Erkaklarda uchraydigan Gemaroy sabablari, belgilari, alomatlari

Erkaklarda uchraydigan Gemaroy sabablari, belgilari, alomatlari

13.03.2018 0 By Davolash.uz

Erkaklarda uchraydigan Gemaroy sabablari, belgilari, alomatlari va ularni davolash

Erkaklar bavosiri bu – aholi o’rtasida keng tarqalgan kasalliklardan biri. U kishilarda juda ko’p ko’ngilsizliklar tug’diradi va yashash sifatini sezilarli darajada pasaytirib yuboradi.

Bu dardga duchor bo’lgan erkaklar ayollardan farqli ravishda shifokor qabuliga borishni muntazam orqaga suradilar va natijada vaziyatni qiyinlashtiradilar.

Gemaroydan aeiyat chekayotgan erkaklarning ko’pchiligi 30-50 yosh o’rtasidagi kishilar hisoblanadi.

Mutaxassislarning qayd etishlaricha, ba’zilar o’zlarining muntazam o’tirib ishlashga asoslangan hayot tarzlari, shu jumladan, muayyan kasb talabiga ko’ra kam harakat qiladiganlar bavoskrning paydo bo’lishiga qulay sharoit yaratadilar.

Shuning uchun ham uzoq yo’l yuradigan haydovchilar, idora xizmatchilari va ish vaqtining katta qismini kompyuter qarshisida o’tkazadigan dasturchilar, shuningdek, ishi yoki qiziqishi og’ir jnsmoniy mehnat bilan bevosita bog’liq erkaklar (yuk tashuvchilar, shtangachilar va boshqalar) ko’pincha bu xastalikka duchor bo’lishadi.

Juda ko’p erkaklar kasallik o’z-o’zidan o’tib ketadi deb o’ylashadi, aslida bunday emas. Gemaroyning ilk alomatlari kuzatilgan zahotiyoq zudlik bilan mutaxassisshifokorga murojaat etish kerak.

Gemaroyni dastlabki bosqichda davolash, boshqa har qanday kasallik singari engil va og’riqsiz kechadi. Kasallikning yuqori cho’qqisi esa taxminan 40 yoshlar atrofiga to’g’ri keladi.

Gemaroyning aynan mana shu yoshda yuzaga kelishi va o’z vaqtida davolamaslik xavfli. Chunki, bu paytda jiddiy asoratlar paydo bo’lishi mumkin: ichaklarningtushishi, tomirlarda qonning ivishi va boshqa jmddiy oqibatlar…

Kasallik jarayoni bilan bog’liq noqulaylik ozmi-ko’p- mi xafagarchilik va ko’ngilsizlarga sabab bo’ladi. Nozik joylarning qichishi, achishi va Gemaroy boshqa alomatlari asab buzilishi va ruxdg’y zarbalarga olib keladi. Erkaklar siqiq, odamovi, asabiy va xdtto tajovuzkor bo’lib qolishadi.

Gemaroy ichki va tashqi shakllarga ega. Birinchisida bavosir tugunlari to’g’ri ichakning aynan o’zida paydo bo’la- di, ikkinchisida esa – shamollagan tugunlar orqa chiqaruv teshigida yuzaga keladi.

Bu jarayonda kasallik tugunlari ko’p hollarda tashqariga ajralib chiqadi va bu qon oqishiga olib keladi.

Kasallik surunkali va o’tkir shakllarga bo’linadi. Surunkali bavosirda kasallik alomatlari to’lqinsimon xarakterga ega: kasallikning yaxshilanishi og’riq sezgilari bilan navbatma-navbat almashadi.

O’tkir bavosir esa erkaklarda kuchli og’riq va begona tanada yashayotganday sezgi hosilqiladi.

Erkaklardagi Gemaroy belgi va alomatlari

Erkaklardagi Gemaroy asosiy alomatlaridan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:

– Defekatsiya jarayonidan so’ng axlatda qonning paydo bo’lishi.

-Axlatdagi qonda maydatomirchalariningmiqdori.

– Orqa chiqaruv teshigi atrofida og’riqni sezish.

– Kasallikning qichishi va achishi alomatlari.

– Gemaroy tugunlarining tashqariga chiqishi.

