Prostatitni davolash

Prostatitni davolash

13.03.2018 0 By Davolash.uz

Prostatitni davolash

Davolash muvaffaqiyatli chiqishi uchun bir nechta shar- tlarga rioya qilish kerak. Birinchidan, eng muhim omil bu – malakali shifokor-urolog yoki o’z kasbini puxta egallagan halq tabobati vakili va bemorning o’zaro ishonchli munosabati,

to’g’ri tashxis qo’yish va albatta muolajalar o’z vaqtida bajarilishiga e’tibor berish va mutaxassis ko’rsatmalarini aniq bajarishdan iborat. Bunda bemorga ambulatoriyaga qatnab davolanish tavsiya etiladi va bu jarayon 1,5 oy davom etishi mumkin.

Zamonaviy tibbiyot yoki halq tabobati vakillari ixtiyorida lrostatitni davolashning bir necha usullariga ega, ular ko’p hollarda uyg’unlikda amalga oshiriladi.

Bemor o’ziga aynan nima yordam berishi yoki zarar keltirishini aniqlab olishi qiyin. Bu hatto kengtarqalgan prostata bezini uqalash muolajasiga ham taalluqli.

Shuning uchun ham bemorlarga o’z-o’zini davolashtavsiya etilmaydi, eng yaxshisi, vaqtni o’tkazmasdan mutaxassis-shifokorga murojaat etish lozim.

Esdan chiqarmaslik kerakki, ushbu kasallikni xalq tabobati yo’lida davolash bu – aslida eng samarali yo’l emas. Odatda xalq tabobati usuli asosiy da- volanish bilan uyg’unliqtsa olib borilsa yaxshi natija beradi.

Elektrostimulyatsiya

Prostatitni davolashning keng tarqalgan usullaridan biri bu – elektrostimulyatsiya(zararlangan nerv-muskul- larni kuchsiz elektr toki bilan davolash) hksoblanadi.

Bunda davolash natijasi ko’pincha qo’llanilgan apparat va uni ishlatadigan mutaxassis-shifokorning mahoratiga bog’liq.

Agar elektrostimulyatsiya lazer bilan nurlantirishni qo’shib amalga oshirilsa hammasidan ham yaxshi bo’ladi. Faqat mana shunda ijobiy natijani kutish mumkin.

Magnitoterapiya

Magnitoterapiya amaliyotda hech qachon davolashning mustaqil usuli sifati tavsiya etilmaydi, u faqat boshqa muolajalarni to’ldiradi. Juda kam xavf bilan butunlay og’riqsiz amalga oshiriladi.

Transrektal ultratovushli davolash bugungi kunda eng ishonchli va keng qo’llaniladigan usul hisoblanadi. U amaliy jihatdan og’riqsiz va yuqori darajada ijobiy natija beradi.

Eng yaxshisi, fonofarez bilan qo’shib uyg’unlashtiriladi.

Prostata bezini uqalash

Prostata bezini qo’l bilan uqalash(massaj) paytida bezda yiringlash infektsiyasiningo’chog’i yoki tov!

bo’lsa yomon asoratlarga olib kelishi mumkin.

Ushbu muolaja u qadar yoqimli emas, aksincha, bir qadar og’riq beradi.

Shuning uchun ham prostata bezi shamollaganda yoki yallig’langanda uqalash yaramaydi.

Unutmaslik kerakki, barmoq yordami- da prostata bezini uqalash ba’zan og’ir asoratlarga olib kelishi, hatto bu usulga organizm o’rganib qolib, boshqa sharmandali kasallikka o’tib ketishi mumkin.

Eslatib o’tamizki, mashhur tibbiy “Shifo ul-ilal” kitobining muallifi Alixonto’ra Sog’uniy, aqlli odamga nguncha gap etarli, deydi.

Yana takidlaymizki, o’zining necha asrlik tabobat tarixiga ega xitoy tabiblarining bu “bedavo” kasallik – maziy bezi yallig’lanishi (prostat)ni ikki o’simlik mevasi va bir ildiz yordamida oppa-oson davolashlari mashxur va marg’ub.

Mabodo, bemor kasallikni o’tkazib yuborib, yiringlash jarayoni davom etayotgan bo’lsa, darhol mo’miyodan ekstrakt tayyorlab olib, kerakli joyga suyuqlik yoki shamcha tarzida joylash, ertalab va kechqurun ikki moshday mo’miyodan ichirish bu qo’rqinchli holatga uch kunda barham beradi.

Bu mujarrab.
Odatda davolashda darmondori va ma’danli majmuilar shaklidagi sog’liqni mustahkamlovchi dorilar qo’llanishi
zarur

Prostata bezi (maziy bezi)ni yallig’lanishini davola- shda fitoterapiyadan foydalanish samarali. Ehgimol, agar prostata bezida halokatli o’smalar yuzaga kelgan bo’lsa, uni qo’llash to’g’ri kelmaydi, deyishadi.

Ammo ta’kidlash kerakki, hatto o’simliklardan tayyorlangan dori-darmon vositalari ham uzoq vaqt qo’llanilganda qo’shimcha xavfning rivojlanishi va asorati juda kam bo’ladi.

Hamma bemorlarga turmush tarzi, ovqatlanish miqdori va tartibini o’zgartirish, zararli odatlardan xalos bo’- lish tavsiya etiladi.

Ammo bir bosqich davolash natija- sida prostata bezi shamollashidan xalos bo’lish amaliy jihatdan mumkkn emas.

Peshobning shiddat bilan kelishini xayol qilish yoqimli, albatta. Ammo kasallik surun- kali shaklga o’tgan bo’lsa, sabr-toqat qilish va davolovchi shifokor_yoki tabibning hamma tavsiyalarini bajarishga odatlanishga to’g’ri keladi.

