Umr va hayot haqida eng sara malumotlar toplami

Umr va hayot haqida eng sara malumotlar toplami

12.05.2018 0 By Davolash.uz

Umr va hayot haqida eng sara malumotlar toplami

Umr ko’rish xuddi uzoq umr ko’rish kabi nasliy, genetik omillarga bog’liqdir. Olimlar turli avlodlardagi xilma- xil oilalarning umr ko’rish salmog’ini sinchiklab kuza- tib ko’rganlar.

Ular dunyoga kelgan farzandning qanchalik uzoq umr ko’rish-ko’rmasligi otalardan ko’ra onalarga ko’proq bog’liq, degan xulosaga kelganlar («Gerontologiya»dan).

Bizning umr qisqa emas, uni o’zimiz qisqa qilib qo’yamiz. Nerv sistemasining kuch-quvvatini va hayotchanligini saqlovchi omillar umrni uzoq qiladi. Kishining ruhini sin- diruvchi barcha salbiy mashmashalar, aksincha, umrni qisqa qiladi. Uydagi har xil voqealar, kasallik va sovuq xabarlar kishiga salbiy ta’sir qiladi.

O’lim to’shagida yotgan shifokor shogirdlariga: «Uzoq umr ko’rish uchun miriqib uxlash, ich yurishib turishi va terlab tu- rish kerak», — degan ekan (Abul Faroj).

Besh narsa umrning uzayishiga sabab bo’ladi: yoqimli ovoz, go’zal manzaralarni tomosha qilish, maishatda farovon- lik, shirin so’zli xotin, murod hosil bo’lishi (Farididdin Attor).

Mehribon va rahmdil bo’lmoq umrning uzoq bo’lishiga va rizqning barakali bo’lishiga sabab bo’ladi (Nosir Xisrav).
Yuz yoshga kirmasdan ko’z yumish uyat bo’ladigan vaqt, albat- ta, keladi. Biz bunga qat’iy ishonamiz.

Uzoq umr ko’riga uchun hayotni to’g’ri ko’ra bilish kerak. Buning uchun mehnat, ovqat, yoqimli va faol dam olish, odamlararo matlub muomala va mu- nosabat zarur (Chebotarev).

O’lim to’shagida yotgan bir og’ir bemorga bir donishmand bunday taealli beribdi: «Bir kishi bor ekan. U bahor, yoz, kuz va qish fasllarini o’tkazib, yana bir bahorni ko’ribdi. Shunda u kishi: «Ey Tangrim, agar bu fasllar qaytarila bersa, men- ga hayotning hech bir yangiligi va qizig’i yo’q, bir yil yashasam bo’ladi, degan ekan». Umr va hayot haqida

Luqmoni Hakim donolar xazinasidan uch narsani tan- lab olibdi. Birinchisi – o’limni doimo yodda tutib, u kel- masdan avval yaxshi ishlarni amalga oshirib qolish, ikkinchi- si – birovga yaxshilik qilinsa, uni butunlay yodtsan chiqarib yuborish, uchinchisi – birov yomonlik qilsa, uni dilda saqlab, gina qilib yurmaslik.

Umr va hayot

Rivoyatlarda aytishicha, bir ulug’ kishini podshohga ko’p maqtadilar. Podshohning yuragi u bilan uchrashish istagi- da tugyon urdi. Aziz kishi huzuriga kirgach, salomdan so’ng: «Podshohimiz mingga kirsinlar», – dedi.

Podshoh unga: «Juda behuda so’z aytding. Bunday so’z sendek fazilatli odam- dan chiqqani qiziq tuyuladi», -dedi. U kishi dedi: «Odamning joni badanda shuncha yil boqiy bo’lmaydi. Buni hamma biladi.

Ammo kishi o’lgach, yaxshi nom unga ikkinchi umrdir. Mening bu so’zdan maqsadim, Hazrati oliylarining yaxshi nomi ming yil boqiy bo’lib, hayot sahifasida qolsin, demak edi».
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

Rating: 5.0/5. From 2 votes.
Please wait...