Prostatit davolash

Prostatit davolash

Prostatit davolash Tasavvur. Prostata bezining yallig’lanishi o’tkir yoki surunkali bo’lishi mumkin. O’tkir prostatit ko’pincha o’z vaqtida to’liq tekshirilib, davolanmaganligi natijasida surunkali shakliga o’tadi.

Mikroblar (stafilokokklar, ichak tayoqchalari, streptokokklar va sodda jonivorlardan trixomonaslar) prostata beziga ko’pincha uretra orqali (kateterlash, bujlash, tsistoskopiya, uretra instillyatsiyasi paytida), yoki qon bilan olisdagi infektsiya o’chog’idan etib keladi.

Chanoq a’zolarida qon dimlanishiga sabab bo’ladigan holatlar (yumshoq va issiq o’rindiqda uzoq o’tirib ishlash va h.k.) surunkali prostatitning birlamchi kasallik sifatida yuzaga kelishiga sharoit yaratadi.

Patologik anatomiya nuhtai nazaridan kataral, follikulyar, parenximatoz va yiringli (prostata abstsessi) prostatitlar farqlanadi.

Belgilari va tashxisi. Prostatitning belgilari, avvalo uning shakliga bog’liq bo’ladi. O’tkir prostatitda oraliqda og’riq, siyishning tezlashishi, qiyinlashishi va og’riq bilan kechishi yuzaga kelib, jarayon yiringli davriga o’tganda, badan harorati ko’tarilib siydik tutulishi kuzatiladi.

Surunkali prostatit uzoq muddat davomida yoki vaqti-vaqti bilan oraliqdagi og’riq, yoki siyish chog’ida uretra bo’ylab, zakar boshchasida yoqimsiz sezgilar, yozilganda yoki siyib bo’lgandan keyin, kuchanganda uretradan shilimshiq modda ajralishi (prostatoreya), jinsiy faoliyatning susayishi (qoniqarsiz erektsiya, vaqgidan oldingi eyakulyatsiya) kuzatiladi.

 

Prostatit tashxisi birinchi navbatda to’g’ri ichak orqali bu a’zoni barmoq bilan paypaslab tekshirishga asoslanadi. Bunda o’tkir prostatitning infil’trativ bosqichida a’zo shishib, qaggiq-elastik holatga keladi va og’riq seziladi, oxirgi bosqichi -prostata bezi abstsessida ayrim joylari yumshab, flyuktuatsiya paydo bo’ladi, bemor oraliqda, to’g’ri ichakda quchli og’riq sezadi, badan harorati yuqori ko’rsatgichlargacha ko’tariladi.

Surunkali prostatit paytida bezning konsistentsiyasi har xil bo’ladi, hajmi biroz kattalashadi.Bunda sal massaj qilib birato’la uning shirasi mikroskopik va bakteriologik tekshirish uchun olinishi kerak: bir talay leykotsitlar va eritrotsitlar, bakteri- yalar topiladi, va aksincha, uning odatdagi tarkibiy qismini tashkil qiladigan letsitin donalari va amiloid tanachalarining miqdori kamayadi.

Bu tekshirish usuli mobaynida prostata bezining yallig’lanishini uning qator boshqa kasalliklaridan, jumladan prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi, saratoni, toshidan tafovut qilinadi. Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida a’zo qattiq-elastik, yuzasi silliq, og’riqsiz bo’lsa, saratonidayuzasi g’adirbudir, juda qattiq, og’riqli, toshlarda esa (ular har bir follikulada alohida paydo bo’lganligi sababli) toshchalar bir-biriga ishqalanib, aniq bir sezgi hosil qiladi.

Davosi.Kasallikning shakliga qarab (o’tkir, surunkali, infiltrativ, abstsess) differentsial holda o’tkaziladi.

Prostatitning o’tkir shakllari infiltrativ davrida va uning surunkali shakllari ta’sir doirasi keng bo’lgan antibiotiklar va ximiopreparatlar bilan davolanadi. Prostata abstsessi to’g’ri ichak- ka, uretraga va prostata atrofidagi to’qimaga yorilishi mumkin (P-rasm).

Oxirgi holda chanoq to’qimasida flegmona boshlanadi.Abstsess paypaslansa, uni to’g’ri ichak yoki oraliq orqali ochish kerak.Siydik tutulishi kuzatilgan taqdirda, doimiy kateter o’rnatiladi yoki troakar tsistostomiya amalga oshiriladi.

 

(Visited 20 times, 1 visits today)
Rating: 5.0/5. From 1 vote.
Please wait...
News Reporter

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!