JIGAR KASALLIKLARI JIGARNI DAVOLASh HAQIDA

JIGAR KASALLIKLARI JIGARNI DAVOLASh HAQIDA

13.05.2018 0 By Davolash.uz

JIGAR KASALLIKLARI JIGARNI DAVOLASh HAQIDA

JIGAR KASALLIKLARI Jigarning sog’lig’ini mos narsa bilan saqlash, bemorligini zid narsa bilan qaytarish, uning shishlari va yaralarinidavolash, etgan zararlarni qaytarish, tiqilmalarni ochish tadbirlari boshqa a’zolarga ham zarur bo’ladigan muolaja- lar bilan qilinishi kerak.

Jigar kasalliklarida, ayniqsa tiqilmalar va shunga o’xshash sabablardan bo’lgay kasalliklarda dori ichirish- ning eng yaxshi vaqti oshqozondan jigarga o’tib, undan paydo bo’lgan narsa hazm bo’ladi va jigardan ajralishi zarur narsalar ajraladi, deb taxmin qilinadigan vaqtdir.

Shu holat bilan ovqat eyish o’rtasida anchagina vdqt o’tishi kerak. Odatda, bu vaqt kechki uyqudan turgandan keyin va issiq suvda yuvinishdan oldingi vaqtdir. Bundan tashqari jigarni davolashda ishlatiladigan tarqatuvchi va ochuvchi dorilarning burishtiruvchi va kuchaytiruvchi narsalardan xoli bo’lmasligi kerak, lekin hadtsan tashqari quritib yuborishi gumon qilinsa, ular qo’shilmaydi.

Imkoniyati boricha jigarni juda ko’p sovutish kerak emas, bu istisqo kasallikka olib keladi, juda isitish ham kerak emas, bu jigarning so’lishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun davolanayotgan jigar tabiiy mi- zojning miqtsorini bilish kerak. Jigar tabiiy mizojiga qaytarilgach, davolash to’xtatiladi.

Agar jigarni davolashda xato qilinsa, kasallik av- val tomirlarga, keyin badanga o’tadi. Kasallik jigarning chuqurligida bo’lib, surgi zarur bo’lgan joyda peshobni haydash yoki kasallik jigar do’ngida bo’lib peshobni yurgizish kerak bo’lgan joyda surgi berish ya’ni ichni surish katta xatodir.

Jigarga ishlatiladigan dorilarni mayin qilib yan- chish kerak. Dorilar.xoh issiq, xoh sovuq, xoh burishtiruvchi bo’lsin, baribir ular jigarga borib etishi uchun javhari latif bo’lishi zarur.

Suyultiruvchi dorilar ichilsa, ular qonni o’tkir qilib yuboradi, bu narsani ko’zda tutish kerak. Ma’lum o’simlik ildizlari suv ochuvchi va suyultiruvchi dorilar jumlasidan bo’lib, ular goho jigarda turli xiltlarni tug’diradi. Shunday bo’lgach, ularni ikki yoki uch kun ketma-ket ichgandan keyin ketidan ich yumshatuvchi dorilardan berish kerak.

Peshobni haydashga keladigan bo’lsak, buni o’simlik ildizlari qaynatmasining suvi bajaradi. Sachratqining hamma turi, ayniqsa, uning cho’lda o’sadigan achchiq xili va issiqlikka yaqin bo’lgan jigar og’riqlariga foyda beradi. Issiq mizojli kishilarga sachratqini yskanjubin bilan, sovuq mizoj- larga esa asal suvi bilan beriladi.

Davosi:

1. 500 gramm sachratqini 1 sutka 5 litr suvda ivitib, ertasi 20 minut qaynatib, och holda 3 mahal 50 grammdan ichilsa, foyda qiladi.

2. Iskanjubin qaynatmasiga 4 litr sachratqi suvi, qo’shib 20 minut qaynatib, och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, sovuq mizojlarga foyda qiladi.

3. 200 gramm isiriq talqonini 15 kun och holda 3 mahal yarim choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, sovuq mizojli kishilarga foyda qiladi.

