SARIQ KASALLIGI  KASALDAN QO’RQMANG!

SARIQ KASALLIGI KASALDAN QO’RQMANG!

13.05.2018 0 By Davolash.uz

SARIQ KASALLIGI KASALDAN QO’RQMANG!

Sariq kasalligi yuqumli va xavfli kasallik bo’lib, uni davolash uzoq davom etar edi. Zamonaviy meditsina bu sohada ancha muvaffaqiyatlarga erishgan bo’lsa-da,- muolajaning asoratidan bemorlar ko’p uzoq vaqt aziyat chekishardi. Ana shu kasallikni davolashda kamina 43 yildan ortiqroq izlanishlar olib bordim.

Bobotog’lik tabib Toshboy Musaev minglab sariq kasalga chalinganlarni davolar ekan. Hikoyasidan ma’lum bo’lishicha, u kishi 1978 yildan beri sariq kasallarni davolab kelar ekan, birortasida asorat qolmay tuzalib ketgan ekan. 2004 yil 1 nafar o’qituvchi, bir cho’pon va uning 2 nafar o’g’li davolangan.

Oldin og’ir bo’lib, shifoxonada davo- lanishsa, tuzalishmabdi. Tabib haqida eshitib, bu erga keli- shibdi va muolaja olishibdi. So’ng borib tahlil (analiz)dan o’tishibdi, natijasi yaxshi chiqqan.

Qarangki, vrachlarga uchrashish noqulay bo’lgan tog’liklar uchun Allohning o’zi g’ubbak daraxtini yaratgan ekan. Mahalliy xalq bu daraxtni «qoracho’lak» ham deb atashar ekan. Bu nom daraxtning toj ko’rinishida ekanligi sababli qo’yilgan bo’lishi ehtimoldan xoli emas.

Tojga o’xshagan shox- lari qorayib o’sadi, ko’m-ko’k yoysimon barglari juft-juft joylashib boradi. Bu shifobaxsh daraxtning o’ziga xos sirli xosiyatlaridan kishi lol qoladi. Po’stini pastga qarab shilinib iste’mol qilinganda, kuchli ich ketish yuz beradi. Yuqoriga qarab shilinib iste’mol qilinganda esa, og’izdan qayt qilinadi.

1. Har ikki holatda ham kuniga 1 mahal 2 osh qoshiqdan po’stloq talqoni kapalanadi va orqasidan qaynoqroq suv ichiladi. Yoki 300 gramm po’stloqning talqoni 3 litr suvda 30 daqiqa asta-sekin qaynatiladi, qaynatmadan 150 gramm ichilsa, jigar, o’t va ichaklar illatini yaxshilab, ich qotish va qorin damini daf qiladi.

2. Sariq kasalligiga g’ubbakning bargi, po’stlog’i va yog’och qismi qaynatmasi ovqatdan 1 soat oldin, 3 mahal 100 grammdan ichiladi. Bemor 8-10 kunda tuzaladi va asorat qolmaydi. G’ubbak yog’ochi soya joyda quritilib, yanchilib, qaynatilib iste’molga tayyorlanadi.

Davolanish datsrida parhezga qat’iy rioya qilinadk.. To’liq tuzalgunga qadar qatiq, sut, qovurma ovqatlar, palov, qovun, sho’r, achchiq va sovuq narsalardan tiyilib turiladi. Tuzalguncha jinsiy aloqa ham mumkin emas.

SARIQ KASALLIGINING BELGILARI

Sariq kasalliklarida siydik, ko’pincha ko’pikli va rang- dor bo’ladi; siydikning rangi jigarning holatidan dalo- lat beradi. Bu xil sariq kasalligida axlat tiqilmalaridan bo’lgan sariq kasalligida oqarganidek oqarmaydi, balki ko’pincha, juda rangli bo’ladi, tiqilmalarda bo’lgan sariq kasalligida seziladigan og’irlik ham sezilmaydi. Ishtaha kamayadi, tashnalik ko’payadi, badan ozadi, siydik qizaradi.

Bu xil sariq kasalligining to’satdan paydo bo’lishi kam uchraydi. Agar sariq kasalligida o’t qopidagi o’tning juda o’tkirligi va uning alangalanishi sabab bo’lsa, bunga badan rangining doimo sariq bo’lib, faqatgina yuzning qora va tananing oq bo’lishi, ozish hamda axlatni o’t juda quritib yuborishi natijasida ichning to’xtalishi belgi bo’ladi.

