Prostatit haqida

Prostatit haqida

13.03.2018 0 By Davolash.uz

Prostatit haqida

Prostatit – prostata bezining shamollashi va yallig’lanishi bo’lib, bu jinsiy a’zo erkaklar nasl qoldirish a’zolarining ikkinchi darajali bo’lagi hisoblanadi.

Shakl jixdtidan inson yuragini eslatadi. Shuninguchun ham prostata bezi erkaklar organizmining shu qadar muhim a’zosiki, uni bekorga «erkaklarning ikkinchi yuragi» deb atashmaydi.

Prostata bezi qovuq ostida joylashgan, qovuq bo’yin- chasi va siydik chiqarish kanalining boshlang’ich qismini o’rab turadi.

U bez va muskuldan iborat. Bez qismi urug’ni suyultiradigan sekret(shira) ajratadi. Bu suyuqlik sper- maga qo’shilib, spermatazoidlarni faollashtiradi.

Mushak qismi esa siydik chiqarish kanalining sfinkzeri (muskul-qisqich) hisoblanib, shahvat va peshob chiqishini tartibga soladi, shuning uchun ham shahvat va siydik aralashib ketmaydi.

Prostata bezi hajm jihatidan u qadar katta emas, yoshi katta erkaklarda uning o’rtacha uzunligi – 3 santimetr- ni tashkil qiladi.

Boshqacha aytganda, erkakning yoshi qancha katta bo’lsa, uning prostata bezi shunga mos hajmda bo’ladi. Ammo hamma gap shundaki, erkak kishining yosh ulg’aygan sari prostata bezi ham kattalashibgina qolmay, uning ushbu nohush kasallikka chalinish ehgimoli h;sh oshib boradi.

Erkaklar organizmida siydik yo’li prostata bezi orqali o’tadi. Aniqroq aytganda, prostata bezi siydik chiqadigan yo’l atrofida joylashgan.

Shuning uchun ham prostata bezi kattalashganda siydik yo’lini toraytirib qo’yadi va peshobning erkin harakatiga to’sqinlik qiladi.

Prostata bezining shamollashi 30 yoshdan oshgan erkaklarda tez-tez umraydi. Bu – tabiiy hol.

Ushbu kasallik ko’pincha 50 yoshdan o’tgan erkaklarda bor-yo’g’i siydik- jinsiy a’zolar tizimi faoliyatining buzilishi, ya’ni prostata bezinikg yallig’lanishi oqibatida paydo bo’ladi.

Prostata bezi qancha kattalashgan bo’lsa, peshob yo’lini shu darajada to’sib qo’yadi pa natijada organizm siydik bilan tobora ko’proq zaharlanadi.

Prostata bezining yallig’lanishi butun er yuzi aholisi o’rtasida etarli darajada keng tarqalgan bo’lib, voyaga etgan erkaklarning 80 foizidan ko’prog’iga ushbu kasallik tashxisi qo’yilgan.

Ularningtaxminan 70 foizi 20 yoshdan 40 yoshgacha bo’lganlar ekanyaigi aniqlangan. Agar statistika ma’lumotlariga murojaat qilsak, prostatit har 10 na- far erkakdan birida uchraydi deb aytish*mumkin.

No votes yet.
Please wait...