Prostatit paydo bo’lish sabablari

Prostatit paydo bo’lish sabablari

13.03.2018 0 By Davolash.uz

Prostatit paydo bo’lish sabablari

– Prostatit paydo bo’lishining asosiy sababi inson organizmida qon aylanishining buzilishi hisoblanib, bu jarayon prostata bezining kattalashuviga olib keladi.

Qon aylanishi buzilishining sababi esa kam harakat qilish yoki ko’pincha o’tirgan holda ishlash, shuningdek, og’ir vaznga ega bo’lishdir.

– Ushbu kasallik yuzaga kelishining yana bitta sababi — bu infektsiya tushishi. Ko’pincha bunday yuqumli virus va mikroblar so’zak yoki siydik yo’llarining kasallanishi, ba’zi-ba’zida esa angina, gripp yoki sil xastaligining asorati ta’sirida paydo bo’lishi mumkin.

– Prostaga bezining bakterial xarakterdagi shamolla- shi himoyasiz jinsiy aloqa paytida, boshqacha aytganda, organizmning biologik suyuqliklari orqali prostata beziga qon va limfa orqali infektsiya tushishi natijasida boshlanadi.

Kishining teri qoplamasida muntazam mlnjud bo’ladigan, hatto qorin bo’shlig’i a’zolari, misol uchun: ichaklardagi gurli xil mikroorganizmlar muayyan bir sharoitda kasallik rivojlanishiga sababchi bo’lishi mumkin.

– Tana a’zolari va kichik tos suyaginingjarohatlanishi, ularda qon aylanishining buzilishi ko’p hollarda prostatitning sababchisi bo’ladi.

Odatda bu ko’proq haydovchilar, bir joyda o’tirgan holda ishlaydiganlar va kasbi doimiy tebranish, silkinish, chot oralari mushaklariga yuk tushi- shi bilan bog’liq kishilarga tegishli.

Shuningdek, ushbu kasallikning rivojlanishiga tez- tez tananing haddan ziyod sovib ketishi va jismoniy fa- ollikning sustligi, siydik-jinsiy a’zolarning surunkali kasalliklarga chalinishi yoki gormonlar muvozanatining buzilishi, peshob chiqishining ushlab qolinishi va jinsiy glunosabatning bir maromda emasligi sababchi bo’ladi.

-O’tajo’shqinjinsiyfaollik natijasida erkakkishi- ning asabiy va jismoniy jihatdan juda tez ozib-to’zib ketishi boshlanadq, bunda gormonal tizimlar faoliyati va jinsiy bezlar sekretsiyasining buzilishi kuzatiladi va bu asta-sekin jinsiy zaiflikka olib keladi.

Shuning- dek, to’xtatib qo’yilgan jinsiy munosabat ham erkakning sog’ligiga salbiy ta’sir etadi.

– Kam harakatga asoslangan turmush tarzi endokrin, asab va yurak-tomir tizimlari faoliyatiga o’z ta’sirini o’tkazadi.

Bushda kichik tos a’zolarida harakagsizlik yuz berishi bilan bog’liq qon aylanishining yomonlashishi, prostata to’qimalarida kislorod etishmasligi kuzatiladi.

Bularning hammasi kasallik qo’zg’ovchi mikroorganizmlarning ko’payishiga olib keladi, o’z navbatida bu narsalar prostatitning rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.

Ushbu omillarning hammasi shamollash jarayo- nining shakllanishiga turtki beradi, ammo ular prostata
beziga infektsiya tushishi uchun «kirish darvozasi» bo’lib xizmat qiladi.

– Yo’g’on ichak yoki peshob (siydik) chiqadigan kanal- ning shamollashi ko’p hollarda prostata beziga infek- tsiya tushishining ikkinchi sababchisi bo’ladi.

Bu ko’tarilishga o’xshash, ya’ni mikroblar siydik yo’lidan yuqoriga ko’tariladi. Yoki pastga qarab: bunda prostata beziga mikroblar infektsiyali siydik orqali tushadi.

– Prostatitning rivojlanishi uchun qulay omillardan biri bu – surunkali xarakterga ega bo’lgan ich qotishi(qabziyat) hisoblanadi. Ich kelishining muntazam buzilishi prostata bezining yallig’lanishini yuzaga keltirishi mumkin.

– Ushbu kasallikning rivojlanishida immunitet tizimining holati ham muhim rol o’ynaydi.

Zararli odatlar, og’ir hissiy kechinmalarni boshdan kechirish, to’yib ovqatlanmaslik, jismoniy toliqish tufayli immunitet sustlashadi va inson organizmi turli xil kasalliklarni uyg’otuvchi, jumladan, prostata bezining shamollashiga olib keluvchi infektsiyalarga qarshilik ko’rsata olmaydi.

– GTrostatitni keltirib chiqaruvchi sabablar orasida urologik infektsiyalar va ba’zi bir tanosil kasalliklari, jumladan, so’zak yoki siydik yo’li xastaliklari alohida ajralib turadi. Hatto kishi organizmidagi bronxit, tonzillit kabi surunkali xastaliklar, shuning- dek, davolanmagan chirigan tishlar ham kasallikning sa- babchisi bo’lishi mumkin.

No votes yet.
Please wait...