4. Yarim siqim taratezak bargini och holda 20 kun 3 mahal choynakka tashlab, 10 minut damlab, choy qilib ichilsa, sovuq mizojli kishilarga yaxshi foyda qiladi.

5. Aloe suviga teng baravar asal qo’shib, 3 mahal och holda ichilsa, issiq va sovuq mizojlarga begumon foyda qiladi.

6. Paq-paqni 20 kun 3 mahal quyuq choy qilib ichilsa, pe- shobni haydaydi, jigar faoliyatini yaxshilaydi.

7. Dolchin qaynatmasini och holda 3 mahal 25 kun 2 osh qoshiqtsan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.

8. G’ubbak daraxti po’stloq qaynatmasini och holda 10 kun 3 mahal 2 osh qoshiqtsan ichilsa% bemorga foyda qiladi,

asoratsiz tuzaladi.

JIGAR KIChIKLIGINI DAVOLASh

Ayrim kishilarning jigari kichik bo’lib, ba’zan hajmi buyrakdek bo’ladi. Jigari kichik bo’lgan kishi o’ziga kerakli ovqatni esa, jigar sig’dirmaydi va oshqozon jigarga o’zidan yuborgan narsaga, jigar torlik qiladi.

Natijada, tiqilma va tortishuvchi og’ir og’riqlar paydo qiladi. Yana bu hol jigar faoliyatini susaytiradi, chunki jigarning ishlovchi quvvati o’z ustiga kelib tutagan ishlovchi narsaning quvvati tagida bosilib qoladi va hazm, tutish, ajratish va haydash ishlarining sog’lom holatiga xalal etadi. Goho shulardan ich buzilish va ich ketishi davom etadi, chunki toza kaylusining ko’p qismi jigarga tortilmaydi.

Belgilari:

Jigarning kichikligiga unda tiqilmalar paydo bo’lishi va elning ko’pligi, ovqatga ehtiyoj dalolat qiladi. Mo’’tadil miqtsordagi ovqat ham og’irlik qiladi, ovqatga ehtiyoj ko’pligidan badan kuchsizlashadi.

Hazm doimo kuchsiz bo’ladi, tiqilmalar va shishlar ko’payadi. Barmoqlarning qisqaligi ham jigarning kichikligini ko’rsatuvchi belgilardandir.

Badani ovqatdan tegishli hissani olmaydigan va gavda- si deyarli o’sib ko’tarilmaydigan bir kishi bor edi. Jolinus u kishini jigarining ichi va yo’llari tor yaratilganligi- ni taxmin qilib, o’shanday hollarda ishlatiladigan tadbirni qo’lladi.

Unday kishilar miqdori oz, oziqligi ko’p va tez o’tadigan ovqatlar bilan davolanadi. Ovqatlar bir necha mar- ta bo’lib iste’mol qilinadi. Peshob haydovchi, jigarni toza- lovchi, suyultiruvchi va ochuvchi dorilar iste’mol qilinadi.

1. Zarcho’ba talqonini 15 kun 3 mahal och holda yarim choy qoshiqtsan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, begumon foyda qiladi.

2. Makkai sano talqonini 1 mahal 1 osh qoshiqdan kapa- lab orqasidan qaynagan suv ichilsa, ichdagi dam va el 4-5 soatda tuzaladi.

3. Misvok qaynatmasini och holda 10 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.

JIGAR OG’RIG’INI DAVOLASh

Jigarda og’riq uning parda qismida buzilgan mizoj sa- babli yoki tortishuvchi el sababli yoki tiqilmalar sabab- li yoki issiq yo qattiq shishlar sababli paydo bo’ladi Chunki sovuq balg’amdan bo’lgan shishlar kamdan-kam holda og’riq paydo qiladi. Goho jigarda xiltlarning qo’zg’alishi sababli ham og’riq bo’ladi.

Jigar kuchsizligi sababli og’riydi, chunki u o’ziga kelayot- gan oziqni ko’tarolmaydi va uni o’rab turgan parda aziyatlanadi. Goho jigar moddalarning harakatidan ham og’riydi, ular jigarda chiqmasidan og’irlik va og’riq paydo qiladi.

