QOVUQ HAQIDA

14.05.2018 1 By Davolash.uz

QOVUQ HAQIDA

Buyuk Yaratuvchi axlatni to yig’ilgungacha bir joyda to’plab, yig’ib turadigan idish yaratib, uzluksiz va ketmaket hojatga turishga ehtiyoj qoldirmagani singari, u oliy darajali qonning haydalib chiqarishi kerak bo’lgan ortiqcha suvly qismining oqib kelishi uchun bo’shliq va idish yaratdi.

Bu idish o’sha suvli qismining hammasini yoki ko’prog’ini saqlab turadi, nihoyat uning bir yo’la chiqarilishi mumkin bo’lib, qovuq juda pishiq va mahkamligi bilan birga suvli moddaga to’lganda cho’zilish va kengayishga qobiliyatli bo’lsin hamda tuzilishi zich bo’lsin deb chandir singari boyliq paydan yaratdi.

U qachon to’lsa, o’zidagi narsani zarurat talab qilgan iroda bilan bo’shatadi. Uning bo’ynida go’shtlik yo’l bor, bu orqali qovuqning mushak bilan qiyinchiligi oson bo’ladi.

Qovuq ikki tabaqali bo’lib, ichki tabaqasi chuqurga joylashgan va u tashqi tabaqadan ikki marotaba qalindir. Chunki ichki tabaqa o’tkir suvlik moddasi bilan uchrashib turuvchi tabaqadir.

Yaratuvchi latif qilib, Uz hikmati bilan suvlikni ichak tabaqaga tortiladigan va undan chiqadigan qilib, buyrakdan unga ikkita peshob yo’lini tutashtirdi: bularni qovuqqa keltirib, qovuqni ham ikki tabaqaga ayirdi.

Bu ikki yo’l shu tabaqa orasiga kiradi; Ular dastlabki birinchi tabaqani teshib, keyin ikki tabaqa orasida bir qadar yo’l >lib, ichki tabaqani yorib teshib, qovuq bo’shlig’iga kiradi va chiqindi suvlikni qovuqqa quyadi.

Qovuq to’lib, taranglashganda, ichki tabaqa bilan birlashadi va ikki tabaqa bir tabaqaday bo’lib, ularning orasidan o’tadigan yo’l go’yo qolmaydi.

Shuning uchun suvlik va peshob qovuqni to’ldirib, tarang qilganda ham orqasiga peshob yo’llariga qaytmaydi. Keyin qovukdan suvlikni olat tomon itaruvchi, juda egri-bugri bo’yin yaratdi.

Mana shu qat-qat bukuklar bo’lganidan suvlilik qovuqdan birdaniga oxirigacha chiqarilmaydi. Bu hol, ayniqsa, erkaklarda kuchli bo’ladi, chunki bukukliklar erkaklarda uchta bo’lib, ayollarda qovuqlari bachadonlariga yaqin bo’lganidan, bittadir.

Bu bo’yinning boshlangan eri uni bo’g’ib va siqib turuvchi mushak o’z joyida iroda bilan qorin mushaklari yordamida bo’shashtiriladi, agar bu mushakka biror ofat etmagan bo’lsa, shunday bo’ladi. Qovuqqa ikkala tarafdan bir muncha asablar, shuningdek, harakatli va harakatsiz tomirlar tutashadi. Qovuqning tarangla- shib cho’zilishi ko’proq sezilishi uchun bu erda asablar ko’p tarmoqlangan.

QOVUQ OGRISHI

Goho qovukda moddali va moddasiz mizoj kasalliklari, shuningdek shish va tiqilmalar paydo bo’ladi, toshlar ham tiqilmalardan hisoblanadi. Goho bunda kichrayish va kattalashish kabi miqdor kasalliklari ba’zan turtib chiqish va o’rnidan qo’zg’alish noto’g’ri vaziyat kasalliklari paydo bo’ladi.

 

QOVUQ KASALLIKLARI

Qovuqda yorilish, ochilish, uzilish va yaralanish bilan uzluksizlikning buzilishi kasalliklari ham paydo bo’ladi. Goho qovuq boshqa boshqaruvchi va sharafli a’zolar bilan hamkor bo’ladi. Masalan, miya kasalligida hamkor bo’lib bosh og’riydi va bosh aylanishi yuz beradi. Ba’zan miya qovuqdan issikdan bo’lgan kasalliklarga hamkor bo’lib, qovuqning sovuqligidan, ko’pincha istisqo (tsirroz) paydo bo’ladi.

Qovuq kasalliklari qishda ko’p bo’ladi, bularni ham buyrakni davolaydigan narsalar bilan va kuchliroq toza- lovchi, haydovchi narsalar bilan davolash lozim. Masalan, temirtikan talqonini och holda 3 mahal choy qilib ichilsa, foyda qiladi.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

No votes yet.
Please wait...