SEPKILNI YOQOTISH O’LIK QON, QORA SEPKIL DAVOLASH

SEPKILNI YOQOTISH O’LIK QON, QORA SEPKIL DAVOLASH

15.05.2018 0 By Davolash.uz

SEPKILNI YOQOTISH O’LIK QON, QORA SEPKIL DAVOLASH

Qizil sepkil va o’lik qon goho tolasimon tomirning zarba yoki boshqa sababli uning yorilishidan paydo bo’lib, terining tagida biror joyda to’xtab qoladi. O’sha joyning rangi va ko’rinishi qizg’ish bo’lsa, qizil sepkil, qoramtir bo’lsa, qora sepkil va chaplashib ketsa, sepkil deb ataladi.

Qizil sepkilli kishining mizoji quruqligi sababli ko’pincha lablari yoriladi. Qon qotib, qorayishi kuchaymasdan ularni tezlik bilan davolash kerak. Vaqt o’tsa, davolash qiyin bo’ladi.

O’lik qon, qora sepkil quyidagicha chiqarib olinadi: nishtarning uchi yupqa teriga kiritiladi. Agar u erda qotgan qon bor bo’lsa, u ohistalik bilan oqizib yuboriladi, so’ngra tozalab tashlash maqsadida dorilar bilan davolanadi.

Keyin tomirlarning og’izlaridan qon oqmaslik uchun burishtirish xususiyati bo’lgan achchiqtosh surtilsa, qon oqmaydi.

SEPKILNI DAVOLASH

Shu bilan dori tomirning kengaygan yo’lidan, ayniqsa, sepkilning boshlang’ich paytida modtsani tortib chiqarmasligi uchun qo’llaniladi.

Shu sababli kuchli achituvchi dori ishlatilmaydi. Uzoq vaqt cho’zilib ketgan sepkilga bunday dorini ishlatishdan qo’rqmaslik kerak, unga achishtirib tarqatuvchi dorini ketma-ket qo’yib ushlab turish kerak. O’lik qonni dastlabki holatda uzoq tarqatib yuborish bilan davolash mumkin.

Ba’zan davolashdan oldin tilinadi. Bunday sepkil joyi qashqarbeda qaynatmasi bilan yuvilsa, foyda qiladi. Nordon sirkada ivitilgan anjir ba’zan o’lik qonni tarqatib yuboradi.

Qovurilgan tabiiy soda va kaptar tezagini barobar miqdorda olib, asal bilan qo’shib, 18 kun mobaynida 3 mahal sepkilga surtilsa, foyda qiladi. Sepkil joyini tabiiy soda bilan yuvib, keyin saqich qo’yib, olti kun bog’lab qo’yiladi.

So’ngra yuvib tashlanadi va qon chiqishi uchun igna sanchiladi, keyin qon shimdirib olinadi va yana olti kun qo’yib qo’yiladi. So’ngra tuz bilan ishqalab, yarim soat qo’yib qo’yiladi, keyin o’sha joyga aytilgan dorini besh kun qo’yilsa, o’lik qonning hamma qoldig’ini chiqarib tashlaydi.

U dori quyidagicha: mumni asal bilan qo’shib eritib, hammasi aralashtiriladi va qo’yib bog’lanadi; har uch, to’rt va besh kunda sepkil joyiga qo’yib ishlatilsa, o’lik qon izini va badanga yozilgan naqshni ketkazadi. SEPKILNI YOQOTISH

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

Non magzi qo’shilgan etmak, achchiq bodom, karam urug’i, turp urug’i, anjir suti, mol o’ti bilan qo’shilgan tarate- zak suvi qizil sepkil va boshqa izlarga bir hafta davomida 2 mahal ishqalab surtilsa, foyda qiladi.

Jolinus javzbobo yoki muskat yong’ogini yanchib, kechasi sepkilga bog’lab tajriba qilgan.
Byr qism murch talqoni, ikki qism ohak, qizil va sariq ziralarning har biridan ikki qismdan olib, asal bilan qorishtiriladi Tozalash kerak bo’lgan joyni tabiiy soda bilan yuvib, so’ngra sanobor suvi bilan yuvib besh kun bog’lab qo’yiladi.

So’ngra uni echib tashlab, o’sha joyga igna sanchiladi va qon shimdirib olinadi va u joyga tuz sepiladi; keyin dorini o’sha joyga besh kun bog’lab qo’yiladi. Tadbir bir necha marotaba qo’llansa, o’lik qon va badanga solingan naqshni ketkazadi. SEPKILNI YOQOTISH

Chigit yanchib, sovun bilan qo’shib surtilsa, sepkil, qizil sepkil va toshmalarni tozalaydi. Shuningdek, zaytun yogining kuydirilgan quyqasi, Misr boqilasining bo’laklarni 15 kun 3 mahal surtilsa, sepkilga foyda qiladi.
Behi urug’ining suvi za’faron bilan qo’shilsa hamda oshqovoq urug’i, sariq yo’ng’ichqa qaynatmasi bilan qo’shilsa, 15 kun 3 mahaldan surtilsa, hamma izlarga foyda qiladi.
Turp urug’i va gorchitsani sirkada ivitilgan anjir
bilan qorishtirilsa, sepkilni ketkazadigan dorilardan bo’ladi. Qorishmani 15 kun 3 mahal surtib bog’lansa, foyda qiladi.
Za’faron piyozi va nargis, taratezak urug’i, kraxmal va kuydirilgan, oqartirilgan qo’rg’oshinning har biridan ozgina bo’lakdan, za’faron, boqila uni, arpa uni va sariq yo’ng’ichqa o’ndan bir bo’lakdan olib, shirin bodom yog’i bilan qorishtiriladi va 15 kun 3 mahal qo’yib surtilsa, foyda qiladi.

Aytishlaricha, burun uchi tomiridan qon olish sepkilni ketkazadigan tadbirlardai biridir, lekin u yuzni qizartiradi. So’ng isfarak kuliga qaymoq aralashtirib, 3 kun 3 mahal surtilsa, shirincha tuzaladi. SEPKILNI YOQOTISH

Rating: 5.0/5. From 1 vote.
Please wait...