JIG’ILDON QAYNASHI

JIG’ILDON QAYNAShIDAGI OG’RIQLAR

Jig’ildon qaynashi (zarda qaynashi,gastroezofageal reflyuks) me’da ichidagi mahsulotning qizilo’ngachga,

ayrim hollarda kekirdak va og’izgacha qaytib chiqishi oqibatida bo’lib, bugungi zamon aholisining 8-12% qismida muntazam, 30-3% qismida esa vaqti-vaqti bilan kuzatilib turadi.

Demak, ko’rinib turibdiki, zarda qaynashi odamlarning qariyb yarmida doimiy yoki muvaqqat holda kuzatilar ekan.

Ayrim olimlar zarda qaynashining asosiy sababi diafragma churrasi deb o’ylaydilar. Ammo, diafragma churrasi unchalik ko’p uchraydigan norasolik emas.

«Amerika aholisi orasida zarda qaynashi juda ko’p uchraydi, – degan edi doktor Kastell. Buning asosiy sababi bir mahalning o’zida juda ko’p va o’ta yog’li, yoki shirali ovqatni qabul qilish, ovqatlanishdan avval va keyin ko’p miqdorda chekish, yoki yotib olishdir».

Nafsi buzuqlik, chekish, kamharakatlik, ichkilikbozlik, ich qotishi, suyuqlikni kam iste’mol qilish-bularning barchasi qizilo’ngachni me’dadan ajratib turadigan sfinkter mushagining bo’shashishiga, me’da shirasi tarkibidagi kislotalilik darajasining oshib ketishiga olib keladi, bu omillar uyg’unlashmasi esa jig’ildon qaynashi sifatida namoyon bo’ladi.

Bir ebto’ymas kishi tushlik mahapi oshxonaga kirib 99 ta somsa va choy buyuribdi. Ofitsiant;

– Oka. hisob to’gri bo’lishi uchun somsadan 100 ta keltira qolay, – desa;

– Nima men senga molmidim. – deb o’zini haqorat langanday his etgan ekan.

Og’riqni tez bartaraf qilish usuli
Agar qo’l ostingizda biror samaraliroq davo vositasi bo’lmasa, jigildon qaynashini kamaytirish uchun ko’proq eo’lagingizni yuting.

So’lak shirasi tarkibagi fermentlar me’da shirasi tarkibidagi xlorid kislotani neytrallab og’riq hissini kamaytirishi mumkin.

Me’da shirasini neytrallovchi almagel, glyukomag kabi preparatlardan qabul qiling. Ular dorixonalarda retseptsiz sotiladi.

Ko’p miqdorda iliq suyuqlik iching va qusib tashlang. Bundan osoni yo’q. Bning uchun suyuqlik ichilgandan keyin qo’l yoki oyoqning barmoqlari tiqilib, til orti va halqum shilliq qavatini qitiqlash lozim, bu esa qusish refleksini chaqiradi.

Yana ham yaxshirog’i 1-2% natriy gidrokarbonatning iliq eritmasini ichib, qusib tashlashdir. Buning uchun bir lytr iliq suvga 1 osh qoshiq pishevaya soda solib eriting va birvarakayiga ichib yuboring. Uning yoqimsiz mazasi va iliqligi qusish hissini keltirib chiqaradi.

Bu ishqoriy eritma birinchidan kislotaning ortiqchasini neytrallaydi, ikkinchidan me’da mexanik tarzda yuvilib, ogriq hissini birdaniga yo’qotadi.

Uzoq muddatlik profilaktika dasturi
Ovqatni oz-ozdan tez-tez qabul qiling (bu degani tinim- siz eng degani emas). Alkogol va tamaki. mahsulotlaridan, o’tkir, sho’r va qovurilgan ovqatlardan tiyiling, kun bo’yi ko’proq suyuqlik iching.

Tungi jigildon qaynashlarini ol- dini olishda boshni balandroq qilib yotish ancha naf beradi. G’ Ovqatlangandan keyin kamida 3 soatni o’tkazib uxlang, o’ng tomonni bosib yoting.

Agar yuqoridagi tavsiyalar, zantak, almagel, alyumag kabi dori vositalari naf bermasa, shifokorga murojaat qiling.

(Visited 40 times, 1 visits today)
No votes yet.
Please wait...
News Reporter

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

error: Content is protected !!