SEMIRISH UCHUN NIMA QILISH ORIQLIKNI DAVOLASH

SEMIRISH UCHUN NIMA QILISH ORIQLIKNI DAVOLASH

15.05.2018 0 By Davolash.uz

SEMIRISH UCHUN NIMA QILISH ORIQLIKNI DAVOLASH

Oriqlikka sabab ovkatda semirtiruvchi modtsa yoki suyultiruvchi modtsaning yo’qligi. suyultiruvchi ovqatni ko’p iste’mol qilishdadir (bunda badanda ko’p qon paydo bo’lmay qoladi). Toza qon paydo bo’lmaydigan ovqat bilan cheklanib turish, bunga yana hazm qiluvchi quvvatning yoki ozuqani a’zolarga tortuvchi quvvatning zaifligi ham sabab bo’ladi.

Ularning zaifligiga esa mizoj buzilishi, ko’pincha buzilgan sovuq mizoj sabab bo’ladi. Ko’p harakatsiz yotish ham sabab bo’ladi, bunda tortuvchi quvvat uxlab qoladi, jismoniy harakatdan keyin yana yaxshi bo’ladi, jismoniy harakat qilmay qo’yilsa, tortuvchi quvvat hatto mo’’tadil ozuqani ham tortmay qo’yadi.

Oriqlikka yana ob-havo yoqmasligi sabab bo’ladi, yoki taloqning kattalashib jigarni qisishi sabab bo’ladi, bunda qonning ko’pi taloqka tortiladi, taloq va jigar orasidagi ziddiyat sababli jigar quvvati zaiflashadi, gavdada gijjalarning ko’payib to’dalanib yotishi yoki xiltdan teri teshiklarining to’silib torayishi, sovuqlik yo issiqlik, yo faqatgina quruqlik natijasida teri teshiklarining birikib-burishib torayishi ham oriqlikka sabab bo’ladi. Bularning hammasi o’z belgilari orqali bilinadi. Doimiy ravishda belni boglab qo’yish ham oriqlikka sabab bo’ladi. SEMIRISH UCHUN

Oriqlikni davolash uchun yaxshi qon naydo qiladigan ovqat beriladi. Mizoj buzilgan bo’lsa, uni davolash lozim. Uyqudan uyg’onish bilanoq badanni ishqash. ukalash tortuvchi quvvatni uygotadigan tadbirlardandir.

Agar oriqpikka taloq sabab bo’lsa, taloq davolanadi, agar oriqlik gijjalardan bo’lsa, ular tushiriladi. Oriq kishini tinch qo’yib. orom beriladi, ko’rpa-to’shagi yumshoq qilib qo’yiladi. Xushbuy narsa hidlatilib, sovuk narsalar ichiriladi. Chunki bu tadbirlar tabiiy quvvatni juda kuchaytiradi. Natijada, u ozuqalarni yaxshi ishlatib, chiqindilarni haydab chiqaradi. Bular esa semirish sabablarining boshlang’ichidir.

Iste’moli: turli halimlar, umochlar, shirguruch, qovurilgan go’sht, kaboblar eyish kerak. Chunki qovurilgan go’sht quvvati qamalib qolib, shish et paydo qiladi, qaynatilgan go’sht esa g’ovak, tarqalib ketadigan va karorlanmaydigan et paydo qiladi.

O’rdak, tovuq va kaklik go’shtlari semirtiradi, shakar qo’shilgan mag’izlar ham shunday. Ovqatdan keyin hammomga tushish ozuqani badanga juda torttiruvchi va semirtiruvchi tadbirdir. Badantarbiya ham semirtiruvchi tadbirlardandir.

Buning har biri engil va asta-sekin qilinadigan mo’’tadil badantarbiya bo’lib, biroz dag’al hamda qattiq va yumshoqlikda mo’’tadil latta bilan tez ishqalashdan keyin qilinadi. Ayniqsa, geri qizarguncha ishqalash yaxshiroq, shunday ishqalashdan keyin mo’’tadil darajada badantarbiya qilinadi va qisqa vaqtga hammomga tushiladi. So’ngra badanni artib, quruq uqalanadi, semirtiradigan dorilar surtiladi.

SEMIRISH UCHUN

1. Suv va havoni almashtirish semirtirishda ko’zda tutilishi zarur bo’lgan narsalardan biridir, chunki bu ikka- lasi ko’pincha ozib ketishga sabab bo’ladi. SEMIRISH UCHUN

2. Oltingugurtli ma’dan suvlari ham ozuqani badan sirtiga tortadi. Jolinus ozib ketgan bir qulni mana shu tadbirni qo’llab semirtirgan.

3. Makkai sano urug talqonini 20 kun 3 mahal 1 ta- bletkaday iste’mol qilsa, semirtirishga yaxshi foyda qiladi.

4. Shirin bodom mag’ziga barobar shakar qo’shib tuyib, talqonini qorong’i joyda saqlab, 20 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa,, qon bosimi me’yorlashib, semirib, kuch-quvvat ko’payib, oriqlikdan xalos bo’ladi.

5. No’xatni sigir sutida bir kecha-kunduz ivitib qo’yib, 3 mahal 100 grammdan eyiladi.

6. O’simlik moyi va sariyog’ eritib ichiladi, keyin ichilgan narsa badanga tarkalguncha cho’milish lozim.

7. Bangidevona bargini olib, suvda yaxshilab qaynatiladi va suvini dokadan suzib o’tkaziladi, so’ngra o’zini soyada kuritib xamir o’rtasiga qo’yiladi, u xamirni tandirdagi pishiq g’isht ustiga qo’yib non qilinadi. Xamir xurmo singari qizarganda tandirdan olib yanchiladi, 9 grammini olib kunjut va bodom talqoniga aralashtirib. aralashmani 2 mahal (ertalab va kechqurun) 1 choy qoshiqdan iste’mol kilinadi.

8. Bangidevonani olib, bir kechakunduz 50 gramm suv- da ivitiladi, keyin quritiladi. So’ngra sariyog’ga aralash- tirilib yanchiladigan darajada qovuriladi, ustiga to’rt barobar keladigan miqdorda po’sti archilgan shirin bodom va shuncha yongoq va shuncha miqdorda shakar qo’shiladi Uxlash oldidan 25 grammdan iste’mol qilinadi. SEMIRISH UCHUN

Rating: 5.0/5. From 1 vote.
Please wait...