JINSIY ALOQA HAQIDA

JINSIY ALOQA HAQIDA

JINSIY ALOQA HAQIDA Jinsiy akt normal jinsiy faoliyatli erkak uchun quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:
1. Jinsiy mayl (libido)ning paydo bo’lishi;

2. Suyib erkalash;

3. Erektsiyaning paydo bo’lishi;

4. Zakarni qinga kiritish;

5. Bir necha daqiqa davomida o’nlab friktsion harakatlar qilish;

6. Eyakulyatsiya (urug’ to’kilishi);

7. Eyakulyatsiya paytida orgazmni his qilish.

Yuqoridagi etti bosqichning birortasining bo’lmasligi to’laqonli jinsiy aktni amalga oshirishga imkon bermasligi va bora-bora boshqalarining ham buzilishiga olib kelishi mumkin. Ko’pincha erektsiya va eyakulyatsiya jarayonlarining buzilishi kuzatiladi.

JINSIY ALOQA HAQIDA

JINSIY MAYL
Jinsiy mayl (libido) — jinsiy aloqaga xohish, ehtiyoj, rag’bat, intilish, insondagi jinsiy instinktlarning ko’rinishi, nasldan naslga o’tib keladigan tug’ma mexanizmlar to’plami. U bola balog’atga etish davrida paydo bo’lib, keyinchalik qarilikda jinsiy funktsiyalar so’nishi natijasida sekin-asta yo’qolib ketadi.

EREKTsIYa
Jinsiy mayli normada bo’lgan erkak, odatda ayolni erkalab, silab-siypab, o’pib, erogen sohalarga tegib ham o’zini, ham ayolni qo’zg’aydi va natijada erektsiya paydo bo’ladi.

Erektsiya reflektor akt bo’lib, u tufayli zakar qonga to’lib, harorati ko’tarilib, ikki-uch baravar kattalashib, tarang tortadi va natijada jinsiy aloqa qilish imkoniyati tug’iladi. Shundan so’ng zakar qin ichiga kirgizilib friktsion harakatlar boshlanadi.

Erkak seksualligining eng asosiy namoyon bo’lishi erektsiya va eyakulyatsiyadir.
Jimo’dan keyin yoki aloqaga qulaylik tug’dirmaydigan sharoitlarda erektsiya barham topadi.

FRIKTsIYa
Friktsiya (lotincha Gpsyo — ishqalanish)- jinsiy akt davomida erkak zakarining ayol qini ichida oldinga- orqaga harakatlanishi.

Bir friktsion tsiql zakarni qin ichiga kirgandan to eyakulyaniya sodir bo’lguncha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu paytda zakar qin devorlariga ishqalanib, undagi erogen zonadarni qo’zg’aydi va bu qo’zg’alish ma’lum darajaga ko’tarilgach orgazmga olib keladi va jarayon eyakulyatsiya bilan tugaydi. Friktsiyalar tezligi, amplitudasi, g’ayrat va shiddati, ritmi (maromi) bo’yicha qar xil bo’ladi.

EYaKULYaTsIYa VA ORGAZM
Eyakulyatsiya – jinsiy aloqa vaqtida zakarning bevosita ta’sirlanishi natijasida qo’zg’alish kuchayib borib, odatda urug’ tashlash, ya’ni shahvat (sperma) to’kilishi bilan tugaydigan jarayon.

Eyakulyatsiya ham murakkab reflektor akt bo’lib, shahvat to’kilishiga bir necha soniya qolganda kishi orgazm (juda xush yoqish, lazzatlanish)ni seza boshlaydi.

Eyakulyatsiya jinsiy aloqaning eng yuksak cho’qqisi bo’lib, bu vaqtda urug’ pufakchalari, prostata bezi mushaklari tortishib qisqaradi, urug’ni otib chiqaruvchi yo’l peristaltik ravishda qisqarib turadi.

Agar ushbu aytib o’tilgan a’zolar tonusi susaygan bo’lsa, urug’ tashlash paytida kishi orgazm (lazzatlanish) hissini sezmaydi. Orgazm tugashi bilanoq jinsiy qo’zg’alish bosilib, erkak bir qancha vaqtgacha jinsiy ta’sirlarga befarq bo’lib qoladi.

(Visited 433 times, 9 visits today)
Rating: 5.0/5. From 1 vote.
Please wait...
News Reporter

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!