KO’Z KASALLIKLARI

KO’Z KASALLIKLARIDAGI OG’RIQLAR

Ko’zning ta’rifi ham abadiy-azaliy. Qo’yko’z, qiyiqko’z, bitko’z, baliq tarsullog’idek ko’z, joduko’z, shahloko’z va hakazo.

Ko’z-ko’ngilning bulogi bo’lib, unda insonning ichki dunyosi mavjlanib turadi. Ko’zning egasi bor, ko’z tegdi, ko’zi qotgan, ko’ziga tikan bo’lmoq, ko’zini shamg’alat qilmoq,

ko’zining paxtasi chiqdi, ko’zi qinidan chiqdi,ko’zini olaytirdi, ko’zmipo’stakning teshigi, ko’zimning oku-qarosi, ko’zini yog’ bosibdi, ko’zlarini olib qochdi, ko’z ostiga olmoq, ko’zi olma-kesak teradi, ko’zi boshi bejo, ko’zida ajinasi bor, surko’z, ko’ziboshi o’ynoqlagan,

ko’zga ilmaydi, ko’zi-ko’ziga tushadi, biri ko’z, biri qosh, ko’ziga qon to’lmoq, ko’zim usti, ko’zi uchib turibdi, nazari och, ko’zi to’q, qushqarash (sigirqarash) qildi kabi iboralar ham inson o’z ko’zlariga befarq emasligini ko’rsatib turibdi.

Biz atrof muhitdan oladigan axborotlarning 96% ga yaqin qismini ko’zlarimiz orqali olamiz. Eshitish, ta’mi bilish, hid bilish va barmoqlar bilan paypaslash orqali boryo’g’i 4-5% ga yaqin informatsiya olamiz.

Shuning uchun bo’lsa kerak, buyuk valiyulloh shayx Jaloliddin Rumiy; «Ko’zni yumgil, ko’zga atansin ko’ngil» deb bejiz xitob qilmagan.

Avliyo bu xitobi bilan qalb ko’zingni ochgin, u bilan butun borliq falsafasini, azaliy yaxshilik va yomonlik, ibtido va intiho, borliq va yo’qlik, razolat va adolat, samimiyat va noxolislik orasidagi farqlarni anglab olgin, deganidir.

Ko’z-vujudimizning eng nozik, hayotiy muhim va o’rnini boshqa a’zo bilan almashtirib bo’lmaydigan qismidir. Agar bugungi kun dunyosida 7 mlrd aholining 3-5 % ga yaqin qismi ko’rish ne’matidan butunlay bebahra, aholining 20% ga yaqin qismida yaqindan ko’rish kasalligi borligi uchun umrbod ko’zoynak yoki kontakt linzalar taqib yurishga majbur ekanligini bilsak firuza osmonni,

farzandlarimiz va rafiqamizning qadrdon chehrasini, gullarning rangini, kamalakning go’zalligini ko’rishimizga imkon bergan yaratguvchimizga har qadamda shukronalik qilsak arziydi.

Bosh suyaklari ko’zlarimizni hamma tomondan himoyalab turadi. Qovoqlarimiz ko’zlarimizni old tomondan himoyalovchi qo’shimcha muhofaza vositasidir.

Ko’zlarimizning shox pardasi esa old tomondan qorachiqlarimiz va rangdor pardalarni himoyalab turadi. Ko’zlarimizning oqchil pardasi ogriqqa nisbatan chidamli bo’lsa-da, rangdor pardasi va shox pardasida og’riqni sezuvchi retseptorlar juda ko’p joylashgan.

Ammo, shularga qaramasdan ko’z shikastlanishlari umumiy jarohatlarning kattagina qismini tashkil qiladi.

Turli kasalliklar, allergiyalar, mexanik zarbalar, infektsiyalar, haddan tashqari kuchli nurlanishlar, kompyuter ekraniga uzzukun baqrayib o’tirishlar, darmondori etishmasligi, uyali aloqa vositasidan ko’p foydalanish, ekologik muammolarning barchasi ko’zimizning zararlanishiga olib keladi. Xalqimizda «Tishing ogrisa tilingni tiy, ko’zing ogrisa- qo’lingni» degan falsafa bor.

Massachesetts shtati oftalmologi doktor Paul Vingerning fikriga ko’ra ko’zdagi har qanday og’riq jiddiy xavf borligi ni bildiradi. Shu boisdan ham ko’z og’riqlarini hech qachon uy sharoitida turkana va qo’lbola dorilar bilan davolashga harakat qilmasdan, mutaxassisga murojaat qilish lozim.

KO’Z OLMASINING ShIKASTLANIShLARI
«Sog’liq-undan bahramand kishiga ham, boshqalar uchun ham buyuk ne’matdir»

Tomas Karleyl,ingliz yozuvchisi

Ko’z shikastlanishlarining orasida eng ko’p sababchilari ko’zga qum,yoki chang kirishidir. Ayrim hollarda maishiy kimyoviy moddalar, koptok, chillak tayoqchasi va tasodifiy (kutilmagan joydan) tushib qoladigan musht, hamda shapaloqlar ham ko’z olmasini shikastlanishiga olib keladi.

