Jinsiy quvvatni oshirish

Jinsiy quvvatni oshirish

Jinsiy quvvatni oshirish Har kuni bitta-ikkita chumchuqni kabob qilib eyiladi.

Jinsiy quvvatni oshirish 10-usuli

Bosh piyoz va ko’k piyoz bilan davolash
Bir bosh piyozni sho’rva, sut va boshqa ovqatlarga qo’shib, har kuni 3 mahal eyiladi.

Ko’k piyozning ham foydasi juda kattadir. Piyozning tarkibida rux, mis va temir moddalari ko’p bo’lib, uLar birgalikda bir-birining ta’sirini kuchaytiradi. Piyoz jinsiy mayl (xohish-istak)ni kuchaytiradi, urug’ (sperma) ishlab chiqarishni ko’paytiradi.

Prostatit va prostata bezi adenomasini davolashdan tashqari, piyoz qarilikning ham oldini oladi. Buning boisi shundaki, uning tarkibida shunday moddalar borki, ularning kimyoviy tuzilishi odamning jinsiy gormonlariga yaqindir. Qarishning asosiy sabablaridan biri esa, qonda gormonlar mikdorining kamayishi hisoblanadi.

Jinsiy quvvatni oshirish 11-usuli

Qovoq urug’i bilan davolash
Qovoq urug’i tarkibida erkaklar uchun juda zarur bo’lgan rux moddasi ko’p bo’lib, har kuni 30-40 donasini iste’mol qilsa, tananing bir sutkalik ehtiyoji qoplanadi. Shifo maqsadida esa har kuni 1-2 stakan miqdorida chaqib eyish tavsiya qilinadi.

Jinsiy quvvatni oshirish 12-usuli Bng’oq va kunjut urug’i bilan davolash
Yong’oq mag’zini kunjut urug’i bidan qo’shib eb yurganda erkaklik quvvati tiklanadi.

Jinsiy quvvatni oshirish 13-usuli No’xat bilan davolash

No’xatni olib, bir kecha-kunduz suvda ivitib qo’yib, so’ngra eyylib, suvi ichilsa, erkaklik quvvati tiklanadi.
Jinsiy quvvatni oshirish 14-usuli Gulxayri tomiri va gul sharbati bilan davolash
Gulxayri o’simligining tomiri hamda gul sharbatini ichib yurgan erkak kishida shahvat uyg’onib, jinsiy quvvat ortadi.

Jinsiy quvvatni oshirish 15-usuli
Zanjabil ildizi, asal va petrushka sharbati bilan davolash
200 gramm zanjabil (imbir) ildizini sixakdan o’tkazib, 100 gramm asalga’ yaxshilab aralashtirib, “zanjabilli asal” tayyorlanadi va uni qorong’i, salqin joyda, shishali idishda saqlanadi.

Aralashmadan bir osh qoshiq olib, ustiga siqib olingan petrushka sokidan bir osh qoshiq qo’shiladi va kuniga 2-3 mahal, och qoringa iste’mol qilinadi.

Jinsiy quvvatni oshirish 16-usuli

Petrushka sharbati bilan davolash
Petrushka tarkibida apigenin antioksidanti bo’lib, u qondagi estrogen (ayollik gormoni) miqdorini
kamaytirib, testosteron (erkaklik gormoni) miqtsorini oshirish xususiyatiga ega. Natijada erkakning jinsiy quvvati (potentsiya) oshadi.

Petrushka sharbatini har kuni ovqatdan yarim soat oldin, 1-2 osh qoshiqdan, 3 mahal iste’mol qilish juda foydali. 20 kundan so’ng 10 kun dam olib, yana bir kurs ichiladi.

(Visited 18 times, 1 visits today)
Rating: 3.0/5. From 2 votes.
Please wait...
News Reporter

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!