SIYDIK TOSH KASALLIGI DAVOLASH

SIYDIK TOSH KASALLIGI DAVOLASH

SIYDIK TOSH KASALLIGI DAVOLASH Buyrak-tosh kasalligi siydik-tosh kasalligining toshlar buyraklar va yuqori siydik yo’llarida joylashuvi bilan kechadigan xili bo’lib, barcha urologik kasalliklarning 3040 foyizini tashkil qiladi va dunyoning barcha mamlakatlarida uchraydi.

Jumladan, Respublikamizda bu kasallik aholining 4,5% ida kuzatiladi.Bu kasallik endemik tarqalgan bo’lib, Finlyandiya, Albaniya, Xitoy, Afg’oniston, Marokash, Misr Arab Respublikasi, AQShning ayrim sharqiy rayonlarida urolitiazning o’choqlari bor.

Buyrak-tosh kasalligining kyolib chiqish sabablari to’liq o’rganilgan emas, shu tufayli uning vujudga kelishini tushuntirishga harakat qiladigan bir necha nazariyalar taklif etilgan.Shulardan ancha-muncha tan olinganlari fizik-kolloid (kolloid-kristalloid) va “matritsa” nazariyalaridir.

Birinchisiga binoan, siydikda himoya kolloidlari bo’lib, ular tuzlarni erigan holda ushlab turadi.Har xil sabablar, deylik, organizmda kislota-ishqoriy muvozanatning buzulishts, odatda iste’mol qylinadigan ovqat tarkibi o’zgarishi natijasida ro’y beradigan modda almashinuvidagi siljishlar, me’da-ichak, jigar faoliyatidagi nomutanosibliklar, hamda jigar-buyrak faoliyatining o’zaro bog’liqligi buzulishi siydikning fizik- ximik tarkibini o’zgartiradi.

Bundan tashqari, suyaklarning sinishi, qadqonsimon bezi oldi bezlari faoliyatining o’zgarishi (giperparatiroidizm) natijasida siydik bilan kaltsiy tuzlari juda ko’p chiqa boshlaydi.

Bunday sharoitda kaltsiy, fosfor ionlari mikroorganizmlar ta’sirida mukopolisaxaridlar bilan qo’shilib, tosh paydo bo’lishiga olib keladi.

“Matritsa” nazaridsiga binoan, buyrakda urodinamika buzilganda kapillyar o’tkazuvchanligi kuchayib, kanalchalar epiteliysi shikastlanishi natijasida, siydikka odatda ajralib chiqmaydigan modtsalar -mukopolisaxaridli proteinlar ham ajralib chiqadi.

Shu tariqa hosil bo’lgan oqsil va mukopolisaxaridlardan tuzilgan “matritsa” bo’lajak toshning asosini tashkil qiladi. U koptokchalardan naychalarga tomon harakat qilar ekan, o’sha erda kristallar bilan qoplanib, toshga aylana boradi.

Har holda siydik-tosh kasalligiga olib keladigan ma’lum ichki va tashqi sabablar mavjud, ya’ni buyrak va siydik yo’llarida tosh paydo bo’lishi tashqi muhit va organizm ichki omillaRiga bog’liqtsir.

Tashqi muhit omillaridan suv tarkibi, is-te’mol qilinadigan oziq-ovqatlarning va boshqalarnitsg ahamiyati kattadir. Organizm ichki muhitidagi shart-sharoitlar umumiy (suv-tuz almashinuvi buzilishi, qalqonsimon bezi oldi bezlari faoliyatining o’zgarishi va h.k.) va mahalliy (siydik yo’llaridagi anomaliyalar, yallig’lanishlar va h.k.) bo’lishi mumkin.

Toshlar ximiyaviy tarkibiga ko’ra urat kislota, natriy va limonli urat tuzlari (uratlar), oksalat kaltsiy tuzlari (oksalatlar), oh.k. tuzlari (fosfatlar), karbonat kaltsiy va magniy tuzlari (karbonatlar) kristallaridan tashkil topgan bo’lishi mumkin.

Belgilari va tashxisi. Kasallikning birinchi va eng asosiy belgilari uchta bo’lib (triada), bular: bel sohasidagi og’riq, siydik rangining qizarishi (qon aralashishi) va siydik bilan kichik-kichik toshchalarning, qumning chiqib ketishidir.

Tashxis qo’yish bemorning bel sohasini ko’zdan kechirish va paypaslash, siydigiga e’tibor berish, siydik tahlili (siydikda eritrotsitlar mavjudligi), ultratovush (ayniqsa urat toshlari uchun) va rentgen tekshirishlari orqali amalga oshiriladi.

Davosi.Hozirgi paytda toshni jarrohlik yo’li bilan olib tashlashdan ko’ra, uni eritish (litoliz), tushurish (litoekstraktsiya) yoki maydalash (litotripsiya) afzal ko’riladi.Albatta bu usullarning har biri aniq ko’rsatmalar asosida amalga oshiriladi.

Siydik-tosh kasalligining profilaktikasi, professor A.L.Shabadning (1983) ta’kidlashicha ikki yo’nalishda olib borilishi kerak: etiologik, ya’ni kasallikning paydo bo’lish sabablarining oldini olish va patogenetik, ya’ni kasallikning taraqqiy etishini to’xtatish.

 

(Visited 108 times, 4 visits today)
Rating: 2.0/5. From 1 vote.
Please wait...
News Reporter

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!