KOKRAK KASALLIKLARI KO’KRAK VA UNING HOLATLARI

KOKRAK KASALLIKLARI KO’KRAK VA UNING HOLATLARI

13.05.2018 0 By Davolash.uz

KOKRAK KASALLIKLARI KO’KRAK VA UNING HOLATLARI

Ko’krak – sut paydo qilish uchun yaratilgan a’zo bo’lib, tug’ilgan bola to gavdasi pishiqlanib, quvvatga kirguncha, qattiq va tig’iz ovqatni hazm qilishga qobiliyatli bo’lgunicha undan oziqlanadi.

U vena, arteriya va nervlardan tarkib topib, oralig’idagi bo’shliqlarni bezsimon oq tusli sezgisiz et to’lg’azib turadi.

Ko’krakning qondan hosil bo’ladigan nisbati jigarning kaymusdan hosil bo’ladigan nisbati kabidir, chunki ularning har biri ham suyuqlikni tabiat va rang jihatidan o’ziga moslaydi: jigar oq kaymusni qizil qonga aylantiradi, ko’krak bezlari esa qizil qonni sutga aylantiradi.

Ko’krak hujayrasi bo’ylab tarqalgan vena, arteriya va nervlar mayda tolalarga shoxobchalanadi va ular o’ralib bachadon oralarida to’qilib turgan tomirlar orqali bo’ladigan hamkor tomirlar anatomiyasida o’rganiladi.

SUTNING KO’P OQIShINI TO’XTATISh

Sut hadtsan tashqari ko’paysa, ko’krakni og’ritadi, shishiradi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Goho homiladorlik bo’lmay turib unda sut yig’iladi.

Ayniqsa, hayz qoni qamalib qolganda modda kamligi sababli bachadondan haydalib chiqishga kuch topolmay, qaytib ko’krakka borib, sutga aylanganda shunday bo’ladi. Bu o’rinda sutdegani asli sutsimon suyuqlik, ya’ni sutga aylanmagan qondir.

Mavlono Jalolidtsin Rumiy aytadilar:
Muhlat istar sutga ashanguncha tson…
Ya’ni qonning haqiqiy sutga aylanishi uchun 9 oy vaqt kerak. Ba’zan erkaklar balogatga etib ko’kraklari katta- lashganda, sutsimon suyuqlik yig’iladi.

Ayollar ko’kragida sutning kamayishiga asosiy sabab shishirib yoki kuchli tarqalib yo bo’lmasa kuchli qizdirib qurituvchi narsalardir; hamma sovituvchi narsalar balg’am mizojli ayollarda qonni kamaytiradi.

Sovitadigan dorilarga yasmiq, gul yog’i va sirka bilan qo’shilgan boqila uni kiradi. Issiqlik dorilar esa gazak o’ti, uning urug’i, ayniqsa, tog’ gazak o’ti yoki tog’ murchi va uning urugi kabi narsalardan iborat.

1. Tog’ qora rayhoni, zira, ayniqsa, tog’ zirasining 400 grammini 4 litr suvda 20 daqiqa past olovda qaynatib, 3 mahal och qoringa 50 grammdan ichilsa, ona sutini kamaytiradi.

2. Ziraning 100 grammiga 300 gramm sirka qo’shib, 10 daqiqa past olovda qaynatib, 3 mahal (ko’krakka) surtilsa, shunday ta’sir ko’rsatadi.

3. Issiqlik surtma dorilardan biri: uzum sirkasi qo’shilgan kavrak elimining 50 grammiga 100 gramm sirka aralashtirib, 3 mahal ko’krakka surtilsa, yaxshi ta’sir qiladi. KOKRAK KASALLIKLARI

4. Karam ildizini yanchib, 10 kun mobaynida 2 mahal ko’krakka qo’yib bog’lansa, foyda qiladi.

5. Yasmiq uni, boqila uni, za’faron va tuzdan 3 grammdan olib, sovuq suv aralashtirib, 10 kun 3 mahal surtilsa, sut quriydi.

KO’KRAKDA SUTNING IVIB QOLIShI

Sut qurituvchi issiqlik, qotiruvchi sovuqlik sababli ko’krakda iviydi; shu ikkala holatning har biridagi alomat yuqorida aytilgan narsalardan ma’lum bo’ladi. KOKRAK KASALLIKLARI

1. Zaytunning 30 gramm yog’iga 10 gramm mumiyo aralashtirib, ko’krakka 3 mahal surtilsa, sutning ivishiga yo’l qo’ymaydi.

2. Issikdan bo’lgan ivishga qarshi sovuq shishlar va sovuq yog’lardan mol yogining 50 grammiga 10 gramm mumiyo- ni aralashtirib, 3 mahal ko’krakka surtilsa, sut ivishiga to’sqinlik qiladi.

3. Ituzum yaprog’i suvini 3 mahal surtilsa, foyda qiladi.

4. Ituzum bargi, karam bargini tuyib, aralashtirib,

3 mahal bog’lansa ham, foyda qiladi.

5. Doimo issiq suv bilan yuvib turilsa, sovuqtsan bo’lgan ivishlarni qoldiradi.

6. Arpabodiyon talqonini 3 mahal bir osh qoshiqtsan kapalansa, sutning ivishiga to’sqinlik qiladi.

7. Moychechak, shivit, bo’yimodaron, sariq yovvoyi yo’ng’ichqa qaynatmasini 3 mahal 50 grammdan ichilsa, sutni ko’paytiradi. Hamma dorilar ham shunday ta’sir ko’rsatadi.

8. Arab xurmo nonini suv bilan sirkaga qo’shib, , ko’krakka 2 mahal bog’lansa, foyda qiladi

9. Yalpizni sirka va uzum sharobi bilan qo’shib 2 mahal bog’lansa, yaxshi foyda qiladi.

10. Ko’krakka chuvalchanglarni yanchib bog’lansa ham, yaxshi foyda qiladi.

11. Ko’lob zirasi, petrushka urug’i, qizil tasma suvi birga qo’shib surtilsa, sut tiqilmasiga foyda qiladi.

12. Lavlagi suvi, bugdoy va sedana aralashmasi qo’yib bog’lansa, sut ivishiga foyda qiladi.

13. Karam suvini 3 mahal och qoringa 50 grammdan ho’plab ichirilsa ham juda foydalidir.

14. Asalari qora mumining tariq kattaligiday 10 do- nasini esa, bola emizayotgan ayollar ko’kragidagi sut ivib qolmaydi. KOKRAK KASALLIKLARI
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

No votes yet.
Please wait...