SUT BEZLARI KASALLIGI TO’G’RISIDA

SUT BEZLARI KASALLIGI TO’G’RISIDA

14.05.2018 0 By Davolash.uz

SUT BEZLARI KASALLIGI TO’G’RISIDA

Chaqaloqni ovqatlantirishning eng ma’qul yo’li – emizishdirG’ Bu Allohning chaqaloq uchun in’om etgan ulug’ ne’mati. Ona suti chaqaloqning butun ehtiyojini qondiruvchi va tarkibida organizm rivojlanishi uchun barcha zarur moddalarga boy bo’lgan yagona ozuqadir.

Bolaning oshqozoni bezovta qilmaydi, ich qotishi, ich ketishi va ich dam bo’lishidan muhofaza qiladi. Shuningdek, suvchechak, qizamiq kabi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashuvchi boshqa moddalarga ham ega.

Agar bola emizilsa, uning nafasini qiyinlashtiradigan astma va terisining qizarishiga sabab bo’luvchi eshakem kabi allergik kasalliklar bilan og’rish ehtimoli ham yanada kamayadi. Shu bois bolani ikki yil emizish tavsiya etiladi.
Sut bezlari sut ajratadigan organ bo’lib, ko’pincha ularni ko’krak bezlari deb ham atashadi.

Sut hosil bo’lishi ichki sekretsiya bezlari (gipofiz, qalqonsimon bez va boshqalar)da ishlab chiqariladigan gormonlar ta’- siri ostida bo’ladi. Bu gormonlar qiz bolaning balogatga etish davrida (10-12 yoshda) faollashadi. Sut bezlarining to’liq rivojlanishi 18-20 yoshda bo’ladi.

Sut bezlarinig yallig’lanishi ko’proq bola emizayotgan davrda, sut bezlari so’rg’ichi yorilganda kuzatiladi. Gormonal buzilishlar va ular bilan bog’liq bo’lgan sut bezlari uchraydigan o’smalar ko’pincha tug’magan va bola emizmaydigan ayollarda uchrashi ta’kidlanadi.

Mastig – sut bezlarining yallig’lanishi, uning o’tkir va surunkali yiriig to’qimaning qaerida joylashishiga qarab uch turi mavjud. Mastitga sut bezi so’rg’ichi terisining yorilishi, bola emaganda bezning sut yuruvchi yo’llarida sut to’xtab qolib, qon aylanishining buzilishi, qon yoki limfa tomirlar orqali organizmning boshqa joyidan infektsiya o’tishi, qo’shni organ yoki to’qimalardagi yalliglanishning bezga ham tarqalishi sabab bo’lishi aniqlangan.

Mastit erkaklarda ham uchrashi qayd qilinadi. Ginekomastiya – erkaklar ko’krak bezlarining kattalashishidir.
Mastit odatda sut bezi uchi yoki atrofining yorilgan, shilikgan joyidaa! mikrob kirshnidan hosil bo’ladi. Kasallikda sut bezi og’riydi va taranglashadi, zararlangan qism terisi qattiklashib, qizaradi, bemorning harorati ko’tariladi, ba’zai eti uvishadi. O’z vaqtida davo qilinsa, kasal tezda tuzalib ketadi.

Agar bemor o’z holicha davo usullarini qo’llasa, kasallik avj olib ketipgi mumkin: sut bezining qatshqlashgan qismida yiring shnila boshlaydi. Bunda zudlik bilan operatsiya qilinadi, aks holda og’ir asoratlar paydo bo’lishi mumkin.
Mastitni ko’pincha yiring hosil qiladigan mikroblar keltirib chiqaradi.

Mikroblar ayol organizmida surunkali yallig’lanish o’chog’idan (chirigan tishlar, tonzillit va boshqalar) qon tomirlari orqali sut bezi to’qimasiga o’tishi mumkin, shuning uchun ayol homilador bo’lishi bilanoq shu kasalliklarga qarshi davolanishi kerak.