Yana o’tning haydalib chiqadigan joylariga bormay, badanga tarqalishi sababli kasallikning avvalida siydikning oq va suyuq bo’lshpi, keyin uning juda sariq, so’ngra qora va quyuq bo’lishi, kasallikning oxirida siydikning juda badbo’yligi ham belgi bo’ladi.

Bu gun badandagi buzilgan issiq mizojdan bo’lgan sariq kasalligida badanning hammasi issiq tuyuladi va badanda qichima paydo bo’ladi. Ishtaha kamayadi, ko’ngil g’aliz va shirin narsalarni tusaydi. Tomirlarning juda issiqligi va rangi o’zgargani seziladi.

Bu xil sariq kasalligi tiqilmalardan bo’ladigan sariq xastaligining ayrim turiga o’xshab to’satdan boshlanmaydi. Agar sariq kasalligi issiq yoki qattiq shishdan bo’lsa, buni aytib o’tilgan belgilardan bilinadi.

Tiqilmalardan bo’ladigan .sariq kasalligiga kelsak, bu- ning doimiy belgilaridan axlatning ko’pincha oqligi va kamdan-kam sariqligi, siydik rangining juda sariqligi, qorin devorida va o’ng tomonida og’riq bo’lib, ovqatlanganidan keyin og’riq va ko’pchish sezilishi, butun badanda qichima bo’lishi, chap tomon bilan yotilganda uyquning engilligidan iborat.

Lekin o’t qopidan bo’lgan sariq kasalligida axlat bir yo’la juda oqaradi, keyin sariq kasalligi yuz beradi.
Jigar sababli bo’ladigan sariq kasalligida esa axlat sekin-asta oqaradi, chunki o’t qopi o’zidagi o’tni oz-ozdan yubo- rib turadi. Shuning uchun axlat ham oz-ozdan oqarib, nihoyat sariq kasalligi yuz bergach, butunlay oqaradi.

O’t qopining ichaklarga tomon bo’lgan yo’lida tiqilma paydo bo’lib, o’t to’xtab qoladi. To’planib qolgan o’t o’t qopi tomon yo’l topol-maganidan jigar aziyatlanib, unga zarar etsa, to’satdan ji- garda o’t to’xtalib, og’izning taxirligi zo’rayadi va tashnalik kuchayadi.

O’ t qopi sababli bo’ladigan sariqkasalligidan,yuqoridagi sababga ko’ra, ko’pincha qulanj kasalligi yuzaga chiqadi. Agar uning sababi quyuq xilt bo’lsa, bunga oldin qo’llanilgan tadbir dalil bo’ladi. Agar sababi et yoki biror narsaning o’sib chiqishi bo’lsa, bunga kasallikning va tiqilma belgilarining davom etaverishi, ochuvchi huqna dorilari va boshqa narsalarning oz foyda qilishi dalolat qiladi.

Sariq kasalligida jigarning haydovchi yoki ajratuvchi quvvatlari kuchli bo’lgan holatdagi kabi siydik juda sarg’aymaydi va axlat juda oqarmaydi. Bunda tiqilmalarda og’riq ham sezilmaydi. Jigarning hamma ishlari kuchsizlanadi. Ba’zan bunday sariq kasalligi bilan birgalikda ich ketish va jigar kuchsizligining belgilari ham yuz beradi.

O’t qopi quvvatining kuchsizligi sababli bo’ladigan sariq kasalligida ko’ngil qattiq ayniydi va og’iz taxir bo’ladi,
biroq og’irlik sezilmaydi. Bunda kasallik sekin-asta paydo bo’lib, axlat rangi oq va sariq o’rtasida bo’ladi.

Lekin bunda jigarning ajratuvchisi va haydovchi quvvatlarida kuchsizlik bo’lmasa, deshob juda sarg’ayadi. Ayrim tabiblar o’t qopidan bo’ladigan sariq kasalligida jigar sog’lom bo’lsa, peshob o’z rangida va tabiiy holatda qoladi, deb gumon qiladilar, bu mumkin emas, chunki sog’lom jigar o’tni qopga, bu mumkin bo’lmasa, peshob tomonga haydaydi va mumkin qadar qonga o’tishiga to’sqinlik qiladi.

Lekin sariq kasalligida peshob uzoq vaqt oq, rangsiz bo’lib qolsa yoki ozgina sariq bo’lsa, bu hol yomon. Bunday ki- shining istisqoga uchrash xavfi kuchliroq bo’ladi, chunki bu hol tiqilmaning sovuqdan ekaniga dalolat qiladi.

