YUQORI NAFAS YO’LLARINI DAVOLASH

YUQORI NAFAS YO’LLARINI DAVOLASH

15.05.2018 0 By Davolash.uz

YUQORI NAFAS YO’LLARINI DAVOLASH

1. Anjir koqini yoki o’zini qaynatib, 3 mahal 50 grammdan ichilsa, foyda beradi.
2. Aloega toza asalni barobar qo’shib qaynatib,

3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, shifo topadi.

3. Indov talqoniga asal qo’shib, qorib iste’mol qilsa (3 mahal 1 choy qoshiqdan) foyda qiladi.

4. Andiz ildizi qaynatib ichilsa, shifo topadi.

5. Tog’ jambilini choy qilib 3 mahal ovqatdan keyin ichsa ham davo topadi.

6. Qasqonda damlab pishirilgan behini sholg’om bilan iste’mol qilsa (3 mahal 100 grammdan) shifo bo’ladi.

7. Yo’tal quruq bo’lsa, turpni sabziday to’g’rab qozonga solib, ustiga shakar sepib dimlab pishirib, 3 mahal 2 osh qoshikdan esa tuzaladi.

8. Kashnich urug’ini va ildizini teng miqdorda qo’shib, 500 ml suvda 10 daqiqa qaynatiladi. 3 mahal ovqatdan oldin 2 osh qoshiqtsan ichilsa, shifo bo’ladi.

9. Arpa, javdar, suli teng miqtsorda olinib, 2 dona achchiq bodom mag’zi qo’shilib, havonchada talqon qilinadi. Talqonning 1 choy qoshig’ini 2 qoshiq sutga qo’shib, 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichilsa, shifo topadi.

10. 1 choy qoshiq toza asalga 2 osh qoshiq arpabodiyon talqonini qo’shib choynaqdagi suvga solib, ozroq qaynatib dokadan suzib, har 2 soatda 2 osh qoshiqdan ichib turilsa, foyda qiladi. Bemor yaxshi bo’lguncha shirinliklar, achchiq va sovuq narsalarni emaydi.

YUQORI NAFAS YO’LLARINI DAVOLASh

1. Anjir koqini yoki o’zini qaynatib, 3 mahal 50 grammdan ichilsa, foyda beradi.

2. Aloega toza asalni barobar qo’shib qaynatib,

3 mahal 2 osh qoshikdan ichilsa, shifo topadi.

3. Indov talqoniga asal qo’shib, qorib iste’mol qilsa (3 mahal 1 choy qoshiqdan) foyda qiladi.

4. Andiz ildizi qaynatib ichilsa, shifo topadi.

5. Tog’ jambilini choy qilib 3 mahal ovqatdan keyin ichsa ham davo topadi.

6. Qasqonda damlab pishirilgan behini sholg’om bilan iste’mol qilsa (3 mahal 100 grammdan) shifo bo’ladi.

7. Yo’tal quruq bo’lsa, turpni sabziday to’g’rab qozonga solib, usgiga shakar sepib dimlab pishirib, 3 mahal 2 osh qoshikdan esa tuzaladi.

8. Kashnich urug’ini va ildizini teng miqdorda qo’shib, 500 ml suvda 10 daqiqa qaynatiladi. 3 mahal ovqatdan oldin 2 osh qoshiqdan ichilsa, shifo bo’ladi.

NAFAS YO’LLARI (ASTMA) KASALLIGINI DAVOLASh

Nafas yo’li kasalliklari ichida dunyoda eng ko’p tarqalgani diqqinafas (astma) kasalligi hisoblanadi. Bu dardga hamma yoshdagi odamlar, hatto, chaqaloqlar ham chalinishi mumkin.

Bu kasallik inson hayoti uchun xavfli bo’lib, ko’p yillar mobaynida asta-sekin shakllanib boradi. Insonning asosiy nafas yo’li kekirdak bo’lib, u nayga o’xshash uzunligi 9-12 sm, doirasi 2 smga yaqin bo’ladi.

Kekirdak ko’ndalang yarim xalqa shakldagi egiluvchan qaqirmachoqlardan tashkil topgan bo’lib, u tog’ay deb ataladi. Kekirdakning pastki qismi ikkiga bo’linib, shoxchalanib ketadi. Bu shoxchalar zamonaviy (tabobatda) tibbiyotda bronx deb ataladi.

Kasallikka chalingan odam kekirdagining va bronxlarning ichki devorlariga balg’amlar, shilliqlar yopishib yaliglanadi, havo o’tishini qiyinlashtiradi. Bu hol o’z navbatida, xurujli yo’talni keltirib chiqaradi. Diqqinafas – nafas olishning qiyinlashuvi, bo’g’ilishdir.