Gemaroyningbirinchi belgilari birdaniga namoyon bo’l-
masligi mumkin. Kasallikning ilk bosqichida uncha ko’p bo’lmagan alomatlar ko’pincha nazar-pisand qilinmaydi.

Shuningdek, bavosir belgilari o’ziga xos tabiatga ega yoki ular boshqa kasallik alomatlariga qaraganda ko’p yoki kam namoyon bo’lishi mumkin.

Erkaklardagi Gemaroy agosiy belgilari

Erkaklardagi Gemaroy asosiy belgilari quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi:

– Gemaroy tugunlarini axlat siqib qo’yishi natija- sida yuzaga keladigan tez-tez ich qotishi va shilimshiq suyuqlikning chiqishi.

– Orqa chiqaruv teshigining achishi va qichishi natija- sida noqulaylik.

– shishlar.

– shamollash.

– qon oqishi.

– bavosir tugunchalarining tushishi.

– ichni bo’shatishda qiynalish.

Erkaklarda bavosir paydo
bo’lishining sabablari

Erkaklarda bavosir individual xarakterga ega. Shu- ning uchun xdm xdr bir bemorda Gemaroy yuzaga keli- shining aniq sababini aniqlashning deyarli iloji yo’q. Ammo erkaklarda bavosir kuchayishiga sharoit yaratuvchi bir nechta omillarni ajratish mumkin:

– Kasallikning nasldan naslga o’tishi. Bemorning ota tarafidagi qarindosh-urug’larida bavosir bilan kasal- langanlar sonining ko’pligi exdimoli.

– Kam harakatli hayot tarzi va kasbiy faoliyatga oid shart-sharoitlar. Alohida xavfli guruhga haydovchilar, hisobchilar, dasturchilar va idora xizmatchilari kiradi.

O’tirgan holda bir necha soat va undan ko’p ishlash kichik tosla qon aylanishining susayishiga olib keladi. Bu bavosirning rivojlanishi uchun qulay sharoit hisoblanadi.

– Yoshdagi o’zgarishlar.

– Tug’ma nuqsonlarning rivojlanishi (misol uchun: bavosir venalarida klapanlarning yo’qligi).

O» ir jismoniy mehnat yoki og’ir yuk ko’tarish bilan boglik, qiziqish.

Suruikali bronxit, ichakning bekilib qolishi va ki- chik tosdagi o’simta bavosir tugunlari paydo bo’lishiga hyamrohlik qiladi.

Ko’p miqdorda go’sht iste’mol qilish va kletchatka, ya’ni sabzavot va mevalarni etarli darajada iste’mol qilmaslik oqibatida paydo bo’lgan surunkali va tez-tez gakrorlanadigan ich qotishi. Bu oziq-ovqatning sekin hazm bo’lishi va bir joyda turib qolishiga olib keladi.

– Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish. Juda ko’p ichkilik ichganda kishining tos qismiga qon oqishi kucha- yadi.

Ayniqsa, kuchli spirtli ichimlik shinavandalari ba- vosir tugunlari yuzaga kelishiga moyil bo’lishadi.

Erkaklardagi bavosir qaysijihatlari bilan xavfli?
Gemaroyning eng muhim va ko’p tarqalgan xarfi bu- to’g’ri ichakdan oqib chiqdigan qon miqdori. Agar defekatsiya jarayonidan so’ng axlatdagi qon miqdori uncha ko’p bo’lmasa, demak, bu u qadar xatarli emas.

Ammo qon oqishi sekinasta kuchayishi mumkin.U hech so’zsiz bemorni zudlik bilan kasalxonaga yotqizishga olib keladi. Agar qon kelishi bir soatga (undan ham ko’pga) cho’zilsa – bu muammoni echishning keskin chorasi bu – operatsiya.

Erkaklardagi Gemaroy yana bir xavfli oqibati bu – bavosir vena tomirlarida qonning ivib qolishi. Qon quyqalari tushib ketayotgan tugunlarga aralashib qon ivishiga olib kelishi mumkin.

Agar o’z vaqtida chora ko’rilmasa bu ichakning ba’zi qismlarida nekroz xastaligini yuzaga keltiradi. Chunki, to’g’ri ichak bavosirga uchragan tugunlardan qon oladi. Shuning uchun kasallikning ilk bosqichida eskicha davolash tavsiya etiladi.