Zahardan bo’lgan sariq kasalligiga biror jonivorning chaqqanligi dalil bo’ladi. Zahar ichishdan bo’lganiga kasalning oldin sog’ bo’lganligi va xiltlarining yaxshiligi, so’ngra axlati oqarib o’zgarmay, to’satdan sariq kasalining yuz berishi dalolat qiladi.

Ko’ngil aynishi, safro qusish, kuchli uyqusizlik va tashnalik, ishtahasizlik, og’iz taxirligi, tez- tez nafas olish va ichning quruqligi kabi boshqa belgilari ham bo’lib turadi. Sariq kasalligida quvvatning kuchsizligi sababli, tomir urishi kuchsiz bo’ladi. Ut moddasi engil va issiqdir, mizoj juda qurib ketishi mumkin.

Sariq kasalligi rangning xunuk suratda sarg’ayib va qorayib o’zgarishidan iboratdir, bunga sariq yoki qora xilt- ning sasimasdan teriga va teri ostiga oqib borishi sabab bo’ladi.

Agar sariq xilt sasib borsa, isitma paydo bo’ladi. Sariq kasalligining sababi, ko’pincha, jigar va o’t qopi tomonidan bo’ladi, qorasariqniki esa taloqdan va goho jigardan ham bo’ladi. Goho sariq va qorasariq kasallik-larining ikkalasida ham mizoj sabab bo’ladi.

Demak, sariq kasalligi safroning ko’pligidan bo’ladi. Safroning ko’p tug’ilishiga esa uni tug’diruvchi a’zo yoki u paydo bo’ladigan modda sabab bo’ladi yoki uning sababi badandan tashqarida bo’ladi.

Safro tabiiy ravishda paydo bo’ladigan a’zo jigardir.
Biron qizdiruvchi sabab, shuningdek, jigar va o’t yo’llaridagi shishlar sababli va o’t qopi mizojining issiq bo’lib, juda kizdirishi sababli jigar qizisa, o’z joyida jigar safroni ko’p ishlab chiqaradi..

Safro paydo qilishi tabiiy, bo’lmagan joy esa butun ba- dandir. Badan hadtsan tashqari qrzisa, o’zidagi qonni safro- ga aylantiradi. Safro tug’diradigan modda ovqatlar bo’ladi. Agar modda yo mizojning issiqligi sababli yoki oshqozondagi sut kabi safro tug’diradigan jinsdan bo’lsa, safroni ko’p mikdorda paydo qiladi.

Tashqi sabablarga kelsak, ular masalan, badanni sirtdan o’rab oluvchi yoki biron sabab bilan unga tarqaluvchi issiqlikdan iborat. Chayon, ilon, yomon yoki burgut biti deyiladigan bit chaqsa, shunday bo’ladi.

Goho ichilgan dorilar, ma- salan, qoplon va ilon o’ti ham, agar o’ldirmaydigan daraja•• da ichilsa, shunday ta’sir qiladi. Zahar ichishdan bo’ladigag’ sariq kasalligi to’satdan yuz beradi.

Safroning ko’pligidan bo’ladigan sariq kasalligi quyidagICha sodir bo’ladi. Safroning bo’shatilmasligi sa- babli bo’ladigan sariq kasalligiga kelsak, bunda yo ji- gar tufayli, yo o’t tufayli, yoki ichak va boshqa a’zolar tu- fayli bo’shatilmay qolishi mumkin.

Agar safro jigardan bo’shatilmasa, buning sababi ta’sir qiluvchi quvvatda yoki qurol a’zo – jigarda bo’ladi. Jigarning issiq, qattiq shish- lardan tug’iladigan sariq kasalligi ham shunga o’xshashdir; jigarning chuqur tomonga ta’sir qilib, yo’llarini bu- rishtiruvchi sovuqdan bo’ladigan, shuningdek, qisilishi va tiqilmalarning boshqa sabablaridan bo’ladigan sariq kasalligi ham shu turga kiradi.

Jigar va o’t qopi yo’lining qaysi joyida bo’lsa ham, tiqilma paydo bo’lib, jigarda safro to’xtalsa, jigar zaru- riy suratda odatdagidan issiqroq bo’lib qoladi, o’t ham sog’- lom holatda tugiladigandan ko’ra ko’proq tug’iladi.

