YUZNI OQARTIRISH VA TINIQLASHTIRISH CHIROYLI QILUVCHI NARSALAR

YUZNI OQARTIRISH VA TINIQLASHTIRISH CHIROYLI QILUVCHI NARSALAR

15.05.2018 0 By Davolash.uz

YUZNI OQARTIRISH VA TINIQLASHTIRISH CHIROYLI QILUVCHI NARSALAR

YUZNI OQARTIRISH VA TINIQLASHTIRISH Bilingki, har qachon qon va ruh teri tomonga harakat qilganda terini ravshan, toza va qizil qiladi. Bunga engil tozalash xususiyati bo’lgan narsalar yordam beradi.

Ular terini yupqalashtirib, teri yuzasida o’lib qolgan narsalarni latif ravishda shilib oladi. Ayniqsa, ularda bo’yash xususiyati bo’lsa, issiqtsan, sovuqtsan va shamollardan saqlanish kerak.

Qonni teri tomonga harakat qildirish to’rt yo’l bilan amalga oshadi. Shu yo’llardan biri suyuq qon tug’dirishdir. Yaxshi qon ko’paysa va badanga tarqalsa, hamma joyga etib boradi.

Yana biri qonni tozalash, boshqa biri qonni sirtga qaratib va uning yo’llarini ochib badanga tarqatish va yoyish, yana biri majburiy ravishda qonni ichkaridan sirtga qarab tortishdir. YUZNI OQARTIRISH VA TINIQLASHTIRISH

Birinchi yo’l – rangni chiroyli qiluvchi narsalar: no’xat, ilitilgan tuxum, go’sht, xushbo’y sirka iste’mol qilish hamda anjir eyishdan iborat. Anjir teriga qarab haydaladigan suyuq qon paydo qiladi. Kasallikdan yangi turgan kishining rangi xunuklashganda, uni avvalgi rangiga qaytarmoqchi bo’lishsa, anjir va pishmagan xurmo foyda qiladi.

Bir necha kun ketma-ket nahorga sirG’a va sut ichish sinalgan tadbirlardandir. Qonni badanga yoyib tarqatib, rangni chiroyli qiluvchi narsalar sarasiga murch va qalampirmunchoq kiradi. Ovqatga qo’shib 30 kun 3 mahaldan eyilsa, rangni chiroyli qiladi.

Za’faron uni shinniga solib ichilsa, qonni bo’yaydi. Sabzavotlardan turp, piyoz, ayiqkaram va sarimsoq piyoz eb turilsa, shu xil ta’sir ko’rsatadi.

YUZNI OQARTIRISH VA TINIQLASHTIRISH

Tashqaridan turib qonni tortish va tozalash orqali rangni yaxshilovchi narsalar, po’sti archilgan boqila uni, bug’doy uni, no’xat uni, guruch uni, gulsapsar ildizi uni, baliq elimi, qo’rg’oshin upasi, ro’yan, shirin va achchiq bodom, bodring va qovun urug’lari, ismaloq, qovoq va tara- tezak urug’larining hammasini tuyib qaynatib, betga cha- planadigan va yuviladigan dorilar tayyorlanadi.

Buzoq tuyoqlarining qaynatmasi, tuxum oqi, sariq yo’ng’ichka qaynatmasi va qashqarbeda qaynatmasi ham 20 kun ichida 3 mahaldan surtilsa, rangni chiroyli qiladi.

Po’sti archilgm boqila, turp urug’i, po’sti archib yanchilgan qovun urug’i, no’xat va kraxmaldan olib, 20 kun da- vomida 3 mahaldan yuz yuvilsa, chiroyli bo’ladi.

Yaxshi surtma dori: boqila uni va arpa va no’xat unidan bir bo’lak, qovun urug’idan ikki bo’lak va za’farondan bo’yash uchun etarli mikdorda olib, shu tarkibni kechasi 20 kun ichida yuzga surtilsa, kunduz kuni qovun po’chog’i, bi- nafsha qaynatmasi va shunga o’xshashlar bilan 3 mahal yuvib tashlansa, yuzni silliq va chiroyli qiladi.

Yana boshqa surtma: boqila, arpa va no’xat unlari, kepaksiz bo’g’doy unini olib, tuxum oqi bilan qo’shib, 20 kun ichida 3 mahal surtilsa, yuzni tiniq va chiroyli qiladi. Ho’l meva qaynatmasi ham juda foydali.

Kuchli surtma: boqila, no’xat uni va po’sti ajratilib yanchilgan qovun urug’larini bir-biriga qo’shib, yuqoridagi qaynatmaga aralashtirib, 20 kun 3 mahaldan surtilsa, yuzni ochib, chiroyli qiladi.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

Boshqa xil surtma: shom shishasi, za’faron, boqila, chigit mag’zining har biridan bir misqol olib, bodom yog’i bilan qo’shib, 20 kun 2 mahal surtilsa, yuzni chiroyli qiladi. Bu dorilar kuchli tozalovchi dorilar bo’lib, moxov kasalligining boshlanishida paydo bo’ladigan “niqobli”, “toshmali semirish” deb ataladigan yuz ko’rinishiga qarshi foyda beradi.

Tozalash xususiyati kuchli bo’lgan dorilardan biri quyidagicha: oq mum, sariq oltingugurtdan barobar bo’laklarni olib, unga sirka qo’shib, kulcha yasaladi; keyin bu kulchalarni quritib qo’yib, 20 kun mobaynida 3 mahal yuzga surtilsa, yuzni silliq va chiroyli qiladi.

No’xat, yasmiq, boqila, arpa, gulsapsar ildizi va nargiz ildizlaridan barobar, arab elimi va chuchukmiya ildizidan yarim bo’lakdan olib, kulcha yasaladi. Kulchaga kerak paytda sirka va asal aralashtirib surtiladi.

Sepkil, qora sepkil, turli izlar va qon xiralanishida foyda qiladigan har bir dori bunga qarshi kuchli ta’sir etadi va ozginasi 20 kun 3 mahal yuzga surtilsa, kifoya qiladi. YUZNI OQARTIRISH VA TINIQLASHTIRISH
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

gemaroyni uy sharoitida davolash

chimildiq uchun eng sara savollar

shok yigitlar uchun uy sharoyitida kattalashtirish

oshqozon davolash

prostatitni 44 ta super tabiiy davolash

 

No votes yet.
Please wait...