Agar bu jarayonsurunkali xarakter kasb etsa, bemorni jarroxdik usuli kutib turadi.
Paraproktit – Gemaroy yana bir xavfli asorati bo’lib, bu – bir-birlari bilan tutashgan to’qimalarning yiringli shamollashi xdsoblanadi.

Shuning uchun ham paraproktitning dastlabki alomatlari paydo bo’lganda jarroh bilan maslahatlashish talab etiladi.

Agar davolash o’z vaqtida boshlanmasa, shamollash jarayoni boshqa to’qimalarni ham qamrab olishi mumkin va bu yara teshiklarining paydo bo’lishiga olib keladi. Yiring organiz- mning qorin qismiga yoki qorinning orqatarafiga tushishi mumkin.

O’tkazib yuborilgan Gemaroy asoratlaridan yana biri bu – orqa chiqaruv teshigida yoriq va shishlarning paydo bo’lishi hisoblanadi.

Agar shamollash jarayoni atrofdagi to’qimalarga tarqab xetsa tananing butun chov qismida shish yuzaga kelishi mumkin.

Erkaklardagi Gemaroy oqibatlari
O’z vaqtida davolanmagan bavosir bir qator oqibatlarga olib kelishi mumkin:

– Gemaroy kamqonligi. Qonda eritrotsit miqdorining kamayishi kamqonlikni keltirib chiqarishi mum- kin. Bunda charchoqning oshishi, lanjlik, iiggahaning yo’qligi, teri qatlamlarining oqarishi, bosh aylanishi, ozib-to’zib ketish va boshqa salbiy holatlar kuzatiladi.

Qonning katta miqdorda yo’qotilishi o’tkir qon etishma- sligini keltirib chiqarishi mumkin va bu bavosir tutun- larini zudlik bilan olib tashlashni talab etadi.

– Gemaroyning qisib qo’yilishi. Bu jarayonning oxirgi bosqichida bavosir tugunlariningtushishi mumkin. Bunda kuchli og’riq va tugunlarning qisilishi kuzatiladi.

Natijada shamollash jarayoni kuchayadi va bu to’qimalarning nekroziga olib keladi.

To’fi ichakdagi yoriqlar. Gemaroydan aziyat chekayotgan juda ko’n arkaklarning to’g’ri ichagida bir nechta yoriqlar naido bo’lgani kuzatiladi.

Kasallikni o’z vaqtida davolamaslik ichaqtsagi shilliq pardalarning shamollashiga va uni yara-chaqa bosishiga olib keladi. Yo’g’on ichakning yallig’lanishiga charchoq alomatlari, oshqozondagi buzilishlar, qon va shilimshiq ajralishi, bemor umumiy axdolining yomonlashishi hamroxdik qiladi.

– Kriptit. Orqa chiqaruv teshigi emirilgan joylardan xoli bo’lishiga bavosir tugunlari to’sqinlik qiladi va bu shamollash, ya’ni kriptitning kelib chiqishi uchun sharoit yaratadi. Kriptit oxir-oqibatda paraproktitga, yiringli proktit va ichki teshik hosil bo’lishiga o’tib ketishi mumkin.

– Qon ivishi. Tugunlarda qonning yig’ilib qolishi va turg’unlik holati tomirl arda qonning ivishiga olib keli- shi mumkin. Bu holatgajuda og’riqli sezimlar hamroxdiq qiladi. Shamollash jarayoni atrofdagi to’qimalarga ham ta’sir qilishi va natijada nekroz rivojlanishi mum- kin.

– Paraproktit (orqa chiqaruv teshigi yoki to’g’ri ichak atrofidagi kletchatkalarning yiringli yallig’lanishi). Bu kasallikka chalingan bemorning holati to’g’ri ichak atrofidagi yog’li kletchatkalarning shamollashi bilan izohlanadi.

U asta-sekin fasod bog’laydi va o’tkir paraproktitga olib keladi. Bu paytda bemorning ahvoli juda yomonlashib, pgundan so’ng organizmning zaharlanishi boshlanishi mumkin.

– Teshilgan joy. Infektsiya tushishi uchun eng qulay sha- roit bu – teshik joylarning miqdori. Bu teshik joylar tez-tez bezovta qilishi yoki yillar davomida o’zini na-

moyon qilmasligi mumkin. Agar antibiotiklar bilan da- volash natija bermasa, unda jarrohlik usuliga murojaat etishga to’g’ri keladi.