Jigarda bo’ladigan juda qattiq og’riq faqatgina kuchli issiq shishdan yoki eldan bo’ladi. Shuning uchun isitma og’riq bo’lsa, bunga el sabab bo’ladi. Isitma paydo bo’lsa, Buqrot aytganidek, u jigardagi elni tarqatadi. Jigarda og’riq pay- do bo’lib, shu bilan birga boshning orqa qismidagi do’nglik va oyoq bosh barmoqlari qattiq qichishsa, ensada boqilaga o’xshash qora chiziq paydo bo’lsa, bemor uchun bu xavflidir.

Shunday kasallikka uchragan kishilarda a’zoning zararlanishi sababli qiynalib siyish va tomchilab siyish paydo bo’ladi. Agar zararli suv moddasi peshob orqali haydalib chiqmasa, o’tish yo’llarining boshqa birortasi orqali boshqa a’zoga o’tib, o’z achchiqligi va buroqsimonligi bilan qatgiq qichishish paydo qiladi.

Davosi:

1. Chukri (ravoch)rldizining 400 grammini 4 litr buloq yoki yomg’ir suvida 1 sutka ivitib, ertasi 40 minut ustini yopib qaynatib, 15 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, jigar kuchsizligiga foyda qiladi.

2. Gazak o’tini 10 kun 3 mahal choy qilib ichilsa ham, ji- gar og’rig’iga foyda qiladi.

3. Moyi qorazirani 300 grammi, 3 litr suvda 25 minut qaynatib, 3 mahal 2 osh qoshikdan ichilsa, jigar og’rig’iga yaxshi ta’sir qiladi.

4. Yana foydali dorilardan sanobar yaprog’i, 500 gramm iskanjubn 12 gramm chukri ildizi, 18 gramm za’faron, 10 gramm petrushka urug’i va 20 gramm arpabodiyon qo’shib, 5 litr buloq yoki yomg’ir suvida 30 minut past olovda qaynatib, 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, jigar og’rigi tuzaladi.

5. Atirguldan 200 gramm, sumbuldan 300 gramm, ro’yan il- dizidan 400 gramm, aloe suvidan 500 gramm qo’shib, 7 litr suv- da 30 minut qaynatib, 12 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshikdan ichilsa, jigar og’rig’i tuzaladi.

6. Uzum sirka cho’kmasidan 300 gramm, temir chirkidan 300 gramm, sumbul ildizidan 500 gramm, qo’shib, 6 litr suvda 30 minut ustini yopib qaynatib, 10 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqqa 1 choy qoshiq kashnich suvi qo’shib ichilsa, jigar og’rig’i tuzaladi.

7. Qashqar bedaning 500 grammi 3 litr suvda 30 mi- nut qaynatilib suviga 3 mahal dokani to’yintirib, 10 kun qoringa yopishtirib salafan bilan o’rab yotilsa, jigar og’rig’i to’xtaydi.

8. Zaytun yog’ini 10 kun 3 mahal qoringa surtib massaj qilinsa ham, og’riq ketadi.

9. Gazanda talqoniga zaytun yog’ini teng baravar aralash- tirib, 2 mahal surtib, salafan bilan o’rab qo’yilsa, qorin og’rig’iga va jigar so’lishini davolashga yaxshi foyda qiladi.

JIGAR SO’LIShI, SUV yig’ilishini DAVOLASh

Belgilari: lablar sho’rlanadi, kishi noxush bo’ladi, ko’zi xiralashadi, ko’p tush ko’radi.

1. Abu jaxd tarvuzi ildiz qaynatmasini 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin 1 osh qoshiqtsan ichish kerak.

2. Arpabodiyon talqonini 3 mahal 1 dirhamdan kapalash lozim.

3. Chigirtkani quritib, talqonini 3 mahal 1 dirhamdan
kapalash kerak. . –

4. Qudrat noryn qaynatmasidan 3 mahal 50 grammdan 25 kun ichinq quritilgan qora chigirtka talqonini kapalash (10 kun 3 mahal) ham foyda beradi.

