GEMAROYNI DAVOLASH (BAVOSIL) 25 XIL YOL BILAN DAVOLASH

GEMAROYNI DAVOLASH (BAVOSIL) 25 XIL YOL BILAN DAVOLASH

15.05.2018 0 By Davolash.uz

GEMAROYNI DAVOLASH (BAVOSIL) 25 XIL YOL BILAN DAVOLASH

GEMAROYNI DAVOLASH 1. Bo’yimodaronning 500 grammi 6 litr suvda 12 mi- nut miltillab qaynatilib, 12 kun 3 mahal och holda 100 grammdan ichilsa (parhezi bilan), tuzaladi.

2. 12 kun 3 mahal ovqatdan keyin, sigirquyrukdan 3 osh qoshig’ini kichik choynakka damlab, 15 minut bostirib, issiq-issiq 4—5 piyoladan ichilsa, foyda qiladi.

3. 12 kun dub (eman) daraxti po’stlog’ining 500 grammini 6 litr suvda, past olovda 30 daqiqa qaynatib, shu suvda 30 daqiqa vanna qilinsa (parhezi bilan), kasal butkul tuzaladi. Qaynatmani har safar isitib, suvi tugaguncha qayta-qayta ishlatish mumkin.

GEMAROYNI UY SHAROITIDA DAVOLASH

4. To’tiyoning 50 grammi 300 gramm yomg’ir suvida 1 sutka ivitilib, so’ng 7 daqiqa past olovda qaynatiladi. 3 mahal qaynatmaga ozgina paxtani to’yintirib, orqa te- shikka 3 .santimetr kirgizib qo’yilsa, foyda beradi.

5. Ich qotsa, qorin dam bo’lsa, 3 kun 1 mahal 15 dona- dan makkai sano iste’mol qilinsa, daf bo’ladi.
Parhezlari: butkul tuzalguncha xamirli, qovurma ovqatlar, achchiq, sho’r, qovun, mosh, no’xat, nordon va sovuq narsalar iste’mol qilinmaydi. Jinsiy aloqadan saqlanishi kerak. Doimo orqani iliq suv bilan yuvish shart.

 GEMAROYNI DAVOSI

Bavosil (gemorroy) bilan og’rigan kishilar tez- tez holdan toyishadi. Bu ko’proq bir erda ko’p o’tirib ish qiluvchi va og’ir yuk ko’taruvchilarda, ayollarda esa tug’ishdan keyin uchraydigan kasallikdir. Xastalik erkak kishilarda o’ta og’ir surunkali qabziyatdan keyingi hamda qabziyatgacha bo’lgan vaqtdagi betoblikdan kelib chiqadi.

U har xil kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo’luvchi ichki va tashqi bavosilga bo’linadi.
Bundan tashqari bavosilning ko’pgina turlari mavjudki, ularning har biri kishining tinchini o’g’irlaydigan betoblikdan biri ekanligini unutmasligimiz kerak.

Kasallikning dastlabki boshlanishida 500 gramm gulxayrini 5 litr suvda 1 kun qoldirib, so’ng 30 daqiqa past olovda qaynatib, 12 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, bavosilni tezda daf qiladi. Parheziga rioya qilinadi. Bu bavosil- ning ikki engil turida foyda beradi.

Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

jinsij aloqa uzaytirish

farzand korish

qizlik pardasi

jinsiy aloqa haqida

Bavosil kasalligining hamma holatlarida ham gulxayrining qaynatmasi yaxshi natijalar beradi.
Ushbu kasallikning besh turi bo’lib, ular kasallik- ning eng og’ir turlari hisoblanadi. Bavosilning ko’payib yopiq holda bo’ladigan yoki so’galdek bo’lgan turi borki, uni davolash mushkulroq.

Uzumdek dona-dona bo’lib turadigan bavosil esa avvalgilaridan engilroq bo’ladi. Bavosilning barmoq boshidek turi borki, buni davolash ancha mushkul. Bundan tashqari, uning ichki va tashqi holatlari ma’lum. Kasallik ichki holatida bo’lishi uning juda og’ir turlardan bo’lib, ichki jinsiy a’zolar va boshqa ba’zi a’zolarga yaqin bo’ladi, peshob tiqilib, qadalib qoladi. Tashqariga chiquvchi kanali esa ikkiga bo’lingan bo’lib, uni davolash zarur. Ular qon oquvchi, qontalash bo’lgan turlaridir.