Kasallik aksariyat birinchi tuqqan ayollarda va homiladorlarda kuzatiladi. Ayol homiladorlik vaqtidayoq sut bezini bola emizishga tayyorlashi lozim. agar sut bezi uchi yassi, ichiga botgan bo’lsa, chaqaloq qiynalib emadi, na- tijada terisi nozik va yupqa bo’lgan sut bezi oson shili- nadi yoki yoriladi.

Shuning uchun homiladorlarga ayollar maslahatxonasida tegishli maslahatlar beriladi va to’g’ri emizishga tayyor- lash usullari o’rgatiladi.

Ayolning o’zi homiladorlik vaqtida sut bezlarini doiraviy harakatlar bilan uqalab turishi o’rinlidir. Buning uchun qo’lini issiq suvda sovunlab yuvib, keyin har bir sut bezini bitta qo’l bilan bir necha daqiqagacha soat strelkasi yo’nalitsshda ohista silashi kerak.

Homiladorlikning ikkinchi yarmida esa har kuni havo van- nalari qilib turishi foydali (fortochkani ochib yoki xonani yaxshilab shamollatib oladi), bunda ko’krakni ochib 10—15 daqiqa o’rinda yotiladi.

Tug’ruqdan keyin siynaband (lifchik)ni har kuni almashtirib turish va sut bezlarini bolalar sovuni bilan iliq suvda yuvib, alohida sochiqqa artib turish juda muhim. Bola emizadigan davrda juda charchatadigan o’yinkulgulardan voz kechish, hayajonlanishga va ta’sirlanishga olib keladigan sabablarni bartaraf etishga harakat qilish kerak.

Turli xildagi asabiy shikastlar, juda kuchli taassurotlardan so’ng sutni kam kelishi, ba’zan mutlaqo kelmay qolishi yoki bolaga zararli ta’sir ko’rsatadigan xossalarga ega bo’lib qolishi qayd qilingan.

Chala tugilgan, nimjon tugilgan yoki sust emadigan bolalar yomon emadilar. Bunday hollarda bolaga ko’krak berib turish, sog’ilgan sut bilan qo’shimcha ovqatlantirish

Bola tug’ilgach, dastlabki bir necha kun ichida ko’krak bezidan «o’g’iz» suti deb atalgan sut keladi. U quyuq, rangi sargish tusda bo’ladi. Tarkibida bolaga zarur bo’lgan va ba’zi yuqumli kasalliklardan saqlovchi boshqa zarur mod- dalar mavjud. Uch kundan keyin sut bolaning ehtiyojiga ko’ra suyuqlashadi.

1. Ko’krak so’rg’ichida yoriqlar va mastit yuzaga kelmasligi uchun sut bezlarini ertalab va kechqurun iliq suv bilan sovunlab yuvish yoki maxsus eritmalarga doka ho’llab artib turish, eng muhimi bolani to’gri emizish kerak.

2. Agar bola emib bo’lgandan keyin ham ko’krak uchini qo’yib yubormasa, uni zo’rlab tortib olish yaramaydi, buning uchun bolaning burni sal qisilsa, u og’zini ochib ko’krakni qo’yib yuboradi.

3. Sut qo’l bilan noto’gri sog’ib olinsa va shaxsiy gi- giena qoidalari buzilsa, mastit xastaligi kelib chiqishi mumkin.

4. Emizikli ayollar sut bezlarini nihoyatda toza saqlashlari kerak. Chaqaloqni emizishdan avval 1-2 tomchi sut bilan yoki qaynab sovutilgan suv bilan ko’krak bezlarining uchini yuvib tashlash shart.

5. Emizikli ayollar suti ko’p va to’yimli bo’lishi uchun
eyiladigan ovqati tarkibida oqsil, yog’, uglevodlar, mineral tuzlar va vitaminlar ikki barobar ko’p bo’lishi va sut ko’paytirishi uchun ular suyuqlikni etarli miqtsorda iste’mol qilishlari kerak.

6. Ko’krak yarasiga gulxayri bargi yuvib bog’lansa yoki qaynatib, latgaga to’yintirib, yaraga 3 mahal iliq holda yopishtirib bog’lansa, og’riq va yarani tezda qaytaradi, shishlarni shimdiradi. Davolash muddati 15 kun.

No votes yet.
Please wait...