Jinsiy quvvatni oshirish

Jinsiy quvvatni oshirish

Jinsiy quvvatni oshirish Bir yarim gramm kiyik o’tini maydalab, unga yarim gramm qovun urug’i, uch yarim gramm qo’y yog’i, 70 gramm asal bilan qo’shib eyilsa, olatga quvvat bo’ladi.

Jinsiy quvvatni oshirish 2-usuli
Sarimsoqni qo’y sutiga pishirib, so’ngra sigir yog’iga qovurib, asal bilan qo’shib eyilsa, erlik quvvati oshadi.

Jinsiy quvvatni oshirish 3-usuli
Yanchilgan yong’oq mag’zi, gul murabbosi, mayiz va toza asal teng mikdorda olinib, yaxshilab aralashtirilgach, og’zi yopiladigan idishga solib, salqin joyda saqlanadi. Aralashmadan har kuni to’rt osh qoshiqdan 3-4 mahal iste’mol qilinsa, erkaklik quvvatini oshiradi.

Jinsiy quvvatni oshirish 4-usuli

Sabzi sharbati va asal bilan davolash
Sarxil sabzi sharbatini toza asal bilan teng miqdorda aralashtirib, og’zi yopiladigan idishga solib, salqin joyda saqlanadi. Kuniga bir necha marta bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi. Aralashma barcha a’zolarni quvvatlantirib, jinsiy zaiflikdan xalos qiladi.

Jinsiy quvvatni oshirish 5-usuli Piyoz va asal yordamida davolash

Piyozni go’sht qiymalagichdan o’tkazib, suvi siqib olinib, unga ikki hissa asal qo’shib, past olovda cho’zilib sekin oqadigan holga kelguncha qaynatiladi. Ana shu quyuq sharbatdan har kecha 2-3 qoshikdan iste’mol qilinsa, jinsiy quvvat oshadi.

Jinsiy quvvatni oshirish 6-usuli Piyoz urug’i va asal yordamida davolash

Piyoz urug’ini maydalab, unga 1 ga 1 mikdorda asal qo’shib, bir kecha-kunduzda bir choy qoshiqchadan uch marta ichiladi. Bu prostagitni davolashda, jinsiy a’zolarning faoliyati buzilganda, ayniqsa, zaxm, so’zak kabi tanosil kasalliklarida yaxshi yordam beradi

7-usuli Gul changi yordamida davolash
Ertalab, och qoringa 1 osh qoshiq gul changiga 1 qoshiqcha asal qo’shib aralashtiriladi (asal aralashtirmasdan o’zini shimilsa ham bo’ladi). So’ng og’izga solib, toki o’zi erib so’rilguncha, sekin-asta shimiladi.

20 daqiqa davomida izidan hech narsa eyilmaydi va ichilmaydi. So’ng tushlik payti ham ovqatdan yarim soat oldin xuddi shunday qabul qilinadi. Ammo kechqurun gulchangini iste’mol qilish mumkin emas. Bir yarim oy qabul qilingach, 10 kun dam olinadi, so’ng yana bir kurs davom ettiriladi. Shunday qilib yil davomida 5-6 kurs qabul qilish mumkin.

8-usuli
Yong’oq va kishmish bilan davolash
To’rt dona yong’oq mag’ziga 10 gr kishmish aralashtirib ezib, bir mahaldan 40 kun eyiladi.

(Visited 310 times, 4 visits today)
Rating: 4.5/5. From 2 votes.
Please wait...
News Reporter

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!