MIOKARD INFARKTINI VUJUDGA KELIShI

MIOKARD INFARKTINI VUJUDGA KELIShI

24.05.2018 0 By Davolash.uz

MIOKARD INFARKTINI VUJUDGA KELIShI

Faqatgina ayrim hollardagina miokard infarkti aniq- ravshan alomatlarga ega bo’lmay, bemor nima bo’layotganligi haqida umuman tasavvurga ega bo’lmaydi. Ko’p hollarda infarkt aniq namoyon bo’lib, o’ta og’ir kechadi. Inson o’zida, ko’krak qafasi sohasida o’ta og’ir va uzoq davom etadigan sanchiqli ogriqlarni, qo’rquv, xavotir, nafas olishining qiyinlashishi va bosh aylanishini his etadi.

Bemor, u chetdan-bu chetga o’ziga joy topolmay, harakat qila boshlaydi. Uning yuzi oqarib, yurak urishi sekinlashadi va sust holga keladi, qon bosimining keskin tushib ketishi, ayrim hollarda esa qisqa muddatli hushdan ketish alomatlari kuzatiladi.

1-2 soatdan so’ng bemor o’zida xolsizlikni xis eta boshlaydi. Miokard infarkti vaqtida bemor shifokorga murojaat etishi yoki tez yordamni chaqirtirish lozim.

Faqatgina yuqori malakali shifokor, maxsus uskunalar yordamida, bemorning xuruj tutgan davrida unga yordam berishi mumkin.

Eng xavfli davr – bu, miokard infarktidan keyingi ilk sutka (yoki hatto birinchi soatlari ham) hisoblanishi mumkin. Yurakning sekin almashinuvi yoki urish riqora zirai buzilishi yurakning to’xtashiga olib kelishi mumkin.

Ushbu davrda turli xil muammolar vujudga kelishi mumkin, jumladan, anevrizmni shakllanishi, yurakning chap bo’shlig’ida tromb hosil bo’lishi, surunkali yurak etishmovchiligini rivojlanishi va infarktdan keyingi stenokardiya.

Anevrizm

– yurakning to’yinmagan qismini qopsimon shaklda bo’rtib chiqishi.
Infarktdan keyingi stenokardiya (postinfarktnaya stenokardiya) – og’ir bosim ostida ko’krak qafasi sohasidagi og’riqlar.

Bir yil davomida miokard infarktini qaytarilishi yohud ayanchli natyuqaga olib kelish xavfi yuqori bo’ladi. Ammo, agar miokard infarktini boshidan o’tkazgan bemor, zarur bo’lgan muolajalarni amalga oshirsa, u boshidan o’tkazgan xastalikdan 8-10 oy o’tar-o’tmas oddiy hayotga qaytishi mumkin.

Ko’p insonlar, yurak qon-tomirlari aterosklerozi yoki miokard infarktiga olib keluvchi moddalar almashinuvini buzilish davrida o’zlarini sog’lomman, deb hisoblaydilar.

Shuning uchun ham ular (garchi o’zlarini yaxshi his qilsalarda) vaqti-vaqti bilan yurakning ishemik kasalligi alomatlarini oldini olish va ularni aniqlash bo’yicha ma’lum tekshiruvlardan o’tib, yurak qon-tomir tizimi xastaliklari profilaktikasini o’tkazib turishlari lozim.

Yurak ishemik xastaligini rivojlanish va avj olishiga sabab bo’luvchi ayrim omillar bordir:

1. rg’ moddalarining (lipid) almashinuvini buzilishi, xolesterin miqdorini me’yoridan ortishi;

2. Irsiy omillar (ota-onadan o’tishi);

3. Qandli diabet kasalligi, uglevod moddalari almashinuvining buzilishi;

4. Gipodinamiya (jismoniy qobiliyatining etishmovchi- ligi);

5. Tana vaznining me’yoridan ortiqligi;

6. Tamakichekish;

7. Stressholatlari;

8. Yuqori qon bosimi (agar ko’rsatkichlar 140G’90 mm rt st.dan oshib ketsa qon bosimi ko’tarilgan hisoblanadi).

Endi, har bir omillarni birma-bir batafsil ko’rib chiqamiz.

