bois ko’plab shikastlanishlarga uchraydi. Bolaligimizda futbol tepish mahali narigi komandaning chopqirroq va abjirroqlarini choti orasiga tepib biror hafta ishdan chiqarib, g’alaba nashidasini surardik.

    Toshkent Tibbiyot akademiyasi bolalar xirurgiyasi qabulxonasida navbatchilik qilgan mahallarim bunday shikastlanishlarga ko’p martalab duch kelganman.

    Bemor S. Sh; 12 yosh, bahorning avjida hamsoyaning dovuchchasidan bahra olish maqsadida tomga osilib darahtga chiqqan.

    Shortiklarning cho’ntaklarini qappaytirib ulgurmasidanoq, egasi tashrif buyurib qolgan. Boyaqish kalovlanib o’zini erga otgan, bir qop mayizdek bo’lib. naq pichoqdek o’tkir tunukaning ustidan tushgan.

    Tunuka ham shortikning yonidan kirib, yorgoq terisini naq ikkiga bo’lgan. Shifoxo- naga olib kelishganida o’ng moyagi oppoq bo’lib, ochilib, terida tashqarida osilib turibdi.

    «Devonaning ishini xudoning o’zi to’grilabdi» deganlaridek moyak va tomirlari bus-butun ekan, hash-pash deguncha zang. tuproq va toshchalardan tozalab, teri ichiga kiritib choklab tashladik, baxtli bo’p ketdi.

    Yoki yana boshqa bir misol:

    Bemor E.H. 14 yasharlik, o’gil bola, masturbitsiya qilish maqsadida olatiga 24 o’lchamlik gaykani kiygizgan, ikki dunyoni unutib onanizi bilan shugullangach, olat shishib, gaykani chiqarib ololmay qolgan.

    Birovga aytishga uyalib, shu alpozda 3-4 soatni o’tkazgan, bu davr ichida olat boshchasi battar shishib, peshob ajratolmay qolgan, boz yana siyolmasdan qolgan. Oxir-oqibat «egilgan boshni qilich kesmagay»

    deb otasiga aytishga majbur bo’lgan. Otasi uning oyogini erga tekizmasdan dikonglatib klinikaga olib kelganida oradan 5 soat vaqt o’tgan,olat boshchasi qizarib, shishib, ko’karib, qoramtir tus olib, naq otning olatidek bo’lib ketgan, shish hisobiga gayka ko’rinmay ketgan,

    qovuq kattalashib, naq diafragmaning ostigacha kengaygan, o’zi tinimsiz baqirib, 24 o’lchamli gaykani, uning ishlab chiqargan zavodini, o’ylab topgan ixtirochisini va materialini etti pushtini yomon gaplab bilan eslaydi.

    Narkoz berganimizdan biroz tinchidi, xullas chilangar, temir payvandlovchi ustalarni chaqirib, hamkorlikda bir soatcha unnab 24 o’lchamli gaykani qirqib oldik.

    O’ziyam ishlatmagan asbob-uskunamiz qolmadi-yov! Ammo, qoyil qoldim, uch kun ham o’tmasdan olat yana boz-boyagidek bejirim va ko’rkam tus oldi. Gayka btan bogliq biror asorat kuzatilmadi.

    To kasalxonadan chiqib ketguncha klinikaning shifokorlaridan tortib, farroshlarigacha Darvin mukofotiga loyiq bu ajoyib ixtirochiii ziyoratiga kirib chiqdilar. (Darvin mukofoti-dunyoda eng ahmoqona ixtiro uchun ta’sis etilgan mukofot).

    Ayollarga quyidagi hollarda shifokorga murojaat qiling deb maslahat beramiz;

    Tanosil a’zolarida shish va toshmalar paydo bo’lsa.

    Qindan ko’p miqdorda xira, yoki zangsimon ajralma kelsa.

    Hayz o’z vaqtidan kechikib, kuchli ogriq bo’lsa.

    Jinsiy aloqa mahali og’riq sezilsa.

    Hayz mahalida toshmalar paydo bo’lsa. tana harorati ko’tarilsa.

    Qorinning pastki qismlarida va bel sohalarida og’riq paydo bo’lsa.

    Erkaklarga quyidagi hollarda shifokorga murojaat qiling deb maslahat beramiz;

    1. Olatda yara va toshmalar paydo bo’lsa, usti qizarsa.

    2. Peshob kanalidan ajralma kelsa.

    3. Moyaklar shishsa.

    4. Qorinning pastida, belda, moyaklar va olat sohasida og’riqlar paydo bo’lib, tana harorati ko’tarilsa.

    (Visited 3 times, 1 visits today)
    No votes yet.
    Please wait...
    News Reporter

    Fikr bildirish

    E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

    error: Content is protected !!