Prastatitni davolash

Prastatitni davolash

Prastatitni davolash Gulchangi bilan davolash 
Gul chansh tarkibida oqsillar, vitaminlar, moylar, yurmop snngari ga’sir qiluvchi faol moddalar mavjud bo’lib, ular organizmni yoshartiradi, unda modda almashinuvini me’yorga keltiradi.

Gul changining kimyoviy tarkibini oladigan bo’lsak, unda A, V1, V2, VZ, V5, V6, S, E, R vitaminlar, biotin, pantoten va foliy kislotalari, kaltsiferol va yana 27 ta mikroelementlar, jumladan, kaliy, kaltsiy, magniy, temir, mis, temir, kremniy, vannadiy, volfram, oltingugurt, bariy, oltin, kumush, rux, kobalt va boshqalar bor,

Gulchangining biologik xususiyatlariga keladigan bo’lsak, uning tarkibida 50 ga yaqin fermentlar bo’lib, ular:

• Yurak faoliyatini yaxshilaydi;

• Immunitetni kuchaytiradi;

• Qon ketishini kamaytiradi;

• Siydik haydovchi ta’sir ko’rsatadi;

• Kapillyar tomirlar o’tkazuvchanligini yaxshilaydi, ularning devorlarini mustahkamlaydi;

• Qondagi gemoglabin va eritrotsitlar miqdorini ko’paytiradi;

• Gul changi tarkibidagi rutin (vitamin R) ko’p bo’lib, u miyaga qon quyilishi va ko’zga to’r parda tushishidan saqlaydi;

• Arterial qon bosimini me’yorda saqlaydi;

• Glaukomada ko’zning ichki bosimini pasaytiradi;

• Oshqozon kislotaliligini tiklaydi;

• Shishlarni qaytaradi;

• Ichaklardagi mikroflorani me’yorlashtiradi;

• Ishtahani ochadi va ish qobiliyatini oshiradi;

• Qondagi xolesterinni kamaytiradi;

• Erta qarishni oldini oladi;

• Uning tarkibidagi anevrin moddasi asab faoliyatini mustahkamlaydi va h. k.
Tibbiyot olimlari 40-45 yoshdan oshgan barcha erkaklarga doimiy ravishda, har kuni 2 choy qoshiqchadan gul changi iste’mol qilishni tavsiya qiladilar.

Gul changi juda kuchli davolash vositasi bo’lib, undan foydalanishda juda ehtiyot bo’lish kerak. Agar uni me’yordan ziyod qabul qilinsa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Eslab qoling: gul changini 1 sutkada davolash uchun 30 gr. dan, profilaktika (kasalliklarning oldini olish) uchun 10 gr. dan ortiq iste’mol qilish mumkin emas! Uning bir osh qoshig’i — 15 grammni, bir choy qoshiqchasi — 5 grammni tashkil etadi. Gul changini qora qog’ozga o’ralgan, germetik yopilgan shisha idishda, salqin joyda (muzlatgich yoki sovuqda emas!) saqpash kerak. Uni bir yildan ortiq saqlash mumkin emas, chunki bunda uning shifobaxsh xususiyatlarining 75%i yo’qoladi.

Ertalab, och qoringa 1 osh qoshiq gul changiga 1 qoshiqcha asal qo’shib aralashtiriladi (asal aralashtirmasdan o’zini shimilsa ham bo’ladi). So’ng og’izga solib, toki o’zi erib so’rilguncha, sekin-asta shimiladi. 20 daqiqa davomida izidan hech narsa eyilmaydi va ichilmaydi.

So’ng tushlik payti ham ovqatdan yarim soat oldin xuddi shunday qabul qilinadi. Ammo kechqurun gulchangini iste’mol qilish mumkin emas. Bir yarim oy qabul qilingach, 10 kun dam olinadi, so’ng yana bir kurs davom ettiriladi. Shunday qilib yil davomida 5-6 kurs qabul qilish mumkin.

Agar dorixonadan sotib olingan gul changi jelatin kapsulalar ichida bo’lsa, unda kapsulani ochib, ichidagi gul changini yarim qoshiqcha asalga qo’shib og’izda shimiladi. Shunda uning davolash effekti ko’proq bo’ladi.

Ayrim olimlarning ta’kidlashicha tabiatdagi biror narsa o’zining shifobaxshligi va tez foyda keltirishi bo’yicha gul changiga teng kela olmas ekan. Shu sababdan asalarichilik bilan shug’ullanuvchi kishilar orasida 100 yoshdan oshganlar ko’pchilikni tashkil qilar ekan. Olimlar buni ularning doimo gul changi iste’mol qilib yurishlari bilan bog’lashmoqda.

(Visited 42 times, 1 visits today)
No votes yet.
Please wait...
News Reporter

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!