Bavosil kasalining boshlanib ketadigan turi bilan betob bo’lgan bemorlarni yolg’iz joylarda saqlash shart. Bu turdagi betoblik kishilarga tez-tez ta’sir qiladi va boshqalarga o’tuvchan bo’ladi. Bu kasallik bilan betob bo’lganlarning kiyimlarini qaynoq suvda yuvish, hazorispand (isiriq)ning suvi bilan qaynatish shart.

Bavosilning bu turi boshqa ichki kasalliklar, o’pka sili, sariq kasal bilan og’rigan bemorlarda bo’lsa, albatta, bunday bemorlarning yuz-qo’llarini ishqorli suvlarda yuvdirib turish ‘zarur. Ularning parhezi ovqatlar iste’mol qilishda va doimo serkaning terisini oshlab, o’sha oshlangan terida o’tirishdadir.

Agar kishi bavosilning ko’payib ketgan turi bi- lan kasallangan bo’lsa, parhezga amal qilinmasa, og’ir
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Odamning butun vuju- dida so’galdek toshma ko’payib ketadi.

Agar bir kishi bavosilning ko’payib ketadigan turi bilan kasallangan bo’lsa, er-xotinlik munosabatlarini to’xtatsin. Kasallikning bu turidan yosh bolalarni asray desangiz, ularning kiyimlarini ishqor bilan, hazorispand va pista yog’ochining kuli bilan tozalang. Bundan tashqari gulxayri gulidan choy qilib bering.

Agar bavosilning har qanday turi bilan kasallangan bemorlar xonangizda bo’lib qolsa, albatta, yosh bolalarni ulardan uzoqroq yotqizganingiz va kiyimlarini yuqoridagida aytilgandek qilib tozalangan holda kiyintirsangiz ma’qul.

Sababi, bolaning tanasiga bavosilning suvi singib ketishi va 10-15 yildan keyin ham o’suvchan tanada yo’q bo’lib ketmay, bu kasallikning og’ir turi bilan betob bo’lib qolishi mumkin. Oilada bavosil kasalligi bilan og’rigan bemorlar bo’lsa, o’zingiz va ahli ayolingizga bemorlar sog’ayib ketgunicha gulxayrining bargi yoki gulidan choy qilib bering. Navbatdagi tavsiyalar:

6. Bavosilni davolashda, 5 dirham tarvuz po’stini maydalab, 7 dirham achchiq bodom yog’iga aralashtirib, unda ivitilgan paxtani pilik shakliga keltirib, orqa chiqaruv yo’liga tiqib qo’yiladi. Agar ogriq tursa, zaytun yogidan ham aralashtirib qo’yiladi (12 kun 7 mahaldan bajariladi).

7. Agar 15 yoshdan kichik bolalar bavosil bo’lsa, bodom yog’iga bodom ildizi po’chogini aralashtirib, unda ivitilgan paxtani orqaga 12 kun 3 mahaldan pilik shaklida tiqib qo’yilsa, foyda qiladi.

Bu kasallikning ba’zi turi ayollarda bo’lib, agar ema- digan bolasi bo’lmasa, albatta, bolalari bilan yotish joyini alohida qilishi kerak.

8. Bavosilning har qanday turida ham qon ketadi, orqa teshik achishib og’riydi. Shunda 12 kun 3 mahaldan arab xurmosi danagi(suyagi)ni kuydirib, kuliga zaytun yog’ini aralashtirib orqaga qo’yilsa, foyda qiladi.

9. Uzumday dona-dona bo’lib turgan bavosilni davolash: 15 kun ot dumi, qo’kiz dumi yoki zig’ir poyasidan olingan ip bilan bog’lanadi va bog’langan holatda sedana yoki o’rik yog’i bilan yog’lab bo’shashtiriladi. Bo’shagandan keyin qovun guli va gulsapsar gullari sepiladi, so’ng bavosil uzilib tushadi.

Bunday davolangandan keyin bavosilning bu turi takrorl anmaydi.

10. Erkak kishi qovuq toshi bilan kasallangan bo’lsa, 15 kun 3 mahal och holda parhezi bilan gulxayri bargini choy qilib ichilsa, foyda qiladi.