1. Yog’ (lipid) moddalari almashinuvini buzilishi, xoles- terin miqdorini ortib ketishi. Giperxolesterinemiya.
Bu, ateroskleroz xastaligi rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Giperxolesterinemiya, xolesteringa boy moddalarni iste’mol qilish oqibatida, qalqonsimon bez faoliyatini susayganida vujudga kelishi mumkin, shuningdek, u irsiy, ya’ni ota-onadan ham o’tishi mumkin.

Ilmiy izlanishlar xolesterin miqdori hamda yurak ishemik chastotalari o’rtasidagi to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik borligini aniqlab bergan. Xolesterin miqdorining ortib ketishi, yurak ishemik xastaligi vujudga kelishiga omil bo’luvchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi.

Xolesterin miqdorini ortishi to’g’ridan-to’g’ri bemorning ovqatlanishiga bog’liq bo’ladi.

Xolesteringa boy taomlarni (tuxumning sarig’i, baliq ikrasi, jigarlarda, saryog’ va h.k.da xolesterin miqdori yuqori bo’ladi) kundalik ovqatlanish ratsionidan chiqrib tashlash lozim.

Agar bemor organizmida o’simlik yog’lari emas, turli xil jonivorlar go’shtidagi yog’lar miqdori ko’p bo’lsa, unda xolesterin efirlari vujudga kelib, ularning erib hazm bo’lishi sekinlashadi.

Butun dunyo dietologlari jonivorlar go’shtidagi yog’lar o’rnini o’simlik yog’i bilan almashtirishni tavsiya etmoqdalar. Jonivorlardagi yog’lar, eng avvalo ularning go’shti, suti va sutdan olinuvchi saryog’lar tarkibida bo’ladi.

Yuqorida keltirilganlardan shunday xulosa chiqarish mumkin:

miokard| infarktida va yurakning ishemik kasalligini davolash hamda uning profilaktikasi uchun ovqatlanish ratsioyidan xolesterin miqdori yuqori bo’lgan mahsulotlarni (go’shtning yogli qismlari, saryog’, jigar, smetana, qaymoq, sut, pishloqning yogli navlari va tuxum sarig’i) chiqarib tashlash lozim.

Kunora, tarkibida yog’lar miqdori kam bo’lgan mahsulotlar, o’simlik yog’i, baliq va go’shtning yog’siz qismlari, tarkibida o’simlik tolalari yuqori bo’lgan bo’tqalar (kashalar) iste’mol qilinishi lozim. Masalan, suli bo’tqasi, non palov kabi.

2. Miokard infarkti va yurak ishemik xastaliklari qarindosh-uruglarda ko’p uchraydigan kasallik hisoblanadi.

Moddalar almashinuvi bilan bog’liq muammolar irsiy, ota- onadan o’tgan holda bunday erta yoshlarda xolesterin miqdorini ortish holatlari kuzatiladi. Ammo ushbu xasta- likni keng tarqalishi boshqa sabablarga ham bogliq bo’ladi.

3. Qandli diabet xastaligi organizmda xolesterin moddasini kuchayib borishiga sharoit yaratib beradi.

Qandli diabetning hatto engil shakllari ham glyukoza moddasining yog’ moddasiga aylanib borishiga omil bo’ladi. Bunda, xolesterin moddasini qon-tomir devorlariga uzoq muddat ushlanib qolishi vujudga keladi.

Aksariyat hollarda, qandli diabetning engil shakllari, uning og’ir yoki o’ta og’ir shakllariga nisbatan ateroskleroz xastaligini rivojlanishida katta rol o’ynaydi. Diabetning o’ta og’ir shaklida qondagi insulin miqdorini pasayib ketishi kuzatilib, tromblarni hosil bo’lish alomatlari kuchayadi.

Aterosklerotik shishishlar tromblarning vujudga kelish o’chogi hisoblanadi. Koronar tomir-arteriyalarning tiqilib qolish holatlari ortib borib, miokard infarkti rivojlanishi vujudga keladi. Rivojlanib borayotgan qandli diabet xastaligi miokard infarkti va boshqa yurak qon-tomir tizimi xastaliklarini rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi.