U oddiy yo’talishdan boshlanib bora-bora xurujli yo’talishga aylanadi. Balg’am chiqaradi, tomoq orqali xirillash, chiyillash tovushlari eshitiladi. Bemorga havo etishmaydi, ayniqsa, nafas chiqarish qiyinlashadi, ko’krak qafasi kengayadi, bo’yin, elka tomirlariga zo’r keladi.

Og’iz, burun, qo’llarda ko’karishlar paydo bo’ladi, ko’z kattalashadi.
Xuruj davrida bemorning ichki a’zolari ham qiyin ahvolga tushadi. Yurak tez uradi, qorin shishadi, buyrak faoliyati buziladi. Xuruj ba’zan 50 daqiqagacha davom etadi.

Diqqinafasga chalingan bemorlar yotib uxlolmaydi. Bu holda uning umurtqasiga og’irlik tushadi. Ba’zan xurujdan so’ng hushdan ketadi, tomir urishining buzilishi yuzaga keladi. Xuruj tutganda oyoqni erga osiltirib o’tirish lozim. Uy havosi toza bo’lishi shart. Aks holda, burunga zo’r kelib kuchli yalliglanish yuz beradi. Tomoq qizarib, angina kattalashib ketadi.

Kasallik ko’pincha yilning sovuq fasllarida kuchayadi. Kasallikning ba’zi turlari nasliy bo’lishi mumkin. Quruq issiq mizojli odamlar dardga kam chalinadi. Kasalni davolash jarayoni ogir kechadi. Chunki, bu dard «o’jar», «injiq»ligi tufayli davolovchidan jiddiylikni, fidoyilikni talab qiladi.

Diqqinafas bilan og’rigan odam doim o’zini xavf ostida sezadi, qo’rquv bosadi, najot istaydi. Diqqinafas kasalining kelib chiqish sabablariga ko’ra bir pecha turi bo’lib, bemor quyidagilarga amal qilishi kerak:

1. Uy changidan (gilam, sholcha, kigiz changlaridan) qochish;

2. O’simlik gulining changi, hididan qochish;

3. Poliz mahsulotlaridan, meva-sabzavotlardan eyish;

4. Hayvonlardan, qushlardan, ovqatdan, sutdan, kana, suvarak va qalampirdan ehtiyot bo’lish;

5. Dorilardan tiyilish;

6. Ishlab chiqarish ashyolardan, to’qimachilik matolardan qochish.

Hatto gam-tashvishlarining ko’payishi ham insonni diqqinafas qiladi.
Shuning uchun uy jihozlarini tez-tez ho’l latta bilan artish lozim. Estiqlar parlardan emas, paxtadan bo’lgani yaxshi.

Uyning havosini tez-tez almashtirib turish lozim. Kitoblarni oynasiz javonlarda saqlash, spirtli ichimliklar ichish, chekish, shaxsiy gigienaga e’tibor bermaslik, yaqin qarindoshlarning bir-biriga qiz olib, qiz berishlari diqqinafas paydo bo’lishiga sharoit tug’diradi.

Diqqinafas kasalligi ikkiga bo’linadi: yuqumli va yuqmaydigan. Doimiylikka o’tgan diqqinafas kasali ham bo’ladi. Unda yo’tal va xuruj bo’lmaydi. Diqqinafas bilan kasallanish, shuningdek, shamollash bilan ham ko’pincha balg’amli bo’ladi. Biz ayni shamollash turiga to’xtalamiz. YUQORI NAFAS

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

Xalq tabobati bu kasallikni davolashda ko’p asrlik tajribaga ega va har qanday ko’rinishini ham davo^ay oladi. Davolash usullari xilma-xil va dori-darmonlari ham ko’p. Tabib muayyan kasalni har tomonlama o’rganib chiqib, davolash usullaridan birini tanlaydi va bu usulga mos keladigan dori-darmonlar ro’yxatini tuzadi. Davolanish jarayonida tabib usulni ham, doridarmonlarni ham o’zgartirishi mumkin.

Davolanish usuli:
1. Yil faslining qanday bo’lishidan qatiy nazar, bemor ertalab suvi qochgan nonning har bir tishlamiga asal surtib iste’mol qilishi, jiyda po’stlog’idan yoki na’matakdan 3 mahal choy qilib ichishi lozim. Ertalab issiq ovqat iste’mol qilish mumkin emas.

2. Tushlik ovqat sholg’omli ko’p suyuq ovqat bo’lgani yaxshi. Suvi qochgan non, hamma meva va sabzavotlarni iste’mol qilish mumkin.

