O’PKA KASALLIKLARI

O’PKA KASALLIKLARIDAGI OG’RIQLAR

O’zbekning tili boy, rang-barang, tashbehlari behisob. Kishining-kishidan ranjishiga doir bir qator iboralar mavjud. Ular orasida o’pka atamasi bilan bog’liqlari ko’pchilikni tashkil qiladi. O’pka-gina insoniy his-tuyg’u, odamning g’azablanishi, qattiq ranjishi holatlarini ifoda etadi.

O’pkasini qo’ltiqlagan, o’pkasi yo’q, o’pka-jigar bo’lmoq, o’pkasidan urgan, qip-qizil o’pka, o’pkasi tushdi, o’pka-gina qilmoq, o’pkasi qozonday. o’pka dori, o’pkasini bosib olgan. uzoqdagi quyruqdan, yaqindagi o’pka yaxshi qabilidagi boralar o’zbek xalqida o’pka bilan bog’liq muammolar ko’pligini anglatadi.

Aytaylik,Siz gripp bilan og’rib o’tdingiz. Endi hammasi yaxshi bo’lay, deganda birdaniga yo’tal paydo bo’lib, tana haroratingiz oshdi, ko’krak qafasingizda ogriqlar paydo bo’lib, nafasingiz siqib, har yo’talganingizda chelaklab balgam kela boshladi.

Endi, bu gripp emas, balki uning mash’um asoratlaridan biri-zotiljamdir (pnevmoniya). Ogirroq hollarda esa plevrit rivojlanishi mumkin, bunda ko’krak qafasidagi og’riq juda kuchli bo’lib, nafas harakatlarida ayniqsa zo’rayadi.

Ogriqni tez bartaraf qnlish usuli

Upka og’riqlarini birdaniga bartaraf qiladigan maxsus dori ishlab chiqilmagan. Ogriq hislari unchalik kuchli bo’lmagan hollarda tarkibida aspirin va paratsetamol saqlovchi preparatlardan ko’p miqdorda suyuqlik bilan qabul qilishingiz, balg’am ko’chiruvchi dorilar va antibiotiklar ichishingiz lozim.

Uzoq muddatlik profilaktika dasturi
O’pkaning yallig’lanishi-bu Sizga ashula aytish emas. Dunyoda pnevmoniya va plevritlar, hamda ularning asoratlaridan yuz minglab odamlar har yili nobud bo’ladilar.

Bir yoshgacha nobud bo’lgan bolalarning qariyb 20% ga yaqin qismi nafas olish tizimi kasalliklari va norasoliklari hissasiga to’g’ri keladi.

Zotiljamlarning katta qismini dori-darmonlar uyg’unlashmasi bilan bartaraf qilish mumkin, og’irroq hollarda esa o’pkaning bakterial destruktsiyasi deb atalmish xirurgik yordamni talab qiladigan asorat yuzaga keladi.

O’pka to’qimasi teshilib, plevra bo’shligiga havo, yiring va qon kirib qolishi mumkin, zamonaviy meditsinada bu asoratlar pnevmotoraks, gemotoraks va piotoraks deb ataladi

Og’riqni tez bartaraf qilish usuli
Piotoraks, pnevmotoraks va gemotoraksda og’riq qo’qqisdan, aksariyat holda ko’krak qafasining bir tomoni- da paydo bo’ladi va har galgi nafasdan keyin zo’rayib boraveradi. Shunday alomatlar paydo bo’lsa, burun chuqalab o’tirmasdan shoshilinch ravishda shifokorga murojaat qilish lozim.

Uzoq muddatlik lrofilaktika dasturi
O’pka bakterial destruktsiyasining plevral asoratlari hech qachon mustaqil ravishda tuzalib ketmaydi, balki xirurgik yordamni talab qiladi.

Xirurgik yordamning eng engili-qovurga oralig’idan teshib, naycha qo’yish orqali plevra bo’shligini tozalashdir. Ko’rib turibsizki, bu muolaja faqat ixtisoslashgan statsionarlarda, malakaly jarroh tomonidan bajarilishi lozim.

Uy sharoitida turkana dorilar va qo’lbola muolajalar bajarib (isriq tutatish, qoqtirish, cho’qintirish, qonlash, eshon bobomga dam soldirish, emchiga nag’ma qildirish) qimmatli vaqtni o’tkazsangiz, operatsiya ham ogir o’tadi, dorilarning xarajatlari ham ko’payadi.

Bir odamning komp’yuteri yaxshi iitamay qolibdi. Shunda u kompyuterlarni kafolatli ta’mirlaydigan ustaxonasiga borib maslahat so’rabdi.

— Siz komp’yuterning orqa qopqogini ochasiz, ichida falon-pismadon shara-baralar bor. Ularni o’rnidan qimirlatib ko’rasiz, kontakti yaxshi tegmay qolgan bo’lsa, ishlab ketadi, – debdi bir ta’mirlovchi usta.

— Rahmat Sizga, — debdi komp’yuter sohibi xursand bo’lib. Ayrim ustalar» Zudlikda opke, — deb aytadshPxr. Sizning bagringiz nihoyatda keng ekan.

— To’grisini aytsam, bagrim unchalik ham keng emas. Biz uyda o’zlari komp’yuterlarini chuqalab plombasini buzgan odamlardan uch barobar qimmat haq olamiz, – degan ekan usta.

(Visited 4 times, 2 visits today)
No votes yet.
Please wait...
News Reporter

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!