Jinsiy quvvatni oshirish

Jinsiy quvvatni oshirish

Jinsiy quvvatni oshirish 29-usuli Momoqaymoq yordamida davolash

Momoqaymoq (gulqoqi, oduvanchik) giyohini oshko’k sifatida yoki salat ko’rinishida har kuni 2-3 mahal 30-40
grammdan iste’mol qilinsa, kishiga quvvat bag’ishlab, jinsiy zaiflikdan xalos qiladi.

Jinsiy quvvatni oshirish 31-usuli

Sedana urug’i bilan davolash
Har kuni ertalab, ovqatdan keyin, kuniga bir mahal bir choy qoshiq tuyilgan (ezilgan) sedana urug’ini og’izga tashlab, ustidan yarim stakan iliq suv ichilsa, yoki bu yo’l bilan ichishga qiynalsa, yarim stakan iliq suvga bir choy qoshiqcha tuyilgan sedana urug’ini aralashtirib turib ichilsa yaxshi samara beradi.

Jinsiy quvvatni oshirish 32-usuli
Sedana urug’i bilan davolash
Bir choy qoshiq sedana urug’ini bir stakan qaynoq suvga solib, past olovda yarim soat qaynatiladi. Uning suvidan har kuni 3-4 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

Jinsiy quvvatni oshirish 33-usuli
Sedana moyi bilan davolash
Qora sedana moyi antibakterial, og’riq qoldiruvchi, immunitetni kuchaytiruvchi, jinsiy quvvatni oshiruvchi va bepushtlikni davolovchi vosita sifatida qo’llaniladi. Belning pastki qismi va moyaklar atrofiga sedana moyi surtilib, aylantiruvchi harakatlar bilan teriga to’liq surilguncha uqalanadi. Muolaja 1 oy davomida har kuni bajariladi.

Jinsiy quvvatni oshirish 34-usuli
Sarimsoq bilan davolash
Sarimsoq testosteron gormonini ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, erkaklarning jinsiy quvvatini oshiradi, prostata bezi rakining oldini oladi. Uning tarkibidagi selen moddasi ham erkaklarning jinsiy sog’lomligida alohida o’rin egallaydi. Shu sababdan uni 40 yoshdan oshgan erkaklar doimiy xomligicha iste’mol qilib yurishlari tavsiya etiladi.

Jinsiy quvvatni oshirish 35-usuli

Bir choy qoshiq za’faron (shafran)ni bir stakan qaynoq suvga solib, yarim soat past olovga qo’yiladi. Damlamani kuniga uch mahal, ovqatlanishdan oldin bir oshqoshiqdan ichiladi. Bu jinsiy ojizlikdan xalos bo’lish va siydik yo’llaridagi tosh kasalligiga yo’liqqan bemorlarning shifo topishiga yordam beradi. Damlamani 2-3 hafta ichgandan keyin 12 kun tanaffus qilinib, so’ngra yana davom ettiriladi.

Jinsiy quvvatni oshirish 36-usuli Semizo’t bilan davolash
Quritilgan semizo’tdan bir osh qoshiq olib, bir stakan suvga solib, damlama tayyorlanadi. Bir osh qoshiqdan to’rt mahal ichiladi. Bu mijozni quvvatlantiradi.

Jinsiy quvvatni oshirish 37-usuli Mo’miyo, sabzi sharbati va zira urug’i bilan davolash
Erkak bepusht bo’lsa, mijozi sust, urug’i sifatsiz bo’lsa, mo’miyoni sabzi sharbati, urug’i, yanchilgan zira urug’iga 1:20 nisbatda qo’shib har kuni nahorda va kechqurun uxlashdan oldin ichiladi.

Bir kurs davolanish 25-28 kun davom etadi. Agar mo’miyoga tuxumning sarig’i qo’shilsa, ushbu malhamning foydalilik xususiyati yanada oshadi. Bir haftadayoq mijozning yaxshilangani seziladi.

(Visited 77 times, 4 visits today)
No votes yet.
Please wait...
News Reporter

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!