Prastatitni davolash

Prastatitni davolash

Prastatitni davolash  Asal bilan davolash
Asalning shifobaxshligi barchaga ma’lum bo’lib, undan ko’p asrlardan beri tabiiy davolash vositasi sifatida foydalanadilar.

Tarkibida 100 dan ortiq biologik faol moddalar bo’lib, ulardan eng muhimlari uglevodlar (glyukoza, fruktoza, saxaroza va dekstrin), amilaza, glikogenaza, invertaza, peroksidaza, diastaza va boshqa fermentlar, Vts V2, Vb, S, E, N, K, RR va boshqa vitaminlar, karotin, mineral moddalar (mikroelementlardan marganets, silitsiy, alyuminiy, xrom, bor, mis, nikel, litiy, qo’rg’oshin, kalay, rux, osmiy va boshqalar), oqsil, organik (limon,olma, sut, vino, oksalat) kislotalar, biogen stimulyatorlar va boshqa birikmalar bor.

Asal immunitetni kuchaytiruvchi, baktsritsid, antiseptik, yallig’lanishga va allergiyaga qarshi, uxlatuvchi, yaralarning bitishini tezlatuvchi ta’sirlarga ega. Bundan tashqari, asal boshqa dorivor o’simliklarning ta’sirini kuchaytiradi.

Xalq tabobatida asal yurak-qon tomirlari, asab, oshqozon-ichak, nafas yo’llari (bronxit, o’pka yallig’lanishi, bronxial astma, laringit), jigar, buyrak, ginekologik, teri kasalliklarini qamda yaralarni, stomatit, gingivit va boshqa kasalliklarni davolashda va ularning oldini olishda qo’llaniladi.

Asalning prostatitda, gipertoniya kasalligida, uyqusizlikda, qabziyat hollarda (yumshoq surgi sifatida) ham samarasi katta.

O’tkir prostatitda undan quyidagi tarkibda foydalanadilar: 40 gr qora archa (mojjevelnik), 20 gr qizilmiya (shirinmiya, solodka), 20 gr petrushka, 20 gr arpabodiyon (fenxel) va 20 gr moychechak (romashka) olib aralash- tiriladi va ustidan 500 ml qaynoq suv solinadi. 1 soat tindirilgach ta’bga qarab asal qo’shiladi va kuniga 2 mahal yarim stakandan ichiladi. Shunda prostata bezidagi yallig’lanish jarayoni to’xtab, og’riqlar yo’qoladi.

Prostatitni davolashning 7-usuli
Asal bilan davolash
Agar bemorda asalarichilik mahsulotlariga nisbatan allergiyasi bo’lmasa, mikroklizmada asalni tamponga surtib yoki qo’shib foydalanish mumkin.

Prostatitni davolash
Piyoz urug’i ka asal yordamida davolash
Piyoz urug’ini maydalab, unga 1G’1 miqdorda asal qo’shib, bir kecha-kunduzda bir choy qoshiqchadan uch marta ichiladi. Bu prostatitni davolashda, jinsiy a’zolarning faoliyati buzilganda, ayniqsa, zaxm, so’zak kabi tanosil kasalliklarida yaxshi yordam beradi.

(Visited 4 times, 1 visits today)
No votes yet.
Please wait...
News Reporter

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!