5. Zirk qiyomidan 1 haftagacha 1 mahal 1,5 dirhamdan 2,5 dirhamgacha sut bilan ichilsa, foyda qiladi.

6. Bodom, yong’oq, kanakunjut yog’laridan 4 uqiyadan olinib, Misr baqilasi talqoniga qo’shib ichish (15 kun uch mahal 1 uqiyadan ichiladi. 1 uqiya – 25,5 gramm) foyda beradi.

7. 40 kun 3 mahal echki yoki tsuya sutini ichish shart. Ovqati sutda qilinadi, suvi qochgan nrn iste’mol qilinadi (boshlanishda).

8. Za’faron talqoniga qalampir qo’shib, 1 mahal kapalan- sa, shifo topadi.

9. Qalampir, yong’oq, chigirtka, dolchin, sabzi urug’i, zira – hammasidan 100 grammdan qo’shib qovurib, 15 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan sutga aralaiggirib iste’mol qilish tavsiya etiladi.

10. Abu JahL tarvuzi suvini 20 kun 3 mahal 2 osh qoshiqtsan och holda ichilsa, so’lish holati o’zgarib, yaxshi bo’lish holatiDa qaytadi.

11. Abu Jahl tarvuzi urug’ talqonini 2 mahal kapalasa, ichni suradi.

12. Makkai sanoni 1 mahal 10 donadan kapalansa, 3-4 soat- ichida ichni suradi.

13. Arab xurmosi, olcha, gulob qo’shib qaynatilib, qaynatmaga gazak o’ti va anjir qo’shilib, saharda bir mahal 50 grammdan ichilsa, qorindagi suvlarni begumon haydaydi.

14. Kungaboqar yog’i ham 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, ichni yaxshigina suradi.

15. Za’faronga achchiq qalampir qo’shib kapalansa, shifo topadi (1 mahal yarim choy qoshikdan).

16. Qalampirmunchoq 100 gramm, yong’oq mag’zi 100 gramm, chinni gul urug’i 100 gramm, dolchin 100 gramm, zanjabil 100 gramm, sabzi urug’i 100 gramm, zira urug’i 100 gramm.

Hammasini qo’shib aralashtirib, qozonda bir oz qizdirib qo’yiladi. Bundan bir osh qoshiq mikdorida olinib, bir qoshiq sutga aralapggirilib, 3 mahal och holda iste’mol qilynsa, kasal begumon tuzaladi.

Kasallar kuyidagi parhezga amal qiladi: yong’oq, limon, apelsin, loviya, uzum, karam, kartoshka, no’xat, shivit, pomi- dorni k)Ch1 eyishi kerak.

Ovqatlar: o’simlik yog’idan qilingan qaynatma, suvi qotgan non, qattiqli atala, mastava, 5 oylik jo’ja go’pggidan 3 mahal tuzsizroq sho’rva ichish kerak. Bu xil davolash yaxshi natijalar beradi.

JIGAR SO’LIShI KASALLIGINING DAVOSI

Tabobatda bu kasallikni davolash uzoq davom etib kelmoqtsa. Bu kasallik keng tarqalib, nihoyatda og’ir va xav- fli kasallik bo’lib, zamonaviy meditsinada bu sohada izla- nishlar davom etib, anchagina muvaffaqiyatlarga erishilgan bo’lsa-da, kasallik asoratlaridan bemorlar ko’plab aziyat chekadi.

Ana shu kasallikni davolashda kamina ko’p yillar izlanish olib bordim. Ayniqsa, sariq va jigar so’lishi, istisqo kasalliklarini qora halila va g’ubbak daraxti bilan davolab, katta yutuqlarga erishdim.

Payg’ambarimiz (s.a.v.) aytadilar- ki, «Siz qora halilani iching, u jannat o’simliklaridandir. U hamma dardlarga shifo bo’ladi».

