IChKI KASALLIKLAR SAMARALI DAVOLASH HAQIDA

IChKI KASALLIKLAR SAMARALI DAVOLASH HAQIDA

12.05.2018 0 By Davolash.uz

IChKI KASALLIKLAR SAMARALI DAVOLASH HAQIDA

1. Tomoq og’rig’ini davolash. Tomoq og’rig’ida zirk yog’ochini qaynatib, 5 kun 3 mahal och holda yoki ovqatdan keyin og’iz chayilsa, tuzaladi.

2. Ko’krak og’rig’ini davolash. Murchning yosh novdasi va bargini qo’shib, 5 kun 3 mahal choy qilib ichilsa, ko’krak og’riqlaridan xalos qiladi. IChKI KASALLIKLAR

3. Yurakni davolash. Isiriqurug’i. selana, omila, halila, nazla o’ti, murch, Abu Jahl tarvuzi eti, sunbula talqoni, pe- trushka urug’i, gazak o’t urug’i, qorazira, muskat yong’og’i va dolchinlarning har biridan yarim dirham (1 dirham 3,975 gramm), kavrak ildizi va shakardan bir dirham va asaldan 50 gramm olinadi.

3 mahal och holda 1 dirhamdan ichiladi. Zaif ki- shilar yarim dirhamdan ichishadi. Kasallikka shubhasiz kuch- li foyda qilib, tuzatadi.

ichki kasalliklar pdf

4. Oshqozon zaifligini davolash. Aloe, sunbula, behi, qudrat norin va omilalarning hammasidan ikki dirhamdan qo’shib, 100 gramm suvda past olovda 35-40 daqiqa qaynatib, suzib, 3 mahal och holda parhezi bilan 2 osh qoshiqdan ichil- sa, kasallik begumon tuzaladi. IChKI KASALLIKLAR

5. Oshqozon va hazm buzuqligini davolash. Behi suvida qaynatib qovurilgan Kobul halilasidan to’rt dirham, balila, omila, sirkada ivitib qovurilgan zira, arpabodiyon, petrushka urug’larining uzum sirkasida 1 kun ivitib, yalpizdan uch dirham, bir yarim dirham qizilgul, atirguldan to’rt dirham, anor danagidan sakkiz dirham, tatimdan to’rt dirham va sunbuladan bir dirham olib, hammasini qo’shib tuyib, 3 mahal och holda kapalab, orqasidan issiq suv ichilsa, kasallik daf bo’ladi.

6. Oshqozonni quchaytiruvchi dorilar. Aloe, atirgul, olma, behi va tol suvining har biridan bir hissadan, oq va qizilgul, za’faron, anor guli va omila sharbatining har bi- ridan yarim hissadan olib, hammasini qo’shib aralashtirib, 10 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, oshqozon faoliyatini kuchaytiradi.

7. Jigar qattiqligi. G’ubbak va qudrat norinning qaynatmasini 10 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, taloq, jigar, qorin dami, ich qotishi, qon qusish kasallikla- riga foyda qiladi.

8. Istisqoni davolash. Istisqoning boshlang’ich davrida yangi tuqqan tuyaning og’iz suti (tuqqandan keyin uch kun mobaynida sog’iladigan sut)ni sabzavot suvlari bilan och holda ichish foydali.

Ravoch ildizidan 1 dirham, za’farondan 1 dirham, zarpechak urug’i va semizo’t urug’larining har biridan 1 misqoldan olib, hammasini qo’shib, 15 kun och holda 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan issiq suv ichilsa, yaxshi foyda qiladi. Parhezi: qatiq, sut, moshli ovqatlar, achchiq, sho’r va sovuq narsalar eyilmaydi.

9. Ichak shilinishi va undagi yaralarni davolash. Arab akatsiyasi po’stlog’idan 25 misqol, anor po’stidan 75 misqol, mozidan 25 misqol va tatimdan 75 misqol olinib, yanchilib, qo’shiladi, sirka bilan aralashtiriladi. Och holda 3 mahal 1 choy qoshiqtsan kapalab, orqasidan qaynoqroq suv ichiladi.

