Prostatit tashqi belgilari

Prostatit tashqi belgilari

13.03.2018 0 By Davolash.uz

Prostatit tashqi belgilari

O’tkir shakli. Boshqa kasalliklar kabi prostatit ham o’tkir va surunkali bosqichlarga ajratiladi. Kasallikning o’tkir shaklini aniqlash uchun quyidagi umumiy xu- susiyatlarga e’tibor qaratiladi:

– Bemorda umumiy zaiflik va darmonsizlik rivojla- nib boradi.

– Tana haroratining tez-tez ko’tarilishi va bosh og’rig’i kuzatiladi.

– Odatda chot orasidagi og’riq ravshan xarakterga ega bo’lib, chov qismini qamrab oladi va siydik chiqarish hamda defekatsiya, ya’ni yo’g’on ichakning bo’shanishi paytida kuchayadi.

– Tez-tez hojatga chiqish uchun qistash sezimi va qovuqdagi peshobdan butunlay xalos bo’lmaslik natija- sida engil tortmaslik bemorning asabiga ta’sir qiladi va bu jizzakiligining ortishiga olib keladi. Og’ir holatlarda siydikning ushlanib qolishi kuchayadi.

Surunkali shakli. O’tkir shakldan farqli ravishda pro- statitning surunkali shakli alomatsiz, boshqacha aytgan- da, o’ziga xos va ajralib turuvchi belgilarsiz, ya’ni yashirin ko’rinishga ega bo’ladi.

Klinik ko’rinishi ko’p hollarda zaif alomatlarga ega. Bemorlar bu noqulaylikka etarli darajada e’tibor berishmaydi va shifokorga yordam so’rab murojaat etishga bepisand qarashdtsi.

Bunday paytda ular prostatit alomatlarini o’ta xavfli prostata bezining adenomasi bilan chalkanggirib yuborishadi. Aslida ushbu kasalliklarni davolash usullari ham, ko’ngilsiz oqibatlarga olib keluvchi asoratlari ham butunlay boshqa-boshqa.

Bemor ko’pincha umumiy ahvolining yomonlashuvini jinsiy mayl muammosi va asab buzilishi, charchash va dam olishning yo’qligi bilan izohlaydi.

Boshqacha aytganda, u o’z kasalligini va davolanishga muxdoj ekanligini tushu- nishni istamaydi. Ushbu kasallikni o’z vaqtida aniqlash va boshlang’ich davrida tashxis qo’yishga imkon beruvchi har yili o’tkaziladigan profilaktika tekshiruvlari muhim rol o’ynaydi.

Prostatitning surunkali shakli chot orasi va chov qismida tez o’tib ketuvchi sezilar-sezilmas og’riqlar

orqali belgi beradi. Odatda jinsiy aloqaning davomiy- ligi cho’zilish tomonga yoki aks tomonga qarab o’zgaradi. Bu shahvoniy maylning ta’sirchanligqtsa o’z aksini topadi. Ayniqsa, ertalabki tahoratda siydik chiqish kanalidan ko’zga ko’rinar-ko’rinmas oq pag’a-pag’a ipchalar ajralib chiqadi.

Shunday qilib shamollash jarayoni shu narsaga olib keladi: u siydik chiqishi kanali oralig’ini toraytirib qo’yadiva peshob kelishidabuzilishro’yberadi.

Bupaytda erkaklar birinchi navbatda quyidagi narsalarga e’tibor berishlari lozim: siydik chiqishi sustlashadi, ehtimol, peshob tomchilab chiqishi, uning boshlanishi yoki tugashi qiyinchilik tug’dirishi mumkin.

Bunday paytda ko’pgina bemorlar qovuqni bo’shatish va siydik chiqishini to’la-to’- kis nazorat qila olmaydidar.

Shamollash jarayoni bemorning asabiga ta’sir qiladi va bu o’z navbatida siydik chiqishining jadallashishiga, ayniqsa, kechalari uning oz-oz miqdorda kelishiga olib keladi.

Ushbu alomatlar patologik jarayonning rivojla- nayotgani va tezda shifokorga murojaat etish shart ekan- ligini anglatadi.

Nega deganda, bemorga aniq tashxis qo’yish va to’g’ri dori-darmon belgilashning faqat muta- xassis uddasidan chiqadi. Afsuski, mana ngu alomatlar ortida dahshatli kasallik, ya’ni prostata bezining sarato- ni yashiringan bo’lishi mumkin.

Prostata bezining shamollash jarayoni o’z vaqtida davolansa jinsiy faoliyatning jiddiy buzilishiga olib kelmasligi mumkin.

Ammo ko’p hollarda bemor davolanmasa jinsiy maylni zo’rma-zo’raki qondirish holatiga va zurriyod qoldirish yoshida bo’lgan erkaklarni bepushtlikka duchor etishi ehgimoli katta.

Davolanmagan prostatitning ba’zi bir asoratlari tufayli peshob chiqarish yo’lida turli xil ikkilamchi infektsiyalar paydo bo’ladi va ular surunkali buyrak etishmovchiligi rivojlanishiga olib keladi.

Bundan tashqari, qovuqdagi toshchalar- ning ham xavfi kam emas va ular peshobning to’planib qolinishini kuchaytiradi.

Kasallik rivojlanib borar ekan, qovuqni ham o’z ta’siriga oladi, qon aylanishining yomonlashishi natijasida siydikning oqib tushishi va peshob chiqish kanali devorlarida qattiqlashish va buzilish sodir bo’ladi.

Bu patologik o’zgarishlar o’z holatiga qaytib kelmaydigan xarakterga ega.

Rating: 1.0/5. From 1 vote.
Please wait...