O’t qopi sababli paydo bo’ladigan sariq kasalligi yo o’t qopini jigardan safroni tortishiga kuchsizligidan bo’ladi,
ayniqsa jigardagi ajratish va haydash quvvati kuchsizlash- ganda ham shunday hodisa yuz beradi. Yoki o’t qopidagi tortuv- chi quvvatning juda kuchsizligidan paydo bo’ladi.

Bu quvvat bir yo’la ko’p safroni tortib, o’t qopini to’lg’izadi va tortishtirib turgan o’tdan boshqasi o’t qopiga sig’maydi, natija- da o’t qopining kuchi ketib, safroni mutlaqo tortmay qo’yadi.

Sariq kasalligi o’t qopidagi ichaklarga boradigan yo’ldagi tiqilmalardan paydo bo’ladi. Goho shu tiqilma bir yo’la ko’p oqib kelgan safro bilan o’t qopining juda to’lib kelishi sababli vujudga keladi, bir yo’la safro oqib kelishi uning ko’plab tug’ilishi yoki jigardagi haydash quvvatining yoki o’t qopidagi tortish quvvatining kuchsizligidan bo’ladi. Shun- da o’t qopi yo’lining og’zi bekilib qoladi, shu bilan birga haydovchi quvvat aziyat sababli goho kuchsizlanadi. Goho shu tiqilma boshqa biron sababga ko’ra ham vujudga keladi. SARIQ KASALLIGI

Qulanj kasalligida bo’ladigan sariqqa yopishqoq xilti- ning o’t qopi yo’liga yopishib, safroning ichaklarga quyulmay qolishi sabab bo’ladi. Qulanj sababli bo’ladigan sariq kasalligi mana shunday yuz beradi. Goho kulanj bilan birga sariq kasalligi paydo bo’lsa-da, unga sabab qulanj bo’lmay, balki ikkalasi bitta sababdan yuz beradi.

Qulanj paydo bo’lishidan oldin o’t qopida tiqilma yuz berib, o’tning ichaklariga quyulib, ularni yuvishiga to’sqinlik qiladi. O’t qamalib qolgach, ichaklar yuvilmaydi, ularda zararli rutubat ko’payib, qulanj kasalini qo’zg’aydi, shunda safro badan- ga qaytib, sariq kasalligi paydo bo’ladi.

Ichaklarda bo’ladigan sariq kasalligiga kelsak, u bir guruh tabiblarning gumon qilishicha, ichaklarga, ayniqsa, qulun ichagiga ko’p safro quyulib yigiladi va to’sqinlik qiluvchi biron sababga ko’ra u joydan chiqolmaydi. Natijada o’t qopidagi o’t yo’li ochiq bo’lsa ham, bo’shaladigan joy topilmaydi.

Bu xil sariq kasalligi juda kam uchraydi, chunki ichakda o’t ko’paysa, o’zini-o’zi va boshqa chiqindilarni ham chiqarib tashlaydi. Lekin ichakning sezgisi yo’q bo’lib, haydovchi quvvat pasaysa chiqarolmaydi. SARIQ KASALLIGI

Taloq tufayli bo’ladigan qorasariq kasalligi o’t xaltasidan paydo bo’ladigan sariq kasalligiga tenglashadi. Chunki u ikkala yo’ldagi tiqilmalar sababli paydo bo’ladi. Jigar sabablts bo’ladigan qorasariq kasalligi goho jigarning juda issiqligida bo’ladi, chunki shunda qon quyulib, badanga savdo ko’payadi. Agar bunga taloq va taloqtsagi yo’llar yordam bersa, ish tugal bo’ladi.

Goho qorasariq kasalligi jigarning juda sovuqligidan ham bo’ladi, chunki bunda qon loyqalanib qorayadi. Jigarning sovuqligi goho quruqlik va goho ho’llik bilan birga sodir bo’ladi. Bu kasallik sovuq va shishlar sa- babli ham yuz beradi.

Butun badan sababli bo’ladigan qorasariq kasalligi yo badanning qonni kuydirib savdoga aylantiradigan daraja- da juda issiqligidan yoki sovuqligidan bo’ladi. Sovuqlik qonni qotirib savdoga aylantiradi. Butun badan sababli bo’ladigan sariq va qorasariq kasalligi badanga tarqalgan tomirlar orqali yuz beradi. SARIQ KASALLIGI

Qonning buzilib savdoga aylanishi qonniyg buzilib «go’sht istisqosi» moddasiga aylanishiga o’xshaydi; ammo jigarda sezilarli buzilish bo’lmaydi. Qorasariq kasalligining sababini ajratish mumkin. Qorasariq goho sariq kasalligida aytilganidek, savdoning to’xtalib qolishidan yuz beradi.