4. Bugungi kunda ko’plab insonlarda mushaklar quvvatining zo’riqishiga muhtojligi yo’q.

Ya’ni, inson hayotini engillashtirib beruvchi, jismoniy bosimlarni kamaytiruvchi ko’plab qulayliklar va mexanizmlar mavjud. Misol uchun, uyda lift turganida, to’rtinchi qavatga zinada ko’tarilib borishning, telefon orqali uydan chiqmasdan turib, to’shakda yotgan holda buyurtma berish mumkin bo’lganda do’konlarning aylanish uchun vaqt va kuchni sarflashning nima keragi bor?

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

Jinsiy aloqada ayol kishi nimalarga etibor beradi

Jinsiy-aloqada ayolni lazzatlanishiga erishish sirlari

Ayol xionat qilishiga sabab nimada

Jinsiy munosabat lar togrisidagi 10 ta sir

Ayolni qoniqtirish

Insonning mehnati asosan aqliy faoliyat bilan bogliqdir.

Kam harakatli turmush tarzidan inson organizmining qon-tomir tizimi aziyat chekadi. Ammo vaqti- vaqti bilan, baribir inson jismoniy mehnat va bosim bilan duch keladi. Chiniqmagan, shugullanmagan inson 300 m masofani yugurib o’tgan bemorning yuragi, daqiqasiga 120- 125 urishga qisqaradi va yurak mushaklarining och qolishi kuzatiladi.

Sportchining yurak qon-tomir tizimi bilan esa bunday muammolar vujudga kelmaydi – uning yuragi, yurak urushining sekinlashishiga qaramay, to’liq miqdorda kislorodga ega bo’ladi.

Nofaol bo’lgan turmush-tarzni olib borgan inson ertami, kechmi yurak ishemik xastaligiga duchor bo’ladi, ehtimol miokard infarkti ham hosil bo’lishi mumkin.

5. Tatsa vaznining me’yoridan ortiqligi qandli diabet va yurak ishemik xastaligini rivojlanish xavfini orttiradi.

Me’eridan ortiq ovqat iste’mol qilish semirishga olib kelishi mumkin. O’rta yoshdagi insonlarda tana vaznining ortishi oddiy oeqatlanish jarayonida moddalar almashi- nuvining o’zgarib ketishi oqibatida kuzatilishi mumkin.

Ko’plab insonlar me’yoridan ortiq pivo ichimligini ichadilar. Bu esa o’ta kaloriyaga boy ichimlik hisoblanadi. Pivo – tarkibida alkogol mikdori kam bo’lgan ichimlik hisoblanadi, ammo shunga qaramay ishtahani ochib yuboradi. Har qanday spirtli ichimlikning ichgan bemor me’yoridan ortiq ovqat iste’mol qilish, bu esa o’z navbatida yog’ qatlamlarini vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.

Yangi yog eti-qatlamlarini vujudga kelishi qo’shimcha qon bilan ta’minlash mexanizmini talab etadi.

Yurakka bo’lgan bosim kuchaya boshlaydi. Ovqat bilan birga uglevodlar organizmga kirib, yurakda insulin moddasini ishlab chiqilishini kuchaytiradi. Insulin moddasi esa uglevod moddalarining yog’ moddalariga o’tib ketishiga omil bo’ladi.

Ko’p hollarda me’yoridan ortiq semirish alomatlari namoyon bo’lmagan qandli diabet va ateroskleroz xastaliklarini keltirib chiqaradi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, tana vazni me’yoridan ortiq bo’lgan bemorlarda miokard infarkti, tana vazni oddiy bo’lgan bemorlarga qaraganda 4 barobar ko’proq sodir bo’ladi.

O’z tana vaznini to’g’ri ovqatlanish va jismoniy mashg’ulotlar bilan nazorat qilib borish mumkin.

Semirish hollarida ovqat iste’mol qilinishi kamaytirilishi lozim. Shuningdek tana vaznini ortishiga, irsiy omillar ham, ya’ni ota-onadan o’tishi ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Agar bolaning ota-onasi vazni me’yoridan ortiq bo’lsa, unda 3 holatdan 2tasida bu omil farzandga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ammo yosh bolalardagi semirish holatlari, irsiy omillardan tashqari, oilada saqlanib qolingan ovqatlanish tizimiga ham bog’liqdir. Shuning uchun semirishni oldini olish profilaktikasini erta yoshlardan boshlash lozim.

