SUYAKLAR

SUYAKLAR

24.04.2018 0 By Davolash.uz

SUYAKLAR

SUYAKLAR VA BO’G’IMLAR OG’RIQLARI

Inson vujudida 200 tadan ortiq suyaklar, undan ko’proq bo’g’imlar, 600 tadan ortiq mushaklar, yuzlab paylar, bog’lamlar bor.

Shu boisdan ham suyaklar va bo’g’imlarning og’riqlari insonga beadad azob-uqubatlar berib, ayrim hollarda hatto nogironlikka ham olib boradi.

«Yulduzlararo urush (Zvezdnme voynm) «filmini ko’rgan bo’lsangiz kerak? Undagi bahaybat yovuz odam rolini bo’yi 2 metr, vazni 113 kg keladigan Devid Prouz o’ynagan.

Og’ir atletika bilan shug’ullanish mobaynida olgan shikastlanishlari unda artritlar rivojlanishiga sabab bo’lib, oradan bor-yo’g’i 10 oy o’tib, bu barzanggi hassa tayanib yuradigan nochor kimsaga aylanib qolgan.

Doktor Robert Sheonning fikriga qaraganda artritlarbu umumlashma tashhis bo’lib, 250 dan ortiq kasalliklarni o’z ichiga oladi.

Ularning hammasi turli darajadagi ogriqlar bilan kechadi. 70 yoshga etgan odamlarning 97% qismida artritlarning u, yoki bu darajasi kuzatiladi.

Ularning ayrimlari shu darajaga borib etadiki, hatto rentgen tasvirida ham ko’rinadi.
Bu guruhga mansub kasalliklarning yana bir turiosteoporoz suyaklarning kuchayib boruvchi emirilishidir.

Kasallik asosan ayollarda, klimaks yoshida aniqlanadi. Muntazam takrorlanuvchi bir xil og’ir jismoniy harakatlar tendo- vaginit va bursitlarga olib keladi (pay g’ilofining, hamda bo’gimlar atrofidagi sumkalarning yallig’lanishlari).
Bugungi kun meditsinasi ular bilan ma’lum darajada kurasha oladigan vosita va usullarga ega.

No votes yet.
Please wait...