10. Qorin dam bo’lishi va ich ketishini davolash. Arpabo- diyon, pe grushka urug’idan 2 misqoldats, yovvoyi sabzi urug’i, sassiq kavrak ildizidan 4 misqoldan olib, yanchib, talqonini suv bilan qorib, 3 mahal och holda parhezi bilan 1 choy qoshikdan iste’mol qilinsa. bu kasalliklar begumon tuzaladi.

11. Yo’g’on ichak tushishini davolash. mozi, qalay upasi, arab akatsiyasi, takasoqollar quritilib, talqoni orqa te- shikka oz-ozdan sepilib bog’lansa, foyda qiladi (10 kun 3 mahaldan).

12. Buyrak toshlarini maydalab tushirish. Ma’jun to- shining talqonini 12 kun 3 mahal och holda bir tabletkaday kapalab, orqasidan issiqroq suv ichilsa, buyrakdagi tosh- lar maydalanib tushadi va qaytalanmaydi. Jolinus aytadi:

«Men buyragi kasallangan ko’p kishilarni bilaman, ular shu dori bilan davolanib tuzalib ketganlar». Bu ma’jun toshining talqonini ko’p kunlar iste’mol qilish mumkin. U qulanj kasaliga uchraganlarga ham shifo bag’ishlaydi, shu- ningdek, qovuq kasalliklarini ham tuzatadi. IChKI KASALLIKLAR

13. Chayondan tayyorlanadigan dorilar. Bu dori buyrakda paydo bo’lgan toshlarni maydalaydi. Uni iste’mol qilgan kishi buyrakda tosh paydo bo’lishidan qutuladi. Bu dori o’zining mijozi bilan emas, hissasi bilan ta’sir ko’rsatadi.

O’nta tirik chayon tutilib, toza temir qozonga solina- di va qozonning usti yopilib, xamir bilan suvaladi. Keyin o’chokdagi lovillab turgan cho’qqa qozonni qo’yib, bir kecha qoldiriladi. Keyin chayon kuli olinib, bir idishga solib quyiladi. Bu kul ozgina uzum sharbati yoki oz miqdordagi sirka bilan aralashtirilib ichilsa, toshni maydalab, peshob yo’li orqali bo’lak-bo’lak qilib chiqaradi.

14. Tomchilab siyishni davolash. 2 kilogramm kunjut- ni tozalab, ozgina namakob sepib, qovurib, so’ng unga bara- var shakar qo’shib, tuyib, qorong’i joyda saqlab, 3 mahal och holda 3 osh qoshiqdan eyilsa, tomchilab siyish tuzaladi, jinsiy aloqalar ko’payib, yaxshigina foyda qiladi. Parhezi: ho’l mevalar, achchiq, sho’r, nordon va sovuq narsalar eyilmaydi.

Boshqa dav.olar. 1. Zarcho’ba ildizi, sigir suti ra sariyog’larning har biridan 3 ritldan, taratezak urug’i, sabzi urug’i va sholg’om urug’larining har biridan 3 uqiyadan olinadi. Quruq dorilarni yanchib, sut va yog bilan aralashtiriladi. Bir ichishi 5 istor yoki 10 istor. Agar bu dorini suti ketib, yog’i qolguncha qaynatilib, keyin dokadan suzib, 3 mahal 1 osh qoshiqtsan ichilsa, jinsiy quvvat ko’payadi va foyda qiladi.

2. Zanjabil, uzum, murch, dolchin, sunbul, muskat yong’og’i, gorchitsa, balzam urug’i, muskat yong’og’ining qobig’i, qalampirmunchoqlarning har biridan 3 uqiyadan olinadi. Bularning hammasi tuyilib, elaqdan o’tkaziladi, asalni qaynatib, ko’pigi olinadi, so’ng talqon asalga qo’shib qoriladi va 3 mahal och holda parhezi bilan ikki dirhamdan iste’mol qilinsa, yaxshi foyda qiladi.
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

No votes yet.
Please wait...