Prostata bezining o’zi nima?

Prostata bezining o’zi nima?

13.03.2018 0 By Davolash.uz

Prostata bezining o’zi nima?

Prostata bezining o’zi nima? Juda ko’p erkaklar o’zlarida prostata bezi bor ekanligidan xabardor. Ammo deyarli hamma bu jinsiy a’zoningtuzilishi va vazifasi haqida etarli ma’lumotga ega emas.

Vaholanki, prostata kasalligining rivojlanishini tushunishda bu juda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham biz unga boshqa siydik-jinsiy a’zolariga qaraganda ko’proq e’tibor qaratamiz.

Prostata bezi – mushaklar va bir-birlari bilan birlashib ketgan to’qimalarga boy jinsiy a’zo bo’lib, u siydik yo’liga mustaqil chiqadigan   bo’lgan bez guruhlaridan iborat.

Prostata bezi boshqa jinsiy a’zolar va moyaklar bilan birga rivojlanib borar ekan, insonningjinsiy balog’at davrida o’ziningvazifasi va shakliga ega bo’ladi. Prostata bezi o’z ko’rinishi va hajmiga ko’ra kashtanga o’xshaydi.

Uning diametri 3-5 santimetr, og’irligi esa 15-20 grammni tashkil etadi. Prostata bezi siydik pufakchasi va tos tubida joylashgan bo’lib, siydik pufakchasiga chiqadigan joyda uni peshob chiqarish kanali o’rab turadi.

Prostata bezining teskari tomoni to’g’ri ichakning old sathida turadi va shuning uchun ham bu qismni barmoq yoki UZI yordamida tekshirib ko’rish mumkin.

Prostata bezining siydik pufagidan chiqadigan yuqori qismida ichki yashirin mushaklar joylashgan, pastki qismini esa siydmk yo’li aylanib o’tgan.

Ushbu mushaklar peshob chyqarish jarayonida ishtirok etadi va ayni paytda urug’ ajralib chiqqanda spermalarning siydik pufakchasiga tushishiga to’sqinlik qiladi.

Mikroskop yordamida tadqiqotlar olib borganda to’qima tizimida yupqa qirqimlar ko’zga tashlanadi. Bez bo’laklari urug’lik shirasini siqib chiqishga qodir bo’lgan tolasimon pardalar orqali bir-biri bilan ajralgan.

Prostata bezi bog’lovchi zich to’qimalardan tashkil top- gan kapsula bilan o’rab olingan. O’rtadagi pardadevor uni ichki(markaziy) va tashqi (sirtqi) qismga ajratadi.

Prostata bezining adenomasi uchun ichki qismning o’sishi xarakterli. Buning natijasida siydik chiqarish kanalini turadigan prostat bezining ichkiqismi kattalashganda:

mana shu peshob yo’lining torayishiga sababchi bo’lishi mumkin. Aksincha, prostata bezining xatarli o’smalari ko’p hollarda uning tashqi qismida yuzaga keladi va natijada hamma vaqt ham siydik chiqarishning yomonlashishi sodir bo’lavermaydi.

Saraton o’smalarining bunday ko’rinishda joylashuvini to’g’ri ichak orqali barmoq bilan tekshirganda juda tez aniqlash mumkin. Prostata bezida xatarli o’smalar endi-endi paydo bo’layotganini bilishda bu tashxis usuli juda muhim ahamiyatga ega.

Prostat bezi — inson hayoti uchun juda muhim a’zo hisoblanib, erkak orgakizmi uchun turli vazifalarny bajaradi. U o’ziga xos hidli va sut-shilliq konsistentsiyaga ega shira ishlab chiqaradi.

Uning tarkibida oksil, aminokislotalar, oltingugugrt, limon kislotasi, natriy, kaliy, kaltsiy, hlor, fosfor, ruh va shuningdek, fosfataza, fibrogenaza, amilaza va boshqa fermentlar bor.

Prostata bezida uzluksiz shira hosil bo’ladi, ammo u sog’lom erkakda faqat siydik chiqarish kanali orqali urug’ suyuqligi sifatida otilib chiqadi.

Ushbu shira urug’ suyuqligining miqdorini oshiradi, bu hajmning 40 foizini tashkil etadi va spermatozoidlarning yashovchanligini qo’llab-kuvvatlashda faol ishtirok etadi.

Ta’kidlash kerakki, prostata bezining shiralari, siydik chiqarish kanalining bezchalari, moyak va urug’ pufakchalari urug’ suyuqligi(sperma, eyakulyat) tarkibiga kiradi.

Bundan tashqari, prostata bezi urug’ chiqarish yo’llarini yopib turadi, unga siydik tushishi va kasalliklar paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi.

Prostata bezi butun organizmning hayotiy faoliyati va erkaklarning jinsiy faolligida muhim ahamiyatga ega bo’lgan jinsiy va gipofiz bezi gormonlarining nazorati ostida turadi.

Bundan tashqari, prostata bezi va tuxumdon o’rtasida bajaradigan vazifasi nuqtai nazaridan mustahkam bog’liklik mavjud.

Agar moyak olib tashlansa(axta qilish) prostata bezining ishi keskin pasayadi: undagi hamma biosintetik jarayonlar sekinlashadi, so’ngra tamom bo’ladi.

Prostata bezining o’zi esa hujayralarning nobud bo’lishi hisobiga asta-sekin kichrayadi. Prostata bezi turli kasalliklar (misol uchun: surunkali prostatit)ga duchor bo’lgan paytda uning ishlash faoliyati pasaygach, moyaklarning ham faolligi sustlashadi, spermatozoidlar hosil bo’lishi va urug’lantirish qobiliyati buziladi.

Mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, prostatit kasalligiga chalingan bemorlarning 12-78 foizida jinsiy buzilish kuzatilgan.

Prostata bezi jinsiy faoliyatni tartibga solish va ko’payish jarayoni- ni ta’minlashdan tashqari siydik chiqarish, organizmda modda almashuvi, yurak-qon va asab tomirlari va boshqa tizimlarga sezilarli ta’sir o’tkazadi.

Endi erkaklar jinsiy a’zolarining bir maromda ishlashi va boshqa a’zolarga bog’liqligi haqida batafsilroq to’xtalibo’tsak.

Ularningo’sishi, rivojl ani shi va vazifasi jinsiy gormonlar, ya’ni moyaklarda ishlab chiqariladigan spermatozoidlar tomonidan boshqariladi.

Prostata bezi kasalga duchor bo’lganda ular muhim rol o’ynaydi. Ichki sekretsiya bezlari (endokrig’g tizimi) gormonlarni qonga

ajratadi. Natijada u organizmning turli azolari va to’qimalariga tushib, ularga o’ziga xos ta’sir o’tkazadi.

Erkaklarning jinsiy gormonlari androgenlar deb ataladi. Ular orasida tesgosteronlar muhim rol o’ynaydi.

Gormonlarning katta qismi, ya’ni 95 foizini mo- yaklar, faqat 5 foizini esa buyrak usti bezlari ishlab chiqaradi.

Homila qorin ichidagi davridagi rivojlanish jarayonida juda oz miqdorda testosteron qabul qiladi. U bolaning vujudi, jinsiy a’zolari va moyak xaltasini tuk qoplashiga qarab sezilarli darajada o’sadi.

Chaqaloq dunyoga kelgan zaxotiyoq va bolalikning boshlanishida moyaklar deyarli testosteron ishlab chiqarmaydi.

O’spirin taxminan 10-12 yoshga kirganda, ya’ni pubertat davri boshlanganidan so’ng uning jinsiy a’zolari faol testo- steron ishlab chiqara boshlaydi.

Bu ularning yoshiga mos ravishda jinsiy a’zolarining ham rivojlanishiga olib keladi. O’spirin tanasini tuk qoplanishi, hiqilog’ining kattalashishi va ovozining o’zgarishi testosteronning darajasiga bog’liq.

Shu bilan bir paytda o’spirinda odat- dagi o’zgarishlar – mushak va suyak to’qimalari o’sishining tezlashgani kuzatiladi.

Agar ba’zi bir sabablarga ko’ra organizmda erkaklar jinsiy a’zolarining gormonlari etishmagan tavdirda, demak, bu holat o’spirinda jinsiy a’zolarining rivojlanishi etarli darajada(to’liq) emagligi, bunga ovozining yo’g’onlashmaganligi va yuzidagi sochlarning u qadar o’smaganligi ham dalolat beradi.

Testosteronning mushaklarga zaif ta’siri ularning hajmi kamayishiga olib keladi va bu jarayonda endi ayollar or- ganizmiga o’xshab yog’li to’qimalarni qayta taqsimlash yuz beradi.

Erkaklarning jinsiy gormoni – testosteron faqat ikkilamchi jinsiy alomatlar, ya’ni ovoz, soqol va tuklar, mushaklargagina emas, prostata bezining faoliyatiga ham o’z ta’sirini o’tkazadi.

Uning yoshi ulg’ayganda prostata bezi bilan bog’liq muammolar kuzatilmaydi. Nega deganda, bu o’spirinning prostata bezi hajman kattalashmaydi, hatto uning o’smasi ham bo’lmaydi.

Prostata bezidagi xavfli o’smaning o’sishi testosteronning darajasiga bog’liqligi e’tiborga olinib, davolash usuli sifatida gormon ishlab chiqishini to’sib qo’yish taklif etiladi va hozir bu usuldan samarali foydalanishmoqda.

Testosteron muammosining juda ko’p tibbiy hijatlari hali-hanuz ilmiy bahs-munozaralar manbai bo’lib kelmoqda.

Bunda gormonlar holatining o’zgarishi erkaklar fe’l-atvoriga ta’siri va testosteronniig qondagi belgilangan miqdori kabi masalalar o’rganilmoqda.

Va tabiiyki, 50- 70 yoshlardagi erkaklar organizmida ushbu gormonning kamayishi bilan bog’lik «erkaklar klimaksi» (klimaks aslida ayollarda jinsiy bezlar faoliyatiningto’xtashi) haqida fikr yuritishmoqda.

Ammo juda ko’p mutaxassis-shifokorlarning fikricha, erkak va ayollar organizmida yosh bilan bog’liq o’zgarishlar turlicha kechadi, shuchinguchun ham yuqoridagi iborani qo’llash noto’g’ri.

Nafaqag noto’g’ri, hatto juda kulgulik.

Demak, prostata bezi erkaklar organizmidajuda muhim rol o’ynaydi. Uni uncha katta bo’lmagan va insonning har qanday yoshida ishlab ketadigan «soat mexanizmi bo’lgan bomba»ga qiyoslash mumkin.

Garchi prostata bezining saratoniga chalinganlar 40 yoshgacha bo’lganlar orasida kam uchrasa-da, uning shamollash va yallig’lanishi shaklidan hatto o’spirinlar ham kafolatlanmagan.

No votes yet.
Please wait...