Goho ikkala xil sariq kasal ham birgalikda paydo bo’ladi, chunki badanga yoyilgan safro va unga aralashgan qon kuyilib savdoga aylanadi va ikkala xilt birikadi yoki ikkala tomonga, ya’ni jigar va o’t qopchasi tomoniga hamda taloq tomonga birgalikda zarar etgan bo’ladi.

Ba’zi bir tabiblarning gumonicha, sariq kasalligi goho to’satdan paydo bo’ladi; qorasariq kasalligi esa, to’satdan paydo bo’lmaydi; ular yana safroning tug’ilishi sababli va savdoning tug’ilish sababidan kuchliroq, shuning uchun savdo oz-ozdan tug’iladi, – deydilar.  SARIQ KASALLIGI

SARIQ KASALNI DAVOLASh

1. Qudrat norinni qaynatib, 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin 2 osh qoshiqdan ichilsa, 5 kunda shubhasiz tuzaladi (bu o’simlik vatani Yaponiya).

2. Qora zira urug’ini qaynatib ichilsa tuzaladi.

3. Qovoq po’stini xomligicha iste’mol qilsa ham tuzaladi (1 hafta 3 mahaldan). 5 oylik jo’ja, no’xat, anor va ravochlar- ni pishirib, ezib, suvini ichish tavsiya etiladi.

4. Turp urug’ini 3 mahal choy qilib ichiladi.

5. Sedana urug’idan 7 tasini ayol sutiga 1 sutka ivitib, burunga tomizilsa va ichilsa, ko’z sarig’i ketadi (1 hafta 3 mahaldan).

6. Ro’yanga asal qo’shib qaynatib, 3 mahal 50 grammdan ichilsa ham tuzaladi.

SARIQ KASALLIGI VA QORASARIQNI DAVOLASh

1. Qora halilaning 500 grammini 5 litr yomg’ir, buloq yoki qaynab chiqqan suvda 1 sutka ivitib, sirli idishda 40 minut qaynatib, 15 kun och holda 3 mahal 2 osh qoshikdan parhezi bi- lan ichilsa, tuzaladi.

2. Ich qotgan bo’lsa, 5 kun 1 mahal makkai sanoni kungaboqar yog’iga baravar aralashtirib, 1 osh qoshiqdan kapa- lab, orqasidan qaynoq suv ichilsa, uch soatda qutuladi.

3. Zaytun yog’ini 5 kun 1 mahal och holda 50 grammdan ichsa ham tuzaladi.

4. Aloydan 2 kg olib, qiymalab to’g’rab, 2 litr suv quyib, 1 soat past olovda qaynatib, dokadan o’tkazib, baravar asal qo’shib, 15 kun och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan parhezi bi- lan ichilsa, tuzaladi.

5. Kavrak elimining 3 grammiga 1 kg anjirni aralashti- rib, 15 kun och holda 3 mahal 1 osh qoshiqdan parhezi bilan eyilsa, kasallik tuzaladi.

6. Abu Jaxd tarvuzining meva qaynatmasini 15 kun 3 mahal och holda 50 grammdan parhezi bilan ichilsa, tuzaladi.

7. Sachratqining 500 grammini 7 litr suvda 30 minut past olovda qaynatib, 15 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, foyda qiladi. Kasal so’ruvchi dorilar, masalan, olxo’ri, shirinliklar, bodom yog’i bilan iste’mol qilinsa, yaxshi samara beradi.

8. Agar jigar va taloqtsagi tiqilmalarda issiq shish bo’lsa, arpabodiyon qaynatmasini 3 mahal 100 grammdan ichil- sa, foyda qiladi.

9. Agar sariq kasalligi o’t qopi yo’lidagi tiqilmalardan bo’lsa, davolanish qiyinroq bo’ladi. Lekin shunday hollarda surgi dorilar ishlatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Sur- gini devpechak, chilon jiyda, daraxt po’kagi (ildiz chirigi) talqonlari 10 kun och holda 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalan- sa, o’t tiqilmalari ochiladi. SARIQ KASALLIGI
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

No votes yet.
Please wait...