Prostatit jinsiy yo’llar orqali yuqadimi

Prostatit jinsiy yo’llar orqali yuqadimi

13.03.2018 0 By Davolash.uz

Prostatit jinsiy yo’llar orqali yuqadimi?

Prostatit bu- alohida erkaklar kasalligi bo’lib, uning paydo bo’lishio’zigaxos virusli, bakteriyali va zamburug’li shakllarga ega emas.

Shunga qaramay prostata bezining shamollashi ginekologik salomatlik uchun salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shamollash moddalaridan tarkib topgan urug’ suyuqligi ayol kishiningjinsiy a’zolarigatushgach,tug’ish yo’llarining himoya devorlarini zaiflashtiradi, bu esa ayol kishining bo’yida bo’lishi va homilaning sog’-salomat ulg’ayishiga shak-shubhasiz xavf tug’diradi.

Sog’lom turmush tarzi va erkaklarning ishonchli kontratseptsiv vositalari bu – jinsiy sherikni o’zaro aloqador muammolardan asrashning oddiy usulidir.

Prostatitdan butunlay xalos bo’lish mumkinmi?
Prostatit bilan xastalanib bir necha marta davolangan juda ko’p erkaklarni bitta savol o’ylantiradi:

ushbu yoqimsiz darddan butunlay xalos bo’lish mumkinmi? Mutaxassislarning fikriga qaraganda, bu davolash samarali bo’lgan prostatitning qaytarilmas asoratlarining miqdori va darajasiga bogliq.

Bular – chandiq, toshlar va kaltsinatlar.

Shamollash jarayonining keyingi rivojlanishini dastlabki bosqichda to’xtatishni faqat o’z vaqtida shifokorga murojaat etish orqali amalga oshirish mumkin.

Bunda irostatitning hech qanday asorati rivojlanmaydi va uni butunlay davolash imkoniyati mavjud bo’ladi.

Agar organizmning skl erotikto’qima qisml ari da kal tsinatlar va mayda toshchadardai iborat chandyqlar paydo bo’lsa, endi ulardan xalos bo’lish mumkin emas, bunda qayta shamollash yuzaga kelishi mumkin.

Demak, bu surunkali prostatit alomatlari.

Ushbu kasallikni davolashdan tashqari undan qutilish- ning muhim omili bu – bemor o’zining avvalgi turmush tarzi, ya’ni jinsiy hayotining bir maromda emasligi va har doim bir joyda o’tirib ishlashini o’zgartirishga qanchalik tayyor ekanligi bilan bog’liq.

Agar u bunday o’zgarishlarni istamasa, unda katta ishonch bilan aytish mumkinki, tez vaqt ichida shamollash jarayoni yana qaytib keladi.

Aynan bemorningo’z hayotidagi salbiy odatlardan xalos bo’lishga tayyor emasligi prostatitga davo yo’q degan tasavvur bilan bog’liq.

Davolash tartibini mutaxassis-shifokor tomonidan kimyoviy-fizikaviy va laboratoriyadagi tegishli asbob- usukunlar bilan tekshirish natijasi asosida belgilanadi.

Prostatitni davolash asosini bakteriyalarga qarshi dori-darmonlar tashkil etadi. Bunda shamollashga qarshi, og’riqni qoldiruvchi vositalar, vitaminlar va fizioterapevtik muolajalarni qo’llashtavsiya etiladi.

Shifokor maslahatlariga amal qiling. Prostatitni albatta davo- lash mumkin!

Prostatitni davolashda parhezning ahamiyati

Ovqatlanish tartibiga rioya qilish va bunda ma’lum mahsulotlardan foydalanish:

– og’riqni pasaytiradi.

– qonning kichik aylanishi va prostata bezi tomirlari va limfalarini yaxshilaydi.

– organizmning himoya qobiliyatini mustahkamlaydi.

– ichaklar ishini tartibga soladi.

– Kechasi siydik to’planishini kamaytiradi.

No votes yet.
Please wait...