Prostatitning alomatlari

Prostatitning alomatlari

13.03.2018 0 By Davolash.uz

Prostatitning alomatlari

O’tkir prostatitning alomati – tana haroratining ko’tarilishi, sanchiq va siydikning sust bosim bilan kelishining tez-tez sodir bo’lishi hisoblanadi.

Bunga qo’shimcha: chot oralarining achishi, defekatsiya (yo’g’on ichakning bo’shanishi) paytida yo’g’on ichakdagi og’riq prostatitning alomatlaridan bo’lishi mumkin.

Shamollashning yiring- lash bosqichi ehgimol fasod bog’lagan joylarning ochilib ketishi va siydik chiqish kanali yoki yo’g’on ichakdan yiring ajralib chiqishida namoyon bo’ladi.

O’tkir prostatitning alomati siydik yo’li va chot oralarida sanchiq paydo bo’lishi, siydik chiqarish yoki defekatsiya oxirida yiring ajralib chiqishi, organizmdagi toliqish va jizzakilikning kuchayishi bilan belgilanadi.

Prostatit paytida siydik chiqishining qiyinlashishi juda xavfli jarayon bo’lib, uni o’z vaqtida davolamastik peshob ushlanib qolinishining o’tkir shaklini keltirib chiqaradi.

Erkaklar prostatitning bunday bir qadar aniq bo’lgan alomatlariga, jumladan, jinsiy maylning butunlay yoki qisman pasayishi.urug’to’kilishiningtezlashgani, ba’zan kechalari erlik olatining og’riqli va davomli taranglik holatiga e’tiborsiz qaramasliklari lozim.

Ushbu tashqi belgilar prostata bezining shamollashiga xos bo’lib, bu hali murakkab bosqichga o’tmagan va aynan o’z vaqtida davolashni talab qiladi.

Agar mutaxassis bo’lmaganlarga ham ko’rinib turgan alomatlarga to’xtalsak, unda ko’p xollarda bemorning siydik yo’lidan shaffof sugoqlik yoki ba’zi hollarda yiring ajralib chiqadi.

Ayniqsa, ertalabki peshobda oq pag’a- pag’a ipchalar borligini ko’rish mumkin.

No votes yet.
Please wait...