Gemaroy O’TKIR SHAKLI

Gemaroy O’TKIR SHAKLI

13.03.2018 0 By Davolash.uz

Gemaroy O’TKIR SHAKLI
Surunkali Gemaroy asorati uning o’tkir shakli hisoblanadi. Ushbu kasallikning o’tkir shaklida tromboz, ya’nitomirlarda qonning ivishi yoki bavosir tugunlari- ning qisilib qolishida aks etadi.

Bu kuchli og’riq beradi, bavosir gu17nlari kattalashadi, natijada o’zingizni begona bir iujudda his etasiz.

Tana harorati ko’tarila boshlaydi.

O’tkir Gemaroy bosqichlari

Jami 3 ta bosqich ajralib turadi.

1) Shamollash jarayonisiz qon ivishi

Gemaroy tugunlariga qo’l tekkizilganda o’rtacha dara- jada ogriy boshlaydi. Orqa chiqaruv teshigi atrofida qichima va achish kuzatiladi.

Orqa chiqaruv teshigining o’zi qizarishi va shishgan bo’lishi, defekatsiyadan so’ng hamma alomatlar sezilarli darajada kuchayishi mumkin.

2) Qon ivishi – shamollagan bavosir tutuilarining asorati

Ushbu bosqichda juda kuchli v.a o’tkir og’riq namoyon bo’la- di. Og’riq bemor yurganda ham, o’tirganda ham azob beradi.

Butun orqa chiqaruv teshigida shishgan joylar kuzatiladi. Bunday paytda yo’g’on ichakni barmoq yordamida tekshirib ko’rilganda qattiq og’riydi.

3) Gemaroyning uchinchi bosqichi

O’tkir Gemaroy uchinchi bosqichi shunday holatki, bunda zudlik bilan shifokorning aralashishi talab etiladi. O’tkir bavosir o’tkazib yuborilganda yiringli paraproktit yoki nekrozga aylanib ketishi mumkin.

Bunda bavosir zutunlari nobud bo’lib, qoraya boshlaydi. Bu paytda qonning zaharlanish xavfi oshadi. Bunday holatlarda zudlik bilan nobud bo’lgan to’qimalarni olib tashlash bo’yicha kasalxonada jarrohlik amaliyotini o’tkazish talab etiladi.

Gemaroy tugunlari to’q qizil rangda bo’lib, hech qachon qayta tiklanmaydi. Orqa chiqaruv teshigidagi shamolla- gan usma yuza bo’ylab butunlay o’sib ketadi.

Yo’g’on ichakdan tugunlar ajrab chiqishi

Gemaroyning yana bir asosiy alomatlaridan biri bu – distrofik jarayonlar rivojlanishi natijasida orqa chiqaruv teshigidan bavosir tugunlarining ajrab chiqishi hisoblanadi.

Distrofik jarayonlarning rivojlanishiga esa defekatsiya paytidagi qattiq kuchanish va hojatda uzoq o’tirish sabab bo’ladi. Yana bir sabab bu – tamaki chekish bo’lishi mumkin.

Bemor o’zini g’ayritabiiy tanada sezishi

Gemaroydan azob chekayotgan kishilar orqa chiqaruv te- shigida tez-tez g’ayritabiiy tanani, shuningdek, yurgan paytida chov, ya’ni qornining past qismida og’irlik sezadi.

Ushbu kasallikdan azob chekayotgan kishilarda bavo- sir tugunlari qon bilan to’lib ketganda bunday alomatlar paydo bo’ladi.

Orqa chiqaruv teshigining qichishi va achishi
Orqa chiqaruv teshigining qichishi va achishi bavosir tu- gunlari devorida emirilish sodir bo’layotganidan darak beradi.

Defekatsiya paytidagi og’riq, yurish va o’tirgandagi holat

Gemaroy tugunlarining qisilishiga kuchli, ba’zan toqat qilib bo’lmaydigan og’riq hamrohlik qiladi. Og’riq kuchli bo’lishining sababi – orqa chiqaruv teshigi atrofida juda ko’p retsepgorlar joylashgan.

Bunday og’riq qo’p hollarda defekatsiya paytida, ba’zan yurganda yuz beradi. Bu og’riq endi boshlanayotgan o’tkir bavosir xurujining alomati hisoblanadi.

Gemaroy tugunlarini paypaslagan paytdagi og’riq

Agar bavosir tugunlarini paypaslaganda kuchli og’riq paydo bo’lsa, tutunlarning o’zi to’q qizil qaymoqqa o’xshash shaklga kirsa, bu – tomirlarda qonning ivib qolishining belgisi. Qaymoqqa o’xshash dog’ning eni ikki santimetrgacha etadi.

Yuqorida tilga olingan kasallik alomatlaridan biri sizda mavjud bo’lsa, mo’’jiza ro’y berib o’z-o’zidan shifo topishingizni kutib o’tirmasdan yaxshisi shifokorga murojaat qilishingiz kerak.

Shuningdek, bavosirni davolashning xalq tabobati usulidan foydalanishingiz mumkin. Nega deganda, qadim zamonlarda ota-bobolarimiz umuman bavosirni kasallik deb bilishmagan.

U shu qadar sezilar-sezilmas xastalik bo’lganki, biz hozir uni tanamizning biron joyiga zirapcha kirganiday tasavvur qilishimiz mumkin.

No votes yet.
Please wait...