Qora halila Eron, Afg’onistdn, Arabiston va boshqa mam- lakatlarda ko’p uchraydi. Hozir Toshkent va Dushanbe shahri bozorlarida topiladi. G’ubbak Osiyoning hamma tog’larida o’sadi. Masalan, Hisor va Bobotog’da ko’proq uchraydi.

1. Qora halila talqonini 20 kun 3 mahal och holda ovqatdan 1 soat oldin 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan g’ubbak qaynatmasidan 100 grammdan ichilsa, jigar so’lish ka- salligidan qutuladi.

2. Qudrat norin qaynatmasidan 20 kun 3 mahal ovqatdan keyin 100 grammdan ichilsa ham tuzaladi.

3. Kasal to’liq tuzalgunicha, 20 kun 3 mahal 100 grammdan echki suti ichiladi.

4. Kasal 20 kun 5 oylik jo’ja go’shtini yog’siz qaynatib, xil-xil pishirib, sho’rvasini 1 mahal ichadi.

Davolanish davrida parhezga qat’iy amal qilinadi. To’liq tuzalmaguncha qatiq, sut, qovurma ovqatlar, palov, qovun, sho’r, achchiq va sovuq narsalardan iste’mol qilinmaydi. Jinsiy aloqadan tiyilib guriladi.

5. Qirq kun sarimsoq piyozga teng miqdorda asal aralash- tirib, 3 mahal 2 osh qoshiqdan iste’mol qidinsa, tuzaladi.

JIGAR TIQILMALARINI DAVOLASh

Tiqilmalar goho jigarning go’shtida uny oziqlantiradigan qonning quyuqligi sababli yoki haydovchi quvvatning kuchsizligi yoki tortuvchi quvvatning kuchliligi sababli paydo bo’ladi. Ba’zan tiqilma jigardagi tomirda ularning torligi sababli yoki o’sha tomirlarning bujmayishi va shunga ,o’xshash holatidan yoki ularning yaratilishida buralib qolganidan yoki o’sha tomirlarda yuradigan xiltdan paydo bo’ladi.

Shu keyingi xil tiqilma ko’pincha «Qopqa» tomirlarining shoxobchalarida bo’ladi, chunqi tiqilma paydo qiluvchi modda o’sha shoxobchalarga, keyin ulardan suzilib va cho’kmasini qoldirib, ko’tariluvchi tomir shoxobchalarining ogizlariga boradi. Shuning uchun tiqilmalar, ko’pincha jigarning chuqurlik tomonida bo’ladi. Ba’zan ish jigar do’ngligida tiqilmalar paydo bo’lishigacha etib boradi.

Jigarda tiqilmalar ko’payib, uzoq vaqtgacha cho’zilsa, istma paydo qiladigan istisqo (tsirroz)ga olib keladigan shishlarga va qattiq og’riq paydo qiladigan ellarning tug’ilishiga borib etadi. Go’yo tiqilmalar jigar kasalliklarining «onalari»dir.

Tiqilma paydo qiluvchi modda quyuqligi, yopishqoqligi yoki to’liqligi sababli to’suvchi xilt paydo bo’ladi yoki tiqilmani shish yoki el yoki bujmaytiruvchi biron kayfiyat paydo qiladi. Jigarda et yoki so’gal o’sadi. Unda quyuq xilt- dan boshqa bir narsa to’xtab qoladi, deyish aqldan uzoq, u juda kam bo’ladi.

Chunki tomirlarning og’izlari asabga boy bo’lib, ulardan biron narsa o’tmaydi. Yana ularning soni ko’p, basharti birortasida et o’ssa, bu narsa boshqalariga ta’sir qilmaydi.Tiqilma paydo qilishdagi ta’sir etuvchi omil buzilgan issiq yoki sovuq mizoj yoki jigarning o’zida tug’ilgan yo unga sirtdan kirgan, masalan, havo va boshqa narsalar sababli hazm, ajratish va haydalishning kuchsizligidan iboratdir.