11. Bavosilning ustiga sepiladigan dorilar: qashqarbeda 5 dirham, gulxayri gullaridan 6 dirxam, tu- xum sarig’i 5 dirham, qizil gulxayri bargidan 5 dirham olinib, ularni zig’ir yog’i yoki tuxum sarig’ining yog’i bilan hammasini aralashtirib, so’ng bavosilga 12 kun 2 mahal qo’yilsa, bavosilning juda og’ir holatida ham, engil holatda ham yaxshi foyda beradi.

12. Bavosilning qonli turida ko’p qon ketaversa, arpa- ni tandir cho’g’ida kuydirib, un qilib, yalpiz qaynatma su- viga bu unni aralashtirib, 10 kun 3 mahaldan orqaga sur- tilsa, yaxshi foyda beradi.

13. Tuxum sarig’ini iste’mol qilsa yoki tovuq tuxumini guruch bilan qaynatib iste’mol qilsa, yaxshi. Umochli ovqat, atala, mayizni anor suvi bilan iste’mol qilsa yoki behi suvi bilan iste’mol qilsa, juda yaxshi foyda qiladi. Ovqatlari: kasal tuzalguncha, 15 kun gulqand, zig’ir yog’i, kungaboqar yog’i va o’simlik yog’laridan engil ovqatlar eb yursa, xamir va qovurma ovqatlar eyilmasa, kasallik tezda tuzalib ketadi. GEMAROYNI DAVOLASH

Tok bargini talqon holatida iste’mol qilish qonga foyda qiladi.

14. Bavosil kasalida har qanday kulni orqaga sepgandan keyin, albatta, yuqorida aytilgan yog’lardan birini qo’yish yaxshi foyda beradi. Tok bargi talqoniga teng asal qo’shib, 10 kun 3 mahaldan orqaga surtilsa, qon begumon to’xtaydi.

15. Turpning urug’i talqoniga teng asal qo’shib, unga to’yingan dokani 12 kun pilik holatida orqaga 2 sm ichka- riga tiqib qo’yilsa, foyda qiladi.

16. Bavosilning engil va og’ir shakllarida ham arpa galqoni yoki qashqarbedaning talqoni xuddi shunday yaxshi natijalar beradi. Faqat bunda quyidagi yog’larning biri qo’shiladi. Agar yog’ qo’shilmasa, bemorning ahvoli zaiflashadi, orqa yaralar tortishib og’riydi. Masa- lan, kanakunjut yog’i, zig’ir yog’i, achchiq bodom yog’i og’riq qoldiruvchilardir. 12 kun 3 mahaldan surtish zarur (bu muolajalar ko’p marta sinab ko’rilgan).

17. Masriqni talqon qilib, yanchib, orqa teshikka qo’yib, 10 kun 2 mahaldan bog’lab yotiladi. Uni pishirib iste’mol qilsa ham, foyda qiladi. GEMAROYNI DAVOLASH

18. Sedanani qaynatib, 3 mahal 100 grammdan ichilsa. foyda qiladi.

19. Sigirquyruq bargini choy qilib, ovqatdan keyin 3 mahal 3—4 piyoladan ichilsa, shifo topadi.

20. To’tiyo talqonini iliq suvda atala qilib, surtib yotilsa, foyda qiladi.

21. Quritilgan yantoqqa sarimsoqpiyozni teng miqdorda qo’shib, ustiga tagi teshik chelak qo’yib atrofiga loy sur- tib, tutatilib, ustida 15 daqiqa o’tirilsa, foydasi bo’ladi.

22. Jinjak ildizini qaynatib, 3 mahal 50 grammdan ichilsa ham yaxshi foyda qiladi.

23. Aloening siqib olingan suviga kanakunjut yog’ini aralashtirib, 3 mahal surtilsa, foyda qiladi.

24. Shu kasaldan ich qotsa, achchiq bodom yog’iga teng miqdorda sariyog’ aralashtirib ichilsa yoki 50 gramm kana- kunjut yog’i ichilsa, 3—5 soatda foyda beradi.
Ushbu maqolalarni ham o‘qing:

gemaroyni uy sharoitida davolash

chimildiq uchun eng sara savollar

shok yigitlar uchun uy sharoyitida kattalashtirish

oshqozon davolash

prostatitni 44 ta super tabiiy davolash

Rating: 4.0/5. From 1 vote.
Please wait...