ICHKILIK OQIBATI HAQIDA

ICHKILIK OQIBATI HAQIDA

12.05.2018 0 By Davolash.uz

ICHKILIK OQIBATI HAQIDA

May kosasi ichida jilolanib turgan quyosh aldamchi quyoshdir. U sening og’zingga botishidan ehtiyot bo’l. Aqldan ozdiradigan har qanday modda, garchy u may bo’lmasa ham, mayning yaqin qarindoshlaridir.

May kosasi mabodo mayxo’r qo’lida turib tilga kirsa, mayni o’z ichida ko’tarib turishdan or qilayotganini aytib bergan bo’lardi. May o’z ichuvchilari- ning yashirin sirlarini oshkor qiladi.

ICHKILIK HAQIDA

May ichishga odatlangan kishi uning yo’lida hamma nar- sadan, hattoki, eng kerakli buyumlaridan ajraladi. May yomon ishlarni yaxshi qilib ko’rsatadi, o’sha yomonliklardan qaytarib yurgan kishilarning o’zi ham ularga mubtalo bo’lib qoladi.

May ichuvchilar suvga borayotgan podalardek og’izlaridan nima chiqqanini bilmay baqirishadi. Ey may, ulug’ martabalar binosi va aql koshonalari sen t>’fayli xarobaga aylanadi. Ichkilik ichib, aqlini bir nafas yo’qotgan kishi og’ir musibatga uchrab o’lganlar qatorida bo’ladi.

Ichkilik mansab va obro’da baland tog’ hisoblanadigan ulug’ kishilarni ham to’rt oyoqli hayvonlarga aylantiradi. Ichuvchilar oz fursatlik «lazzat»ni ko’zlab, ketidan keladigan falokatga e’tiborsiz qaraydilar.

Sen ichkilikni sira ichma, u aqldan, to’g’ri tafakkur qilishdan adanggiradi, ozgina xursandchilik va kayf-safo berishi oqibatida uzoq muddatli qayg’u va baxtsizliklarga giriftor qiladi.

Dunyoda maydan bo’lak ham lazzat beruvchi ne’matlar juda ko’p. Mayxo’r hayot qadrini bilganda edi, mayni do’stlariga emas, dushmagAgariga ichirgan bo’lardi.

Ichkilik har bir bandaning eshigi bo’lishi mumkin, sen o’sha eshikka bosh suqishdan ehtiyot bo’l. May do’stlarni koyish, ular bilan janjallashish, hamsuhbatlarga ozor berish va yaqin kishilardan judolashishga sabab bo’ladi.
Ey may, agar senda kishilarga ozor berishdan boshqa biror xususiyat bo’lganda, albatta, unda seni ichish ravo ko’rilardi.

Mayxo’rlik fitna-fasodning uyasi bo’lib, hamma buzuqliklar shundan kelib chiqadi. Mast bo’lib yurganlar dunyo ishlarining hech biriga yaramaydilar.

Shisha ichidan menga ofat ko’rinadi, bu ofatlarni uning ichidagi tarqibi tashkil qiladi. Shisha ichini nogironlar, ilonlar va majruh embrionlar tashkil qiladi. Ichilgan spirtli ichimliklar odamni hayvon va yirtqich qiladi.
Alkogol – firibgar, u organizmga tayanch bo’lib ko’rinadi, lekin tobora aqlni kamaytiradi.
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

No votes yet.
Please wait...