– Kichik tos qorasoni. Bu juda xavfli va davolash mashaqqat bilan kechadigan holat. Bu kasallik tananing kichik tos qismiga yiring tushishi natijasida yuzaga keladi.

– Xavfli shish va o’smalar. Agar teshilgan joy uzoq vaqt saqlanib tursa, u saraton kasalligiga aylanib ketishi mumkin.

Gemaroyning eng xavfli va qo’rqinchli asorati bu – to’g’ri ichak saratoni hisoblanadi. Bu paytda shifokorga borishni orqaga surish – hayot yoki mamotga teng bo’lishi mumkin Nega deganda, bavosir va onkologik kasalliklarning alomatlari ko’p jihatdan bir-birlariga o’xshash.

Agar axlatda qon paydo bo’lsa, bu jarayon kuchayib xavfli shish yoki o’smalarga qadar etmasligi uchun proktolog-shi- fokorning tekshiruvlari va hamma tavsiyalarini baja- rish kerak.

Erkaklardagi bavosirni qanday davolash kerak?
Har qanday boshqa kasalliklar kabi bavosirni ham dastlabki bosqichida davolash oson kechadi.

Davolash yaxshi natijalar berishi uchun bavosirdan xalos bo’lish usullari kasallikning mavjud bosqichiga mos kelishi kerak.

Eng muhimi – shifokor tavsiya qilgan muolajalarni oxiri- gacha olish zarur, aksincha, kasallikning kutyishi xavfi keskin oshadi.

Ko’pgina erkaklar muolajalarni sezilarli darajada engillik boshlanguncha qabul qilishadi, so’ngra davolashni to’xtatib qo’yishadi.

Davolashni oxiriga et- kazmaslik – kasallik qaytib kelishi uchun juda qulay sha- roit yaratish demakdir.
Erkaklardagi bavosirni davolashning juda ko’p zamonaviy usullari mavjud. Shifokor tibbiy tekshiruv o’tkazish natijasida davolash uchun eng mos taktika tanlaydi.

Odatda kasallikning engil va o’rtacha bosqichlarida dori-darmonlar, shamcha va muolajalar tavsiya etiladi.

Zamonaviy tibbiyotda bavosirni davolash uchun maxsus asbob-uskunalarni qo’llagan holda og’riqsiz va xavfsiz davolash usullaridan foydalaniladi.

Og’ir bosqichda esa jarrohlik yo’liga murojaat etmasdan muvaffaqiyatga erishish mushkul. Bu jarayonda kichik invaziv texnikalari, jumladan, kriodestruktsiya, skleroterapiya, fotokoa- gulyatsiya kabilardan foydalaniladi.

Gemaroyni faqat shu paytda davolash mumkinki, bemor o’zining hayot tarzini butunlay qayta ko’rib chiqishi va kasallikning rivojlanishiga xavf soluvchi hamma omillar bartaraf etilishi kerak.

Erkaklar bavosirining profiliktikasi
Erkaklardagi Gemaroy profilaktikasi kasallik rivojlanishini yo’qotishga yo’naltirilgan bir qator chora-tadbirlarni o’z ichyga qamrab oladi.

Ularga faqat kasallikka chalingan yoki davolanish jarayoni- ni muvaffaqiyatli o’tkazgan erkaklargina emas, mutlaqo sog’lom kishilar ham amal qilishlari kerak. Profiliktika chora-tadbirlari quyidagi bandlarni o’ziga qamrab olishi mumkin:

– Agar bemorning kasb faoliyati turg’unlikda ishlash (idorada bir joyd a uzoq o’tirish, avtomobil boshqarish va shunga o’xshash holatlar) bilan bog’liq bo’lsa, bir necha soat, eng yaxshisi har 2-3 soatda 8-15 daqiqa tanaffus qilish maqsadga muvofiqdir.

Mana shunday dam olish vaqtida uncha uzoqqa cho’zilmaydigan chigilyozdi mashqlarini baja- rish, u yoq-bu yoqqa o’tib dumba mushaklarini mustahkamlab ol ish talab etiladi.

Yumshoq ish kreslosini nisbatan qattiqrog’iga al- machg’ irishtavsiya qilinadi.

Rating: 5.0/5. From 1 vote.
Please wait...