6. Tamaki chekish, qonda adrenalinga o’xshash moddalarni vujudga kelishiga olib keladi, bu esa yurak faoliyatini qiyinlashtiradi.

Ushbu daqiqalarda yurak mushaklarining katta miqdordagi kislorod moddasiga bo’lgan talabi kuchayadi. Har bir chekilgan sigaret donasidan so’ng yurak urushining chastotasi, daqiqasiga Yuta urishga qisqaradi.

Nikotin moddasi – yurak qon-tomir tizimining asosiy zararkunandalaridan biri hisoblanadi. Nikotin qon bosimini oshirib, qon-tomirlarni toraytiradi, aritmiya- tez urishini va tomirlarning etida xolesterin moddasini yigilib borishiga omil bo’ladi. Bu esa o’z navbatida qon aylanishini oshirib, qondagi kislorod moddasini kamay- tiradi. Ushbu omillar, miokard infarkti va yurak qon- tomir xastaliklarini vujudga kelishini keltirib chiqaradi.

Tibbiy izlanishlar shuni isbotlab berdiki, yurak ishemik kasalligi bilan betob bo’lgan bemorning har kuni chekadigan bir dona sigareti:

– yurak urishini qisqarib borishiga olib keladi;

-qon bosimini ko’tarilishiga olib keladi;

-yurak mushaklarining kislorodga bo’lgan talabini oshiradi;

-yurakning chap xaltachasini yomonlashishiga olib keladi;

– jismoniy mashg’ulotlarga nisbatan chidamlilikni qisqarishiga olib keladi;

-qon aylanishini 25%gach ko’tarib, tromblar hosil bo’lish xavfiga olib keladi.

7. Asabiy holatlar bilan bugungi kun turmush-tarzida forig’ bo’lish mushkul masala bo’lsa-da, har bir inson ushbu asabiy-stress holatlari bilan kurasha olishni o’rganishi lozim. O’z hissiyotlaringiz bilan kurashishni, atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga ob’ektiv nazar tashlashga harakat qiling. Har kunlik mayda muammolardan o’zingizni chalg’itish uchun, o’zingizga yoqqan ish bilan shug’ullaning, ko’proq dam oling.

8. Yuqori arterial qon-bosimi yurak ishemik xastaligini vujudga kelishida katta ahamiyatga egadir.

Yurak qon bosimi oshib ketish holati kuzatilgan kasallik – gipertoniya deb ataladi. Gipertoniya xastaligida qon-tomir devori bosim ostida bo’lib, uning etlari qalinlashadi va qon-tomirlarining to’yinib borishi murakkablashadi. Gipertoniya xastaligi ateroskleroz kasalligini rivojlanish xavfini oshiradi, demak, miokard infarkti va yurak qon-tomir xastaliklari ushbu kasallik oqibatida vujudga keladi.

Me’yordagi arterial qon bosim ko’rsatgichi 140G’90 mm rt. st. ko’rsatishi lozim.

140 raqami tomir-arteriyalardagi qon bosimini yurak qisqarishidagi holatini, 90 raqami esa yurakning bo’shashi paytidagi qon bosimi holatini bildiradi. Arterial qon bosim holatini nazorat qilib borish lozim.
Ko’p hollarda yurak ishemik xastaligi bilan betob bo’lgan bemorlarda kasallik vujudga kelish xavfining bir necha omillari mavjud. MIOKARD INFARKTINI

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

Biz sizga miokard infarkti, yurak qon-tomir tizimi xastaliklarini vujudga kelish va rivojlanishi, xavf tug’duruvchi omillar va tashqi kundalik muhitning u yoki bu xastalikning rivojlanishiga bo’lgan ta’siri haqida gapirib berdik. Endi esa, yurak qon-tomir tizimi xastaliklarini davolash va profilaktikasining xalq tabobati tajribalariga murojaat etamiz.

No votes yet.
Please wait...