TOVON YORILISHINING DAVOSI UY SHAROITIDA

TOVON YORILISHINING DAVOSI UY SHAROITIDA

15.05.2018 0 By Davolash.uz

TOVON YORILISHINING DAVOSI UY SHAROITIDA

Tovon yorilishi ko’pchilikning hayotida uchrab turadigan dard. Ko’pgina insonlar kundalik hayot tashvishlari bilan bo’lib oyogiga qaramay qo’yishi natijasida tovonlarida katta-kichik, chuqur-sayoz ko’rinishda yoriqlar paydo bo’ladi.

Natijada yurish-turish qiyinlashadi. Ayniqsa, jismoniy ish qilayotganda qattiq ogriqlar paydo bo’ladi. Kechasi dam olish uchun yotganda achishib, goho lo’qillab og’riydi. Bolalardagi tovon jarohati ularni injiq qiladi, yigiga sabab bo’ladi.

Bu dardga chalinganlar ko’pincha oqsab yuradi, hassa tayoqtsa yoki tovonini bosmay yurishga harakat qiladi. Ba’zi odamlar uchun bu kasallik anchagina tashvish, bezovtalik tugdiradi.

Tovonni yorilishining sabablari har xil bo’lishi mumkin. Tovonda sho’rlanishi, haddan tashqari qurib ketishi natijasida mayda qon tomirlarining faoliyati buziladi. Ularda qon oqish jarayoni qisman to’xtab qoladi. Tovonni uzoq yuvmay yurish ham tovon yorilishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, doimo suvda, zaxda bo’lish ham tovonda yoriqlar paydo qiladi. Tovonning qattiq shamollashi ham unda yoriqchalar paydo qiladi.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

Sakrash natijasida ham tovon zarbaga bardosh berol- may yorilishi mumkin. Tovonda yorilganda tovonning o’zida isitma chiqishi mumkin. Tovonda yorilishi kasalligi inson hayoti uchun xavfli bo’lmasa-da, sogliqqa zarar beradi. To- von yorilmasligi uchun oyoqni doimo iliq suvda yuvib turish, kasallikning oldini olib, tezda davolanishga kiri-
shish lozim. Har holda hamma a’zolaringiz qatorida o’z tovoningizdan ham xabar olib turishni unutmasligingiz maqsadga muvofiq ishdir.

Tovon ogrishi

1. Tovonni iliq suvda sovunlab yuvib, quritib, eritilgan qo’y yog’i surtish lozim. Iloji bo’lsa, qora qo’chqorning dumba yogini surtib bog’lash lozim. Bu ishni tovon tuzalib ketgunga qadar har kuni yotish oldidan bajarish lozim.

2. Bir hafta har kuni 1 mahal andizning qaynatma suvida 40 daqiqa oyoqni vanna qilish kerak.

3. Qora qo’chqor dumbasidan ozroq olib, o’tda qizdirib, issiq holda yorilgan joylarga qo’yib, bog’lab yotish zarur.

4. Tovonni iliq suvda yuvib, quritib, qaynagan iliq suvda «moshdek» toza mo’miyoni eritib, surtib, ustidan bir parcha yumshoq qogozni yopib, paypoq kiyib yotish kerak. Bu muolaja tovon tuzalib ketguncha takror bajariladi.

5. Tovonni tuzalguncha dog’ qilingan paxta yog’ini ham surtib bog’lab yotish mumkin.

6. Shaftoli yog’ini surtib, boglab yotilsa ham foyda qiladi.

7. Aloe bargini yanchib, boglab yotilsa ham foyda qiladi.
Yuqorida aytilgan dori-darmonlarning qaysi biri sizning uyingizda bo’lsa, o’shandan foydalaning. Aytilgan dorilarning hammasini birdaniga ishlatish shart emas.
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

gemaroyni uy sharoitida davolash

chimildiq uchun eng sara savollar

shok yigitlar uchun uy sharoyitida kattalashtirish

oshqozon davolash

prostatitni 44 ta super tabiiy davolash

 

Rating: 5.0/5. From 1 vote.
Please wait...