UYQU HAQIDA UYQULIK VA UYG’OQLIK HAQIDA

UYQU HAQIDA UYQULIK VA UYG’OQLIK HAQIDA

15.05.2018 0 By Davolash.uz

UYQU HAQIDA UYQULIK VA UYG’OQLIK HAQIDA

1. Uyqusi kelmaydigan kishi 3 kun 1 mahal kashnich suvidan 100 grammdan ichsa, uyqu o’z joyiga tushadi.
2. Uyqudan avval eyilgan ovqat hazm bo’lganidan keyin hammomga tushib, boshdan issiq suv ko’p quyilsa, uxlash uchun yaxshi samara beradi. UYQU HAQIDA

3. Och qorin bilan uxlash yomon, chunki u quvvatni susaytiradi. Qorin to’qligi bilan uxlash ham yomondir, chunki bu holda uyqu yaxshi bo’lmaydi, bezovta bo’ladi. Kunduzgi uyqu ham yomondir: u rutubatlardan bo’ladigan kasalliklarni va nazla (burun) kasalliklarini vujudga keltiradi, rangni buzadi, taloq kasalligini paydo qiladi, asabni bo’shashtiradi, kishini lanj qiladi, ishtahani pasaytiradi, shish va isitmani keltirib chiqaradi.

4. Uyqudagi holatlardan eng yaxshisi o’ng tomonni bosib, keyin chap tomonga aylanib yotishdir. Qorinni bosib yotish ovqat hazmiga yaxshi yordam beradi. Chunki bunday yotish tug’ma issiqlikni to’plab va (gavda ichiga) qamab ko’paytiradi. Chalqancha yotish uxlashning yomon shakli bo’lib, kishini bosh og’rig’i, falaj va bosinqirash kabi yomon kasalliklarga duchor qiladi UYQU HAQIDA
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

BEZLARNI DAVOLASh

1. Goho ba’zi a’zolarda funduk yong’og’i va bulardan kichikroq bezsimon shish paydo bo’ladi. Ko’pincha bu qo’l kafti, bilak, oyoq, boldir va peshonada uchraydi va boshlanadigan paytida u qo’l bilan bosilsa, tarqalib ketib’ keyin ko’pincha yana qaytalaydi, ba’zan esa qaytalamaydi.

Davolash: Ba’zan bezni ezib parcha qilib, keyin ustiga og’ir qo’rg’oshinni qattiq qilib bog’lab qo’yilsa, ayniqsa, qo’rg’oshin tagidan quyida aytib o’tilgan tarqatuvchi surtmadan surtilsa, davo beradi.

Ohakdan 4 gramm, uzum sharbatidan 2 gramm, tabiiy sodadan 2 gramm, qizil kesakdan 1 gramm olib, ko’l suvi- da bir necha marta qaynatiladi. Bu qaynatma qalay idishga solinadi. Bu dori so’gal, bez va shularga o’xshashlar uchun foydalidir (20 kun): Qo’rg’oshinni bez tarqalib ketgani- dan keyin ham bog’lash kerak, chunki u bezning qaytalashiga qo’ymaydi.

2. Goho badanda bezsimon toshmalar ham paydo bo’ladi. Bularni iloji boricha ezib, ichidagi narsani chiqarib tashlash va ustiga qo’rg’oshin bog’lab qo’yish yaxshi foyda qiladi.

No votes yet.
Please wait...