3. Xamirli suyuq ovqatlar, qovurma ovqatlar, qazi, sut, kabob, sho’r va achchiq narsalar mumkin emas.

4. Shirinliklar, qandolatchilik mahsulotlari, muzqay- moq va sovuq narsalar eyilmaydi.

5. Kechki ovqat qanday bo’lishidan qat’iy nazar, bemor ovqat bilan birga bir bog’ ko’k piyoz yoki sarimsoq piyoz is- te’mol qilishi shart.

6. Ovqatlar, asosan, suvda, bug’da pishgan va dimlamalardan iborat bo’lsin. YUQORI NAFAS

7. Qatiq, qaymoq, sariyog’, tvorog mumkin.

8. Kasal ichadigan choylardan biri qaynatilgan o’rik suvi bo’lmogi kerak. Ko’k choy, hamda chalop ichish mumkin.

9. Sovuq ovqatlar, sovuq suvda yuvinish, bosh kiyim- siz yurish, ko’p uxlash mumkin emas. Diqqinafas kasali bilan betoblangan odam kuniga 4-5 marta engil ovqatlar bilan ovqatlanishi kerak. Shunga ko’ra, ertalabki ikkinchi choy ichishda sariyog’dan shirchoy ichishi lozim. Ovqat bilan har kuni, albatta, bir bog’ kashnich iste’mol qilish kerak. Suyuq, quchyuq ovqatlarga no’xat solingan bo’lishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Quruq mevalar qatorida har kuni 4-5 ta yong’oq iste’mol qilishi shart.

10. Oyoqni har kuni issiq suvda bug’lab, so’ng oyoq tagi- ga kechasi asal surtib, bog’lab yotiladi. Ertalab oyoq tagini issiq ho’l latta bilan artiladi.

11. Har kuni ko’krakka va tizzalarga eritilgan qora qo’chqor dumba yogidan surkab, ishqalab edirtirib, o’ralib yotiladi.

12. Kuz, qish va erta bahor fasli bo’lsa, kechasi sandal ichida yotish kerak.

13. Yoz fasli bo’lsa, kunduzi badanni yalangochlab, na- vbat bilan oldi-orqani quyoshda toblab, qoraytirish kerak. Oftobga chiqqanda qatiq ichib olish va yalang’och badanga dog’ qilingan paxta yogi surtib olish lozim.

14. Qish faslida haftada 2—3 marta isiriq qaynatmasida 40 daqiqa vanna qilish lozim. Buning uchun bir bog isiriqni

10 litr suvda 20 daqiqa qaynatib, suvi tugaguncha qayta-qayta isitib vanna qilish shart. Kuz va qish faslida kechasi vanna qilish kerak.

Yuqorida aytilganlar to’la bajarilsa, bemor bu dard- dan butunlay tuzalib ketadi.

15. Tulki o’pkasiga piyoz qo’shib eyiladi. Nafas qisishga teng mikdorda olib tayyorlangan jiyda, behi
damlamasi yordam beradi (muddati 20 kun).

16. Isiriq urug’iga zig’ir urug’ini teng miqtsorda qo’shib qaynatib, dokadan suzib, 3 mahal 50 grammdan ichish lozim.

17. 300 gramm anjir mevasiga 400 gramm sut qo’shib qaynatib ichilsa, davo bo’ladi.

18. Gazak o’tini 3 mahal ovqatdan keyin choy qilib ichish kerak.

19. Behi urug’idan damlama tayyorlab, 3 mahal ichish tavsiya etiladi.

20. Indov talqonini 3 mahap yarim choy qoshiqtsan ka- palasa ham shifo topadi.
Indov yog’ini 3 mahal yarim choy qoshiqdan ichsa ham shifo topadi.

21. Kashnichning siqib olingan suviga ozroq kunjut yog’i aralashtirib, 3 mahal ovqatdan keyin 2 osh qoshikdan ichilsa ham foyda qiladi.

22. Abu jahl tarvuz suvi nafas qisish, buyrak kasali- ga 3 mahal 1 osh qoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.

23. Xalila talqonini yoki qaynatmasini 3 mahal 2 osh qoshiqdan ovqatdan 30 daqiqa oldin ichilsa, yurak qisish, yurak o’ynash, bosh og’rig’ini yaxshilashga foyda qiladi.

24. Zira talqoniga suv va sirka qo’shib aralashtirib ichilsa, nafas qisish, tikka nafas qisishga foyda qiladi (3 mahal 1 choy qoshiq sirka) qo’shib ichiladi.

25. Mo’miyoni saharda 1 mahal bug’doy kattaligi miqtsorida iste’mol qilsa, tuzaladi (10 kun).

26. Chukri urug’ini 3 mahal 1 choy qoshikdan kapalasa ham foyda qiladi. YUQORI NAFAS

No votes yet.
Please wait...