Jinsiy quvvatni oshirish

Jinsiy quvvatni oshirish

Jinsiy quvvatni oshirish 45-usuli Sabzi, asal va tuxum bilan davolash
Sixakdan o’tkazilgan yarim stakan sabziga ikki osh qoshiq asal va qaynatib maydalangan tuxumning yarmi aralashtiriladi. Bir oy davomida har kuni och qoringa toza-toza tayyorlab iste’mol qilinadi.

Jinsiy quvvatni oshirish 46-usuli
Sabzi sharbati va mo’miyo bilan davolash
250 ml toza sabzi sharbati olinib ustiga 0,5 gr mo’miyo aralashtirilib ichiladi. Ushbu aralashmadan har kuni toza-toza tayyorlanib, 3-4 hafta davomida och qoringa ichiladi.

Jinsiy quvvatni oshirish 47-usuli
Anor bilan davolash
Anor kuchli onkoprotektor xususiyatga ega bo’lib, prostata bezi rakining oldini oladi, jinsiy quvvatni oshiradi. Anor sharbati esa qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi. Har kuni bir stakan (200ml) anor sharbati ichib turish organizmni yoshartiradi, potentsiyani kuchaytiradi. Sharqda erkakka sevgilisi oldiga kirishdan oldin bir qovuch anor eb olish tavsiya qilingan.

Jinsiy quvvatni oshirish 48-usuli
Sholg’om, asal va sabzi bilan davolash
100. gr sholg’omni sudda qaynatib, yumshog’i go’shtqiymalagichdan o’tkaziladi va ustidan 50 gr asal va 50 ml sabzi sharbati solib aralashtiriladi. Kuniga uch mahal ovqatdan oldin 50 grammdan iste’mol qilinadi.

Jinsiy quvvatni oshirish 49-usuli
Sut va sabzi bilan davolash
Bir stakan (200 ml) qaynoq sutga 2 osh qoshiq mayin sixakdan o’tkazilgan sabzi solinadi va past olovda 10 daqiqa qaynatiladi. Sovutib, uchga taqsimlab, kuniga uch mahal xohlagan paytda ichiladi.

Jinsiy quvvatni oshirish 50-usuli
Sut va mayiz bilan davolash
30 gr qora mayizni iliq suvda yuvib, ustidan 300 ml toza sigir suti solinadi va qaynatiladi. Qaynatma ozgina sovugach mayizni eb, keyin ustidan sutning hammasi ichiladi.
Avvaliga 30 gr mayizga 300 ml sut bilan boshlab, so’ng har kuni oshirib boriladi va 50 gr mayizga 500 ml sutgacha etkaziladi. Qaynatmani kuniga bir mahal, toki potentsiya tiklanguncha, har kuni iste’mol qilinaveradi.

Jinsiy quvvatni oshirish 51-usuli
Jenshen nastoykasi bilan davolash
Jenshen ildizining nastoykasi jinsiy zaiflikni davolashda yaxshi samara beradi. Uni kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin 15-20 tomchidan ichiladi. Bir kurs davo — 3-6 oy. Kuzda va qishda juda foydali bo’lib, ammo bahorda, potentsiyani susaytirgani sababli, ichish mumkin emas.

(Visited 8 times, 1 visits today)
No votes yet.
Please wait...
News Reporter

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!