Jinsiy quvvatni oshirish

Jinsiy quvvatni oshirish

Jinsiy quvvatni oshirish 38-usuli Bodom bilan davolash
Har kuni ovqatlanishdan oldin uch mahal 15-20 dona chuchuk bodom iste’mol qilish, kishiga kuch-quvvat bag’ishlab, jinsiy ojizlikka duchor bo’lishdan saqtaydi.

Jinsiy quvvatni oshirish 39-usuli Mo’miyo va sharbatlar bilan davolash
Erkak va ayol befarzand-bepusht bo’lganida, jinsiy ojizlikda, erkaklar aspermiya bo’lganida, 0,2-0,5 gramm mo’miyo, sabzi, chakanda, chernika sharbati bilan aralashtirib, kuniga ikki marta ichilsa, yaxshi samara beradi.
Muolaja 25-28 kun davom etib, besh kunlik tanaffus qilinadi. Kerak bo’lsa, muolaja yana qaytariladi.

Jinsiy quvvatni oshirish 40-usuli
Mo’miyo bilan davolash
O’n osh qoshiq suvga ikki gramm mo’miyo eritiladi va eritmani 10 kun davomida ertalab, och qoringa, ovqatdan 15-20 daqiqa oldin bir osh qoshiqdan ichiladi. 5 kun dam olib yana bir kurs takrorlash mumkin.

Jinsiy quvvatni oshirish 41-usuli
Asal va mo’miyo bilan davolash
O’n osh qoshiq asalga ikki gramm mo’miyo eritiladi va eritmani har kuni ertalab, och qoringa, ovqatdan 15-20 daqiqa oldin bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi. 5 kun dam olib yana bir kurs, so’ng 10 kun dam olib yana bir kurs qabul qilish mumkin.

Jinsiy quvvatni oshirish 42-usuli
Tovuq tuxumi bilan davolash
Xom tovuq tuxumida rux moddasi ko’p bo’lib, u erkaklik gormoni (testosteron) ishlab chiqarishini kuchaytiradi, jinsiy quvvatni oshiradi.

Ushbu xususiyati jihatidan bedana tuxumidan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Bedana tuxumining hajmi kichikroq bo’lsada, undagi foydali moddalar tovuq tuxumidan ko’proqdir. Jinsiy quvvatni oshirish uchun kuniga 2-3 dona tuxumni xomligicha, ertalab, och qoringa iste’mol qilish yoki ertalabki nonushtaga qaynatib yoyish tavsiya qilinadi.

Ko’p kishilar tuxumni xomligicha iste’mol qila olmaydilar. Ularga stakanga 1 yoki 2 ta tuxumni maydalab, ustidan ta’bga qarab biror xil meva sharbati yoki asal qo’shib, yaxshilab aralashtirib, ichish tavsiya qilinadi.

Jinsiy quvvatni oshirish 43-usuli
Jinsiy zaiflikda 50 gr qizil lavlagi sharbati, ikki osh qoshiq qizil uzum sharbati, yarim stakan tuyulgan yong’oq mag’zini qaynab turgan bir stakan sutga solib, iliq holda ichiladi. Foydasi uch kunda seziladi.

Jinsiy quvvatni oshirish 44-usuli
Qizilpoycha (zveroboy) bilan davolash
Qizilpoycha o’simligi erkaklar uchun juda qadrli bo’lib, jinsiy gormonlar ishlab chiqarishni yaxshilaydi, erkaklar jinsiy tizimining ishini kuchaytiradi. Bir osh qoshiq quritib maydalangan qizilpoycha ustiga 250ml
qaynoq suv solinib, termosga qo’yi ladi va bir soat dam beriladi. Ovqatdan 15 daqiqa oldin 50 ml. dan,
kuniga 4-5 mahal ichiladi. Doimiy ichib turilsa bir necha
kundayoq foydasi seziladi.

(Visited 219 times, 4 visits today)
Rating: 3.0/5. From 1 vote.
Please wait...
News Reporter

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!