Ta’sirga uchraydigan narsa, ya’ni tiqilma paydo qiladigan modda esa eyilgan galiz go’shtlar, ayniqsa, kesak, shuningdek ko’mir, va qo’ziqorin kabi buzuq ishtahada iste’- mol qilinadigan narsalar, nokning ayrim xillari, do’lana va shunga o’xshash narsalardan iborat. JIGAR KASALLIKLARI

Bu ba’zan issiq va g’aliz bo’ladi shunda u tiqilma paydo qiladi. Yuqorida biz yopishqoq bugdoy kabi ayrim nar- salar g’aliz bo’lib, jigarda hazm bo’lgach, keyingi a’zolarga nisbatan g’aliz bo’lmaydi, dedik. Ko’pincha tabiatning o’zi tiqilma paydo qiluvchi moddalarni haydashga kuchi etadi yoki unga yordam beradi.

Agar tiqilma jigarning chuqurlik tomonida bo’lsa, modda axdat bilan birga, uning do’nglik tomoni- da bo’lsa, peshob bilan birga chiqarib tashlanadi. Shunda turli g’aliz xiltlar yuzaga chiqadi.

Belgilari: Tiqilmalar belgilarining xulosasi jigarning kaylusni tormasligidir kaylus jigarga tomon yo’l topa olmaydi, yoki jigardagi tortuvchi quvvatga zarar etib, ikki holatning yuz berishi lozim bo’ladi.

Ularning biri jigarga haydaydigan narsaga, ikkinchisi jigarda to’xtalib qoladigan narsaga bog’liq. U suyuq qilusga o’xshash va ko’p bo’ladi. Suyuqligining sababi shuki, suvsimon va sof qismi jigarga tomon yo’l topmaydi.

Kaylusga o’xshashligining sababi esa jigar hali uni ishlab kaylusdan qonga aylantirishga ulgura olmasligi bo’ladi. Ko’pligining sababi cho’kma bo’lib, axlat tomoniga haydaladigan narsaga o’tib, ko’p qismi qonga aylanadigan, bir qismi suvga, ayrim qismi safroga va bir qismi savdoga ajraladigan modda qo’shilishidir. Shularning hammasi axlatga aylanib, chiqadigan narsaga qo’shiladi, natijada haydaladigan narsa ko’payib qoladi.

Jigarda to’xtalib qoladigan narsadagi holatga kelganda shuni aytish kerakki, jigar tomonidan og’irlik sezilib turadi, chunki jigarga haydalayotgan kaylus boshqa tomonga haydalishdan oldin kelsa, uni to’ldiradi va boshqasini jigarga o’tishiga to’sqinlik qiladi, natijada jigar og’irlashadi. JIGAR KASALLIKLARI

Agar kaylus axlat orqali bo’lsa ham, haydalmasa, qanday ogirlik sezilishini aytib o’tish kerak emas. Og’irlik jigar shishida ham bo’ladi, lekin jigarda shish bo’lsa, og’irlik ptitttli tomondagina bo’lib, ko’p va juda kuchli bo’lmaydi.

Le- kin shishning og’irligi qattiqroq bo’ladi. Boshqa bir sabab bilan birlashadigan tiqilmalarda esa ko’p og’riq bo’lmaydi, og’riq bo’lsa ham isitma bo’lmaydi. Jigarda shish borligi, peshob va axlat tomonidan chiqadigan narsalar va shishlar haqida yuqorida aytib o’talgan. Jigarda tiqilmalar bo’lgan kishining qoni kam va rangi buzuq bo’ladi.

Jigarida el bo’lsa, bunga og’irlik bilan birga ko’chib yuruvchi tortishish dalolat qiladi. Burishish dababli bo’ladigan tiqilma juda buriiggiruvchi bo’ladi, bunga yana badanda ko’rinib turgan quruqlik ham belgi bo’ladi. Goho jigar tiqilmalari sa- bab nafas olish ham qiyinlashadi, chunki nafas a’zolari ji- garga hamkorlik qiladi.

