Qizlik pardasi

Qizlik pardasi

04.05.2018 0 By Davolash.uz

Qizlik (bokiralik) pardasi

Qizlik pardasi qanday joylashgan?

Tajribalarga asoslanib, shuni aytish mumkinki, qizlik pardasi, asosan, 6 xil ko‘rinishda bo‘ladi. Eng ko‘p uchraydigani qin devoridan 4-5 mm. qalinlikda bo‘lib, ko‘pchilik qizlarda uzuksimon ko‘rinishda bo‘ladi.

Shuningdek, qin devoridan 2-3 mm. qalinlikda to‘lqinsimon o‘smamonand, to tug‘ruq davriga qadar davomli jinsiy yaqinliklardan qat’i nazar, saqlanib turuvchi turi (aynan shu turida birinchi aloqadan so‘ng qon sezilar-sezilmas kelishi mumkin) va o‘rtasida bir-ikki teshiklari, kesimlari bo‘lgan parda ham uchraydi.

Juda kam uchraydigani pardaning to‘liq yopiq turi bo‘lib, u 12-13 yoshdan boshlab hayz ko‘ra boshlaydigan qizlar uchun muammo tug‘diradi. Chunki oylik hayz o‘z vaqtida tashqariga chiqa olmagani tufayli, bachadonda to‘planib, kuchli og‘riq beradi. Bunday holatlarda ginekolog-shifokorlar pardaning o‘rtasidan “+” shaklida kesimlar ochib qo‘yishadi.

Ilk jinsiy aloqada qizlik parda yirtilmasligi mumkinmi?

Ba’zan, dastlabki jinsiy aloqa vaqtida, hatto undan keyingi aloqalarda ham bu parda tugal yirtilib ketmaganligi kuzatilgan. Va parda qoldiqlari tug‘ish vaqtidagina tugal tushib ketgan. Shu bilan birgalikda parda butunligi saqlangan holda homilador bo‘lib qolish holatlari ham yo‘q emas. Bunda ham parda tug‘ruq vaqti to‘liq bartaraf etiladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qizlik pardasi shakl jihatidan ham, kattaligi yoki cho‘zilishi borasida ham benihoya xilma-xildir. Shu bois nikohdan keyingi dastlabki jinsiy aloqada ko‘zlangan maqsadga erishilmasa, kelin-kuyovning o‘zlarini aybdor his etishlariga aslo hojat yo‘q. Anglashilmovchilik bo‘lgan vaqtlarda darhol shifokor-ginekologga murojaat etilsa, u vaziyatga xolis baho bera oladi.

Jinsiy aloqada qindan qon chiqmasligiga sabab nima?

Hayz ko‘rish davrida qiniga tig‘iz tamponlar kiritadigan juda ozoda qizlarda, ko‘pincha, parda cho‘ziladi, bu esa dastlabki jinsiy aloqada undan qon chiqmasligiga sabab bo‘ladi. Avtohalokat yoki mudhish voqea tufayli tos, son sohalari, qovuq va yo‘g‘on ichak jarohatlanganida yoxud singanida parda yirtilib ketishi ham mumkin. Ammo mazkur holatlar kamdan-kam kuzatiladi.

Qizlik pardasi umuman bo‘lmasligi ham mumkinmi?

Qizlik pardasi umuman bo‘lmasligi holatlari noyob hodisadir. Shu bois, qizlarni pubertat yoshi (12-13 yosh)da bolalar ginekologiga olib borish va kelajakdagi muammolarga chek qo‘yish lozim.

Umrning jo‘shqin pallasida…

Ko‘pincha, ilk jinsiy yaqinlik qiz bola uchun ayollik burchini bajarish hisoblanadi. Faqat nikohning keyingi kunlaridagina u o‘zi uchun yangi sharoitga ko‘nikadi va turmush o‘rtog‘i bilan tabiat in’om etgan nozik munosabatlardan lazzat tuyadi.

Shu bois qizlar turmushga chiqish arafasida onasi bilan birgalikda mahalliy oilaviy poliklinikaga murojaat etib, birinchi nikoh kechasi va keyingi jinsiy hayotga oid zarur maslahatlarni olishi kerak.

Shu o‘rinda erkaklarga alohida maslahat: ular birinchi kechada juda ham ehtiyotkorlik va xushmuomalalik bilan harakat qilishlari shart. Chunki bu ayoldagi ham psixologik, ham jismoniy (hali biror marta his qilinmagan tuyg‘u va parda yirtilishiga daxldor og‘riqdan qo‘rquv) to‘siqlarni yengib o‘tishda o‘ta muhimdir.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

Rating: 4.5/5. From 2 votes.
Please wait...