Olib borilgan davolashning samarasi remissiya, ya’ni kasallik alomatlarining vaqtincha zaiflashuvi yoki bemor axdolining yaxshilangapiga qarab baholanadi.

O’rtacha olib qaraganda, to’g’ri ta- shxis qo’yilib, shunga muvofiq muolaja olib borilganda daiolanish jarayoni bir yarim yilgacha davom etishi mum- kin, deb hisoblashadi zamonaviy tibbiyot vakillari.

Lekin tezkor va bezarar davolashga o’rgangan halq tabiblari hisobicha bu juda uzoq muddat.

Prostatitni jarrohlik yo’li bilan davolash

Prostata bezi yoki uning faqat bir qismini olib tashl a- shga asoslangan operatsiya, shuningdek, bezni kichraytirish uchun amalga oshiriladigan maxsus in’ektsiya, ya’ni teri ostiga, mushaklar yoki tomirga dori yuborish ko’pincha yomon natijaga olib keladi.

Buning ustiga operatsiya bu – vaqtincha engillashish demakdir. Chunki, u kasallik- ning asl ildizini yo’qotmaydi va sog’ligingizni tiklay olmaydi.

Bu o’rinda halq tabobatini esga olish lozim va lobud. Insoniyat tarixi boshlangandan beri halq taboba- ti usulida bu dardni bezarar va tezkor davolab kelinadi.

Hatto shunday davolaniladiki, bu kasallikni tag-tugi bilan yo’qotiladi. Negaki, Ibn Sino tabobatida (negadur hozir ba’zilar Ibn Sino usulida davolashni halq tabobati usuli deyishga o’tishgan) dardning kelib chiqish sababi, ildiziga qaraladi.

Buning ustiga prostata muntazam ravishda kuchayib borib, oxir-oqibat ko’p ovqat eyish, asabiylashish, ishda qattiq charchash, jinsiy zo’riqish kabi omillarga bog’liq asoratlarni kuchaytiradi.

Shuninguchun ham prostata bezi kattalashishining oqibatini emas, uning asl sababini yo’qotish zarur. Eng muhimi, bemor o’z turmush tarzini o’z- gartirishi shart.

Bu o’rinda sog’lom ovqatlanishga e’tibor qaratish o’ta muhim. Etmish xil ovqat bir-biriga qo’shib eyilmaspigini bilsa yaxshi.

Agar prostatitni davolamasa nima bo’ladi?

Har qanday prostatit maxsus davolanmasa har doim surunkali shaklga o’tadi.

Ammo har qanday holatda ham o’tkir yoki surunkali prostatitni davolamaslik prostata bezining yiringlashi, qovuqning yallig’lanishi, pielonefrit, veziyuushit va hatto prostata bezi adenomasiga olib kelishi mumkin.

Profiliktika chora-tadbirlari
Prostatit profilaktikasi uch>sh avvalo achchiq va sho’r taomlar, spirtni ichimliklardan voz kechishga to’g’ri keladi. Shuningdek, kasallik kuchaygan paytda jinsiy muomala ma’n etiladi.

Har kuni ichaklar faoliyatiga e’tibor bering, har kuni hojatga boring. Bundan tashqari, sarsabil, kashnich, karam, apelsin, qulupnay va dag’al undan tayyorlangan taomlardan iste’mol qilish kerak.

Prostatit prof-ilaktikasida kasallik yuzaga kelishiga xizmat qiluvchi xavf-xatarli omillarni yo’qotish muhim ahamiyatga ega.

Va aynan parhezga rioya qilish, spirtli ichimliklar ichmaslik va jinsiy aloqa bilan muntazam shug’ullanish lozim.

Jinsiy aloqa bilan muntazam shug’ullanish?! bu bahsli masala. Negaki, Ibn Sino bundan qattiq qaytargan. Agar sizning faoliyatingiz doimiy o’tirib ishlash bilan bog’liq bo’lsa, unda sizga jismoniy yuklama, misol uchun:

yugurish, suzish, tennis va shunga o’xshash sport turlari bilan shug’ullanish tavsiya etiladi. Shuningdek, toza havoda sayr qilishni unutmang. Sababi, bu inson sog’ligi uchun judayam foydali.

Prostatitdan hech kim o’zini sug’urta qila olmaydi
Yillar o’tgan sari prostatit tobora keng tarqalib bormoqda. Ushbu kasallikning turli yoshdagi erkaklarda chrayotgani buning tasdig’i bo’lishi mumkin.

Sababi, bu kasallikning paydo bo’lishidagi ko’payib borayotgan xavf- xatarlar juda ko’p.

Bular orasida eng ko’p tarqalgani – kishi organizmining haddan ortiq sovib ketishi, tez-tez ich qotishi(qabziyat), muntazam o’tirib ishlashga asoslangan hayot tarzi va jinsiy a’zolarga infektsiya tushishidir.

Bundan tashqari, bunda insonning jinsiy hayoti ham muhim ahamiyatga ega. Bu borada har qandai chegaradan chiqish, ya’ni kuchli jinsiy mayl, shuningdek, undan bu- tunlay o’zni saqlash ham yaramaydi.

Agar hech qanday chora- tadbir qo’llanilmasa, unda organizmning himoya quvvati sustlashishi bilan bir qatorda surunkali prostatit rivojlanib ketishi mumkin.

Prostatitni davolash va uning yoqimsiz alomatlarini engillashtirish va organizmninG umumiy qarshilik ko’rsatish quvvatini oshirish uchu)n xalq tabobati o’zining juda ko’p davolash vositalarini tavsiya etadi.

No votes yet.
Please wait...