Prostatitni davolash  

Prostatitni davolash

Prostatitni davolash   Asalari elimi (propolis) yordamida davolash
Propolis — smolasimon yopishqoq, zich suyuqlik holidagi o’ziga xos qayin hidini eslatuvchi yoqimli hidli, jigarrang — to’q qizg’ish rangli va achchiqroq – lovullatuvchi massa bo’lib, ko’p turib qolsa yanada qorayib, zich va qattiq narsaga aylanadi.

Propolis yordamida asalari inining yoriq va teshiklarini berkitadi, inining katakchalarini tekislab silliqlaydi, iniga kirib qolgan va o’ldirilgan hasharotlarni suvab (mo’miyolab) qo’yadi. Uni ishchi asalarilar terak, qayin, qarag’ay, tol, qora qarag’ay, archa va boshqa daraxtlarning kurtaklaridan yig’adi.

Propolis tarkibida mum, efir moylari, benzoat, kofe, smola-balzam, har xil kislotalar, izovanilin, flavonoidlar, kumarinlar, dolchin spirti, dolchin kislotasi, oshlovchi moddalar, polisaxaridlar va boshqa moddalar mavjud. Uning tarkibada 5%gacha o’simlik gullarining otalik changi bo’lib, shuning hisobidan turli vitaminlar va mikroelementlarga boy bo’ladi.

Asalari elimi kuchli antibakterial, bakteritsid, yallig’lanishga qarshi, og’riqsizlantiruvchi va yarani bitishini tezlatuvchi ta’sirlarga ham ega.

Prostata bezining yallig’lanishiga ta’sir qilishi bilan birga, yana siydik ajralishini ham me’yorga keltiradi, adenomaning hajmini kichraytiradi, bezning shilliq ishlab chiqarishini yaxshilaydi. Uning yaxshiligi shundaki, agar bemorda asalarichilik mahsulotlariga allergiya bo’lmasa, organizmga hech qanday zarar etkazmaydi.

200 gr toza 96%li spirtda 40 gr asalari elimi (propolis)ni bug’lanadi. So’ng ekstraktdan 0,1 gr olib, uni 2 gr kakao yog’iga aralashtiriladi. Ushbu aralashmadan shamcha tayyorlab, uni bir oy davomida kechasi yo’g’on ichakka qo’yiladi. So’ng bir oy tanaffus qilinib, keyin muolaja yana takrorlanadi. Asalari elimi yallig’lanishga qarshi juda kuchli vosita bo’lib, prostatit alomatlarini tez yo’qotadi.

Prostatitni davolashning 10-usuli
Propolis shamchalari yordamida davolash
10 gr asalari elimini yaxshilab maydalab, ustidan 30 ml 70 %li tibbiy spirt solinadi va qorong’i joyga 10 kunga qo’yiladi. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib turish esdan chiqmasin. 10 kundan so’ng spirti parlanib, qo’ng’ir rangli massa paydo bo’lguncha past olovda qaynatiladi.

Ustiga 20 gr sariyog’ qo’shilib, bir xil turdagi massa paydo bo’lguncha suv hammomida aralashtirib turiladi. So’ng sovuishni kutib, qota boshlagach undan 10 dona, o’lchami dorixonalardagidek, shamcha tayyorlanadi. Har birini alohida zar qog’oz (folga)ga o’rab, sovutgichda saqlanadi.

Bir kurs uchun 20 dona tayyorlab, 20 kun davomida, har kecha uxlashdan oldin to’g’ri ichakka qo’yib yotasiz. So’ng 10 kun dam olib, yana bir kurs qabul qilasiz. Prostatitda bunday kurslarni 2-3 marta takrorlash mumkin.

Hozirgi paytda dorixonalarda tayyor shamchalar ham sotilib, ular davolash xususiyatlariga ko’ra uyda tayyorlan- gan vositalardan aslo qolishmaydi va hatto, tarkibidagi qo’shimcha vositalar sabab, yaxshiroq ham ta’sir qiladi.

Masalan, chakanda (oblepixa) yog’i asosida tayyorlangan shamchalar yallig’lanishga va mikrobga qarshi ta’sir qilish bilan birga, qo’shimcha ravishda qon tomirini mustahkamlovchi va og’riq qoldiruvchi ta’sir ham ko’rsatadi. Bu shamchalarni qo’llash to’qimalardagi modda almashinuviga ham yaxshi ta’sir qiladi.

Tarkibining to’g’ri tanlanganligi va tayyorlash texnologiyasining mukammalligi bois, asalari elimining va boshqa komponentlarning maksimal darajada so’rilishi ta’minlanadi. Bundan tashqari chakanda yog’i jinsiy quvvatni ham oshiradi. Shuning uchun dorixonalardan tayyor shamchalarni olib foydalanilsa yaxshiroq bo’ladi.

(Visited 1 times, 1 visits today)
No votes yet.
Please wait...
News Reporter

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!