Og’riqni tee bargaraf qilish
Ta’sir ko’rsatuvchi omilning |uriga qarab yordim bsriladi. Nuqtadan ham kichkiia msgall, shpsha. chnshsh qum ko’nl gushganidan ksnpp juda qattiq ogrpq bsrinsh binap Oirga shox pardani shikasglab.

chaidiqli nuq1a qoilprishn mum kin. Agar ko’zish izning oqsnl nardsh’sha biror narsh |ushnb. ko’rinib turgan bo’lsa, uni musgaqil olpb 1ashnash1a g’arlg nqiling. Buning uchun steril (yoki qaynagan sunga botrsh sovitilgan) paxta, bint bilan uni sekin surib chspa surno chiqarib olishga harakat qilish lozim.

Bolaligimtllminib qo’y boqib yurgan paytlarimiz ko’zlarimi n a qg’ m tuproq, chang, cho’pak bo’lakchalari kirib qolgan paytlari nui bo’lardi. Bunday holda onamiz mavrak urugidan ko’zlarimi i a qo’yar, mu’jizani qarangki, mavrakning urug’i boyagi yot jism ni asta-sekin ko’z chetiga surib chiqarardi va uni osongipa olib tashlardik.

Agar ko’zingizga qattiq qadalib og’riq bsruvchi predmet osongina olinmasa unga tegmasdan shifokorga zudlikda murojaat qiling.

Chunki bu predmet ko’zingiz to’qimasining bir bo’lagi bo’lishi, old kameraga o’tib kiruvchi jarohat bo’lishi mumkin, bunday holda uni olib tashlash old kameradagi suyuqlikning oqib chiqib ketishiga va ko’rlikka sabab bo’lishi mumkin.

Ko’zni tez-tez ochib-yopish ham yopishib qolmagan yot jismni chetga surishi mumkin. Shu bilan birga yuqori qovoqni tortish ham ko’zning yoshlanishiga, hamda yot jismning yuvilib ketishiga olib kelishi mumkin.

Agar ko’zingizga kimyoviy modda. (spirt, kislota, ishqor, dori vositalari, benzin, kerosin va hakazolar) sachragan bo’lsa, zudlikda ko’p miqdordagi iliq suv bilan yuvib tashlang.

Ayrim kislota, spirt yoki ishqor bir necha soniyadayoq ko’z olmasini shikastlashi mumkin, shuning uchun hatto vodoprovod suvi bilan bo’lsa, uni tez va mo’l suv bilan yuvib tashlash lozim.

Shikastlanish oqibatida ko’z olmasi va atrofi to’qimalari eri ketmon dastasi bilan urgan shallaqi xotin ko’zidek tez shishib qolishi mumkin, shu boisdan ham sovuq (muz, qor) qo’yish lozim.

Uzoq muddatlik profilaktika dasturi
Agar ko’zga kirgan yot jismni o’z vaqtida muvaffaqiyat bilan olib tashlasangiz ham ogriq uzoq muddat bezovta qilib turishi mumkin. Bunday holda albatta tegishli shifokorga murojaat qiling.

Oddiygina tirnalish ham ko’zning shox pardasida iz qoldirib ko’ruv maydonini toraytirishi mumkin. Ko’zga kirib qolgan mayda metall bo’lakchalari oradan vaqt o’tib zanglab, yalliglantirishi mumkin.

Ko’zingizga kontakt linza qo’yish va olish mahali tovuqnikidek tirnoqlaringiz bilan shox pardani tirnalab olishingiz mumkin. Shuningdek, kontakt linzani echmasdan uxlasangiz ham ko’zingiz shox pardasi tirnalgan holda uyg’onishingiz mumkin.

Shox pardaning tirnalishida xuddi ko’zga yot jism kirib qolgandek bo’lib, qizarib, ogrib yuradi, ko’ruv maydonida dog’ paydo bo’ladi.

Bunday holda shifokor tegishli davo kursini buyurib, ko’zingizga qora ko’zoynak taqishni, yoki Ko’rshermatga o’xshab, qora bog’ich boylashni tavsiya qiladi, shu holatda kamida 3 kun ko’zingizga dam berishingiz kerak.

Ko’zingiz tananing boshqa qismlari kabi o’tkir nur, issiqlikdan kuyishi ham mumkin. Men qishloqda yashab yurgan kezlarim, ya’ni bolaligimda temir payvandlashga qiziqardim.

Bir kuni uyimiz oldidagi qurilishda qoldirilib ketilgan payvandlash apparatini o’g’rincha yoqib tuni bilan temir
payvandlab chiqqanman.

Ko’zning 48% shikastlanishi insonnimg professional faoliyati bilan bog’liq. Bu narsa pichoq charxlasggamimgizda, mashina ta’mirlayotganingizda, ko’cha supurayotganingizda yuz berishi mumkin. 27% ga yaqin qismi uyning mayda-chuyda ishlarini bajarayotgan payt^gngiz ro’y beradi. Shu boisdam ham har qanday mehnat sharoitida ko’zga himoyalovchi ko’zoynak taqib olganingiz ma’qul.

 

(Visited 14 times, 3 visits today)
No votes yet.
Please wait...
News Reporter

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!