KO’KRAK QAFASI

KO’KRAK QAFASI OG’RIQLARI

Ko’krak qafasingizda og’riq sezmoqdasiz! U har gal nafas olganingizda zo’raymoqda. Nahotki, yurak xuruji bo’lsa?!

Doktor Djon Stounning fikriga ko’ra ko’krak sohasidagi og’riqlarning faqat 10% qismigina yurakka taalluqlidir.

Yurak xurujlarida og’riqlar nafas olish, yoki chiqarish harakatlariga bog’liq bo’lmasdan, balki to’sh ortida ezuvchi, simillovchi, kuyuvchi xarakterga ega bo’lgan og’riqlar sifatida o’zligini namoyon qiladi.

Og’riq pastda me’da, yuqorida krak, bo’yin, pastki jag’ hamda aksariyat hollarda chap qo’l sohasiga beriladi. Agar nafas olganingizda og’riq zo’raysa, u nafas yo’llari, plevra va o’pkalarga bog’liq bo’ladi.

Agar og’ir jismoniy zo’riqish, yoki sportdan keyin paydo bo’lsa u et ezilishi, mushak cho’zilishi, bog’lam va bo’g’imlardagi shikastlanish, qovurg’aning darz ketishi, umurtqa pog’onasining jarohatlanishi bilan bog’liq bo’ladi. Men bolaligimda rus latifalaridagi Vovochkaga o’xshab o’ta janjalkash,

to’polonchi, erga ursang ko’kka sapchigich bo’lgan ekanman. Shu boisdan bo’lsa kerak chap qo’lim 3 marta (men chapaqayman), qovurg’alarim esa son-sanoqsiz marta darz ketgan. Har gal qovurg’am darz ketganida qariyb bir oycha to’liq nafas ololmay qiynalib yurganman.

Agar engashganingizda, yoki bukilganingizda og’riq hislari zo’raysa, unda yurak yoki o’pka pardalari (perikardit, plevrit) bo’lishi ehtimoldan yiroq emas.

Ayrim hollarda ko’krak qafasi sohalaridagi og’riqlar kamqonlik, qovurg’alararo asab tutamlarining yalliglanishi, o’rab oluvchi lishay (teri kasalligi), bo’gimlar yalliglanishlari sifatida ham namoyon bo’lishi mumkin.

Ko’krak faqasi sohasi og’riqlari bilan qo’shilib keluvchi quyidagi hollar ancha ayanchli bo’lib, shoshilinch ravishda shifokorga murojaat qilish lozimligini bildiradi;

– Nafas siqilishi, bosh aylanishi, ogriqning chap qo’l, bo’yin va kurak sohalariga berilishi, ko’ngil aynashi, qusish, sovuq ter bosishi, mushaklar tirishishi, barmoqlarning uvishishi, yurak maromining buzilishi, nafas olganida og’riq hissining zo’rayishi.

(Visited 17 times, 3 visits today)
No votes yet.
Please wait...
News Reporter

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!