Jigar tiqilmalarini davolashda tozalovchi dorilarga va zaruriyatga qarab ichni mo’’tadil darajada yurgizadigan yoki peshob haydovchi dorilarga ehtiyoj seziladi. Tiqilmalar jigarning chuqurlik tomonida bo’lganda, ichni yurgizuvchi dori ishlatiladi, do’nglik tomonda bo’lganda esa peshob haydovchi dori ishlatiladi. Bulardan oldin ochuvchi, parchalovchi va tozalovchi dorilardan iste’mol qilinadi.

Davosi:

1. 500 gramm sachratqi ildizini 5 litr suvda 30 minut qaynatib, 12 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, qorindagi ellarni haydaydi.

2. Arpabodiyonning 30 grammini 4 litr suvda 20 minut qaynatib, 15 kun och holda 3 mahal 2 osh qoshiqtsan ichilsa, jigar shishiga foyda qiladi.

3. Makkai sano talqonini 1 mahal 1 osh qoshiqtsan kapa- lab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, ichni haydaydi.

4. Paq-paq qaynatmasini och holda 3 mahal 100 grammdan 10 kun ichilsa, peshobni haydaydi.

5. 1 litr aloe suviga 1 kilogramm toza asal qo’shib, 1 soat ustini yopib, past olovda qaynatib, 15 kun 3 mahal och holda ichilsa, jigar va taloq shishiga yaxshi ta’sir qiladi.

6. Kungaboqar yog’iga teng miqdorda sariyog’ aralashtirib yachilsa, peshobni yaxshi haydaydi.

7. Shakarga teng suv qo’shib eriguncha qaynatiladi, so’ng jaydari xurmo qaynatma suviga teng aralashtirib yana 10 minut qaynatiladi. Buni 20 kun och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, jigar va taloq faoliyati yaxshilanadi.

8. Qizil atargulni 300 grammli talqoniga 2 kilo- gramm asal 4 litr yomg’ir suvi qo’shilib, 40 minut past olov- da qaynatib, 15 kun 1 mahal och holda ertalab 2 osh qoshiqdan ichilsa, ji^ar va taloq shishlariga yaxshi ta’sir ko’rsdtadi.

9. 500 gramm murch bargi va 500 gramm yosh novdasini 7 litr suvda 30 minut qaynatib, 15 kun och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, jigar va taloq shishini qaytaradi.

10. Gulsapsar ildizining 500 grammini 7 litr suvda bir kecha ivitib, ertasi 20 minut qaynatib, 13 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqtsan ichilsa, jigar, o’t, ichaklar faoliyatini yaxshilashga ta’sir qiladi.

11. Misr boqilasining 300 gramm talqonini 19 kun 3 mahal och holda 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, jigar shishi va tiqilmalarini ochadi, jigar so’lishining oldini oladi.

12. Taratezakni 20 kun 3 mahal och holda choy qilib ichil- sa, taloq va jigar kasalliklariga foyda qiladi.

JIGAR XASTALIGINI DAVOLASh JIGAR KASALLIKLARI

1. Qudrat norin qaynatmasini 15 kun 3 mahal 50 gramm- dan ichilsa, jigar, o’t, oshqozon, buyrak kasalliklari tuzaladi.

2. Aloega teng mikdorda asal qo’shib, qaynatib ichsa ham foyda beradi.

3. Jigar va taloqqa murch bargi qaynatib ichilsa, foyda qiladi va shu suvga bet yuvilsa, husn ochiladi.

4. Jigar xastaligi ro’yan va sanoni qaynatib ichilsa, tu- zaladi.

5. Abu jahl tarvuzining suvi 19 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, hatto jigar so’lish kasalligi ham tuzaladi (parhez qilish sharta bilan).

6. Semizo’t suviga sirka ko’shib ichilsa ham bemor tuzala- di (1 oy 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichish kerak).

7. Zarkadi po’chogini qaynatib, 10 kun 3 mahal 2 osh

JIGARDAN BO’LADIGAN ICh KETIShINI DAVOLASh

 

Jigardan bo’ladigan ich ketishning sabablari va davolarini aytdik. Endi o’sha belgilarga murojaat qilib, jigar mi- zojining buzilishi, uning kuchsizligi, shishi, tiqilmalari to’liqligiga qarshi har birining o’z bobida aytilgan narsa- lar bilan chora ko’rish kerak.

