JINSIY ZAIFLIK

JINSIY ZAIFLIK

Jinsiy zaiflik (impotentsiya, mijoz sustligi, erektil disfunktsiya) — normal jinsiy aloqa qila olmaslik.
Mashhur psixoterapevt Zigmund Freyd: “Impotentsiya — erkak hayotida eng ko’p uchraydigan omadsizlikdir”, degan edi.

Chunki u erkaklik g’ururiga berilgan eng qattiq zarbalardan biridir. Avvallari impotentsiya bosh miyadan boshlanadi va bunda ayb noto’g’ri ruhiy tayyorgarlikda, deb hisoblanar edi.

Hozir esa erektsiyaga deyarli barcha a’zolar bevosita yoki bilvosita aloqadorligi aniqlanib, ulardagi xastaliklar ham sabab qilib ko’rsatilmoqda. Shunga ko’ra erektil disfunktsiyaning quyidagi turlari (|)arqpanadi:

• Psixogen (psixologik, ruhiy);

• Organik (fiziologik);

• Aralash.

80% hollarda jinsiy ojizlik fiziologik sabablarga ega bo’lib, faqat 20% hollardagina ruhiy faktorlarga bog’liq bo’ladi.

Jinsiy zaiflik ayollarda ham uchrab, fan tilida “frigidlilik” deb ataladi. Frigidlilpk, ya’ni jinsiy aloqaga sovuqqonlik 2 xil bo’ladi.

Jinsiy zaiflik

Birinchi xilida ayol umrida biror marta ham lazzatlanish hissiyotini sezmagap bo’ladi. Ikkinchisida esa oldin lazzatlanishni his qilgan, ammo keyinchalik biror sabab tufayli jinsiy mayli yo’qolib ketgan bo’ladi.

Jinsiy ojizlik ushbu ayollarning hayot tarziga, jamiyatda o’zini tutishiga ham ta’sir qiladi. Bunday ayollarning ba’zilari injiq, fitnachi, hayotdan norozi, janjalkash bo’lib qoladi.

Boshqa birlari jinsiy lazzag ololmagach mehnat bilan ovunmoqchi bo’ladilar, o’zlarini fanga, rahbarlik lavozimlariga, siyosatga bag’ishlaydilar. Yana bir guruhlari “alam”larini ovqat va shirinliklardan olib, oqibatda semirib ketadilar.

Xuddi shunday shaklda jinsiy ojizlik erkaklarning ham hayot tarziga o’z ta’sirini • ko’rsatadi: ularning jinsiy mayli susayib, ayrimlari injiq, janjalkash, ayoli bilan arazlashsa bir necha oylab “yarashmasdan yuradigan” bo’lib qoladi.

Boshqalari esa ilmga yoki dinga mukkasidan ketib, tunlari bilan ibodat qilib chiqadigan yoki kitob o’qiydigan bo’lib qoladi.

Yana bir guruhi 40 yoshgacha oilasidan uzoqlashgisi kelmay yurgan bo’lsa, endi ko’proq va uzoqroq mehnat safarlariga ketishni tarafdori . bo’lib qoladi. Ushbu xatti-harakatlarning asosida jinsiy aloqadagi omadsizlikdan qo’rqish, undan har qanday bahonalar qilib bo’lsa-da, qochish yotadi.

Jinsiy zaiflik
Jinsiy zaiflik mustaqil kasallik bo’lmay, balki ko’pincha oldindan mavjud bo’lgan kasallik yo’ldoshi bo’lib boradi. Ilgari uning barcha turlarini “impotentsiya” degan umumiy nom bilan atalar edi. Lekin ko’p erkaklar vaqti-vaqti bilan jinsiy aloqaga qodir bo’lib qoladilar.

“Impotentsiya” atamasi esa jinsiy aloqaga umuman qodir bo’la olmaslikni bildiradi. Shuning uchun hozirgi vaqtda uning o’rniga “erektil disfunktsiya” atamasi qo’llanilmoqda.

Xo’sh, erkak ayrim vaqtlarda jinsiy aloqaga qodir bo’ladigan bo’lsa, qachon unga “erektil disfunktsiya” tashxisi qo’yiladi? — Qachonki jinsiy aloqalarning 25 foizi (har to’rttadan bittasi) omadsiz bo’lsa, shundagina ushbu tashxis qo’yilishi mumkin.

Erektil disfunktsiya (impotentsiya, jinsiy ojizlik) — bu jinsiy buzilish bo’lib, agar vaqtida va to’g’ri davo qilinsa, 95% hollarda bemor to’liq tuzalib ketadi.

Afsuski, ko’p erkaklar shifokorga murojaat qilishdan uyalib, o’zlarini ruhiy va jismoniy azoblarga qo’yib yuradilar. Statistik ma’lumotlarga qaraganda dunyo bo’yicha 40 yoshdan oshgan 150 million erkak jinsiy zaiflik muammosiga duch kelgan bo’lib, ularning bor-yo’g’i 10 foizigina shifokorga murojaat qilar ekan. Nima sababdan erkak shifokorga murojaat qilmaydi? Buning sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin:

(Visited 106 times, 1 visits today)
Rating: 4.1/5. From 11 votes.
Please wait...
News Reporter

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!