HIQICHOQ DAVOLASH UCHUN KERAK BO`LADIGAN HARAKATLAR HAQIDA

HIQICHOQ DAVOLASH UCHUN KERAK BO`LADIGAN HARAKATLAR HAQIDA

13.05.2018 0 By Davolash.uz

HIQICHOQ DAVOLASH UCHUN KERAK BO`LADIGAN HARAKATLAR HAQIDA

Xiqichok murakkab harakat bo’lib. oshqozon og’zida, yoki oshqozonning hamma qismida yoki qizilo’ngachda yuz beradi. Agar biror aziyat beruvchi sabab mavjud bo’lsa, oshqozonda aziyat beruvchidan qochib va uning haydaydigan kuchli harakatga qobiliyat paydo qilish uchun yig’ilib, tirishadi.

Masalan, sakramoqchi bo’lgan kishi shunday qiladi: u oldin ketiga tashlanib, keyin sakraydi.
Hiqichoq bir jihatdan o’pka va qorin to’sig’ida bo’ladigan yomon xiltni haydashga qaratilgan yo’tal harakatiga o’xshaydi.

Hiqichoq oshqozonning haddan tashqari quruqligi sababli paydo bo’ladi, chunki quruqlik bir qadar tirishishga qarab, kishining talabi esa yoyilishiga qarab harakat qiladi.

Tabiat tirishish bilan kelisha olmaydi va unga qarshi turadi. Biror aziyat beruvchi sababdan oshqozon og’zida uchish paydo bo’lgani kabi hiqichoq ham ko’pincha aziyat beruvchi sabab tufayli oshqozon og’zida paydo bo’ladi, ayniqsa oshqozon quruq bo’lib, uning og’zi eng oz achishishni ham ko’tarmaydigan bo’lsa, shu hol yuz beradi.

1. Etmak talqonini 4 kun 1 mahal burunga tiqib hidlansa, qustiradi. Hiqichoqqa qustirish eng foydali choradir; har bir qattiq harakat, silkinish, baland ovoz bilan qichqirish, g’azablanish, shodlik, to’satdan bo’ladigan qo’rqish, haddan tashqari g’amginlik, seskantirish uchun yuzga to’satdan suv sepish, kuchli badantarbiya, otda yurish, qo’zgalgan yo’talni og’zini yopib, to’xtatib turish va tashnalikka chidash ham eng foydali choradir.

2. Hiqichoq paydo qilib turgan moddani qo’porishda 10 kun 3 mahal nazlani hidlatib, aksartirish zo’r ta’sir qiladi.

3. Uzoq vaqt nafasini ichga qamab turish ham hiqichoqni bosadigan choralardan hisoblanadi, chunki bu haroratni harakatga keltiradi. Uni teri teshiklariga tomon borib havo olish uchun harakat qildiradi hamda yopishkoq xiltlarni qo’zgatadi va tarqatadi.

4. Ermonning 200 grammini 4 litr suvda 1 sutka ivitib, ertasi 10 minut past olovda qaynatib, och holda 3 mahal 2 osh qoshiqtsan ichilsa, yaxshi ta’sir qiladi.

5. Paq-paqning 300 grammini, 4 litr suvda past olov- da 25 minut qaynatib, och holda 9 kun 3 mahal 100 gramm- dan ichilsa, peshob orqali xiltlarni haydaydi, yaxshi foyda qiladi.

6. Aloedan tayyorlangan dorini 7 kun 3 mahal 2 osh qoshiqtsan ichilsa, xiltlarni axlat yo’liga haydab, chiqarib yuboradi. Kuchli hiqichoq va ko’ngil ag’darilishida foyda beradi.

7. Zanjabilni 300 grammini, 3 litr yomgir yoki buloq suvida 1 sutka ivitib, ertasi past olovda 30 minut qaynatib, 7 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, hiqichoqqa yaxshi ta’sir qiladi.

8. Bo’yimodaron va tog’ yalpizidan 200 grammdan olib, 5 litr suvda past olovda 25 minut qaynatib, 5 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.

9. Andiz talqonini, 11 kun 3 mahal 1 choy qoshiqtsan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, juda yaxshi foyda qiladi.

10. Achchiq bodom yogini 5 kun 3 mahal 1 choy qoshikdan ichilsa, yaxshi ta’sir qiladi.

11. Bemor tuzalguncha, suyuq ovqatlar va jo’ja go’shtlarining qaynatma sho’rvasiga xushbo’y kashnich bargla- ri ko’p qo’shib ichilsa, yaxshi ta’sir qiladi.

12. Ayniqsa, olxo’rini 400 grammini, 3 litr suvda 30 minut past olovda qaynatib, 12 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, foyda qiladi.

13. Olxo’rini 500 gramm tomirini maydalab, 4 litr suvda 1 sutka ivitib, ertasi 40 minut qaynatib, 10 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, hiqichoq kasali tuza- ladi.
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

No votes yet.
Please wait...