Bu to’g’rida yo’l qo’yiladigan xatolardan biri jigar tiqilmalari sababli ichi ketayotgan kishiga ichini bog’lab burishtiruvchi narsalar berishdir. Bu tiqilmalarni ko’paytirib, kuchaytiradi. Ko’pincha nodon tabib shunday ich surishda jigar usti qonini quyultiruvchi, jigar issig’ini so’rdiruvchi sovuq narsa beradi, bunda xiltlar chirishi va be- mor halok bo’lishi mumkin.

Jigardan bo’ladigan ich ketishining boshlanishida bemor- ga non bermaslik kerak, chunki jigar nonni qabul qilmaydi. Bir kunda ikki yoki uch marta faqatgina arpa talqonining ivitilgan suvini berib turish lozimdir.

Davosi:

1. 1 kilogramm arpa talqonini 5 litr buloq yoki yomg’ir suvida bir sutka ivitib, ertasi 30 minut qaynatib, 14 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, ich ketishiga foyda qiladi.

2. Mozi talqonini 14 kun 3 mahal och holda 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, ich ketishiga foyda qiladi.

3. 2 litr echki sutiga 10 dona yong’oq mag’izi talqonini qo’shib, 15 minut qaynatib, 10 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, ich ketishiga foyda qiladi. JIGAR KASALLIKLARI

 

1. Kishida istisqo illati bo’lsa, 40 kun 3 mahal 300 grammdan tuya sutini ichsa, tuzaladi.

2. Besh kun 3 mahaldan kaptar bolasining go’nggini qaynatib iste’mol qilsa, orqasidan anorni ko’p iste’mol qilsa, tuzaladi.

3. Qudrat norinning siqib olingan suvi 20 kun 3 mahal 3 osh qoshikdan parhez bilan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.

4. Sarimsoq piyozni suvda qaynatib, baravar asal qo’shib aralashtirib, 40 kun 3 mahal 1 osh qoshiqtsan eyilsa, yaxshi foyda qiladi.

5. 40 kun 3 mahal och holda echki suti 200 grammdan ichil- sa, kasal tuzaladi.

6. Petrushka urug’ining talqonini 20 kun 3 mahal 2 choy qoshikdan kapalab, orqasidan qaynoqroq suv ichilsa, peshob haydaydi.

7. Nazla gulini 20 kun 4—5 mahal oz-ozdan burunga tiqib hidlansa, foyda qiladi.

8. Mo’miyoni kechasi soat 1 da 2 ta bug’doy kattaligida 20 kun iste’mol qilsa, foyda qiladi.

9. Chuchukmiya qiyomini 20 kun 3 mahal 2 bug’doy kattaligi- da iste’mol qilsa ham, foyda qiladi.

10. Moychechakning 300 grammini 3 litr suvda 10 daqiqa qaynatib, 20 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa (parhezi bilan), foyda qiladi.

11. Abu Jahl tarvuzi suvini 20 kun 1 osh qoshiqtsan och holda ichilsa (parhezi bilan), yaxshi foyda beradi.

12. Istisqoga qora halila talqonini 20 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynoqroq suv ichsa, katta fryda qiladi.

Yuqoridagi dorilarning hammasi deyarli bir xil razifa- ni bajaradi. Bularning har biri sinab ko’rilgan.

Tavsiyalar: 

1) meva-sabzavotlardan: yong’oq, limon, apelsin, loviya, uzum, karam, kartoshka, no’xat, shivit, pomidorni ko’p eyish;

2) o’simlik moyidan qilingan qaynatma, suvi qochgan non, qatiqli atala, qatiqli mastava, semiz tovuq go’shtidan qilingan qaynatmalarni va kon tuzini eyish kerak.
Bunday davolanish yaxshi natijalar bergan.
JIGAR KASALLIKLARI

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

No votes yet.
Please wait...