Gemaroyning alomatlari  

Gemaroyning alomatlari  

13.03.2018 0 By Davolash.uz

Gemaroyning alomatlari

Defekatsiya, ya’ni yo’g’on ichakning bo’shanishi paytida qon oqishi va najasda qon aralashmasi
Kuchli ich qotishi natijasida ichakda juda ko’p axlat to’planib qoladi va u vena qon tomirlari devorlarini skqib qo’yadi.

Natijada ular bosim tufayli kislorod bilan to’yina olmaydi, oxir-oqibatda tomirlarning uzoq vaqt qon bilan to’lishi ularning cho’zilishiga olib keladi.

Shundan so’ng tomirlarning kengayishi tufayli devorlar ingichka tortadi, ba’zi joylarda uzilish ro’y berib, qonketishiga olib keladi.

Bunda qon faqat defekatsiyagacha va undan keyin ham oqishi kuzatiladi. Dastavval qon uncha katta bo’lmagan tomchilar shaklida bo’lib tizillab oqishi mumkin.

Agar qon ketishi shiddatli bo’lsa, bu temir etishmasligi, ya’ni kamqonlikka olib keladi.

Ta’kidlash kerakki, orqa chiqaruv teshigidan qon oqishi bu – bavosirning eng muhim alomati hisoblanib, u yo’g’on ichakda yangi narsalar paydo bo’lganidan dalolat beradi.

Ammo vaqt o’tishi bilan kasallik navbatdagi, ya’ni yanada jiddiy bosqichga o’tadi. Defekatsiya paytida og’riq va qon tomchilari paydo bo’ladi, hatto qonning shiddat bilan oqishi kuzatiladi.

Gemaroy tutunlari tusha boshlaydi. Noto’g’ri ovqatlanishnatijasida ushbu alomatlar tobora kuchayadi.

Surunkali bavosirning bosqichlari

Jami 4ta bosqichga ajraladi:

1. Birinchi bosqichda bavosir tugunlari tushmaydi, ammo qon tomchilari ajralib chiqadi.

2. Ikkinchi bosqichda defekatsiyadan so’ng bavosir tugunlari ajraladi, so’ngra ular o’z o’rinlariga qaytadi.

3. Uchinchi bosqichda bavosir tugunlari tushadi va o’z o’rniga qaytmaydi.

4. To’rtinchi bosqichda eng xavfli tomoni – bavosir tu- gunlari o’z og’irligi tufayli tushib ketadi. Ularning tushib ketishiga shunchaki aksirish etarli. Tugunlarni o’rniga qaytarish juda qiyin, hatto umuman mumkin emas.

No votes yet.
Please wait...