SUV HAQIDA ENG KERAKLI MALUMOTLAR TOPLAMI

SUV HAQIDA ENG KERAKLI MALUMOTLAR TOPLAMI

12.05.2018 0 By Davolash.uz

SUV HAQIDA ENG KERAKLI MALUMOTLAR TOPLAMI

Suv to’rt unsurga bo’linadi. U o’z ichiga qabul qilinadigan butun narsalarga qo’shilgan bo’lishi bilan hamma unsurlar- dan ajraladi; u kishini oziqlantirmaydi; balki oziqli moddalarni o’tkazadi va ularning quyuq-suyuqligini hazmga moslashtirib beradi.

Suvlar bir-birlaridan suvlik moddasiga qarab emas, balki o’zlariga aralashgan narsalarga va kayfiyatlaridan qaysi biri g’olib ekaniga qarab farq qilinadi. Suvlarning eng tozasi buloq suvi.

Lekin hamma buloqning emas, balki eri va tuprog’i toZa, okadigan joylari toshli bo’lishi kerak, chunki u balchiqqa o’xshab sasimaydi. Ammo toza tuproqli er toshli erdan yaxshiroq.

Hamma toza tuproqli buloqning suvi yaxshi bo’lavermaydi; u suv yana oqar suv bo’lishi kerak, oqqanda ham quyosh va shamollar uchun ochiq joyda oqishi kerak, chunki bular oqar suvga fazilat beradigan narsalardandir.

Ko’lmak suvga kelsak, u achchiq bo’lgan vaqtda ba’zan yomon sifatlarni o’ziga oladi, agar chuqurlikda bo’lsa, yaxshi sifatli bo’ladi. Har qanday oftobro’ya bo’lgan oqar suv ham yaxshi bo’lavermaydi, faqat o’zani loyli bo’lgani yaxshi bo’ladi.

SUV HAQIDA QIZIQLARLI

Suvni tatib ko’rish orqali uning sifati aniqtanadi. Engilroq suv ko’pincha yaxshiroq bo’ladi. Suvning toza va no- toza hamda og’ir va engilligini bilish uchun ikki bo’lak latta yoki paxtani ikki xil suv bilan ho’llab, ular quritiladi
va tortaladi; qaysi paxta engil’kelsa, o’sha ho’llangan suv yaxshiroq hisoblanadi.

Olimlarning shohidlik berishla- richa, qaynagan suv qorinni ko’p shishirmaydi, chunki idish ostidd cho’kma tuzlar qoladi.
Ba’zi tabiblarning fikricha, qaynatilgan suvdan latif qismi uchib ketib, og’iri qoladi, demak, qaynatilgan suv og’irlikni orttirgani uchun undan foyda yo’q, deb o’ylaydilar. Lekin bilish kerakki, suvning hamma bo’laklari og’irlikdir. Og’irlik va engillikda bir xildir, chunki u sodda jism bo’lib, murakkab emas.

Qaynatishdan maqsad, suyuqlikdan paydo bo’lgan quyuqlikni ketkazish va undagi aralashmalar cho’ktirish orqali tozalanadi. Yomg’ir suvi ham yaxpti suvlar jumlasiga kiradi. Biroq u yaxshi suv hisoblansa ham, tez sasiydi, chunki juda suyuq bo’lib, er va havo uning buzilishiga ta’sir qiladi.

Zarur bo’lib yomg’ir suvi ichilsa, orqasidan nordon narsa eyish lozim, shunda zararidan saqlanilgan bo’ladi.
Quduq va er osti kanallarining suvi oqib chiqadigan buloq suvlariga nisbatan yomonroqdir.

Chunki ular uzoq muddat davomida er bo’laklari bilan aralashgan holda qamalib yotish natijasida sasishdan xoli bo’lmaydi. Har xil qo’rg’oshin quvurlardan o’tuvchi suvlar yomon hisoblanadi, chunki u (qo’rg’oshin) quvvatni o’ziga olib, ko’pincha oshqozon va ichak yaralarini keltirib chiqaradi.

Muz va qor suvlari- ga kelsak, ular kuyuq bo’ladi. To’qayli erdagi ko’lmak suvlari, ochiq bo’lsa-da, yomon va og’ir bo’ladi. Muz solingan suvlar ham kishi organizmiga zarar qiladi.

Sho’r suvlar haydovchi kuch tufayli ichni suradi va oxirida o’z tabiatidagi quritish bilan bog’laydi; unday suv qonni ham buzadi, qichima va qo’tirni keltirib chiqaradi.

Loyqa suv tosh va tiqilmalar paydo qiladi; uni ichgandan keyin, orqasidan peshob haydovchi dorilar ichish kerak. Masalan, yog’li va shirin narsalar sho’r suvning zararini kiste’mol qilinadidi. Temir moddasi bor suv taloq kasalligini tuzatadi va jinsiy quvvatni kuchaytiradi.
SUV HAQIDA

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

No votes yet.
Please wait...